1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 32.11 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi32.11 Kb.
#1012142
  1   2   3   4
Bog'liq
1-joriy mashg\'ulot.


1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Matn nima?

  2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?

  3. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?

  4. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.

  5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.

  6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.

  7. Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.

  8. Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?

  9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.

  10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?

1-savolga javob:
Matn – nutqiy jarayon natijasi.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 156-b.ida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: [r‹lat] 1. Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2. Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo‘lgan she’r, so‘z. 3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi. Bu ta’rifda matnning asosiy xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Faqat axborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin.
Shubhasizki, matn alohida va mustaqil birlik bo‘la olishi uchun uning boshlanish va tugallanish chegarasi bo‘lishi shart, ana shu ikki tomondan bo‘ladigan chegaralar orasidagi qism yaxlit butun bo‘la oladi.
Ana shu mulohazalardan kelib chiqib, matnni gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq.

Download 32.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling