1-topshiriq
O’zbekiston va rivojlangan davlatlari maktabgacha ta’limining 5 ta o’xshashlik jihatlarini keltiring
Javoblar:
1. Yaponiya bog‘chalariga 3-5 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat.
O’zbekistonda ham bog’chalarga 3 yoshdagi bolalar qabul qilinadi.
2. Yapon bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga tayyorlashdir. Bu yerda rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi.
O’zbekistonda ham rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi.
3. Belgiya maktabgacha ta'lim guruhlarining asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Mashg‘ulotlar o‘yin shaklida olib boriladi. Maktabgacha ta'lim majburiy ta'lim dasturiga kiritilmagan
O’zbekistonda ham asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi.
4. Germaniyada bolalar bog‘chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
O’zbekistonda ham bolalar bog‘chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
5. Yapon maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir.
O’zbekistonda ham maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi.
2-topshiriq
Mavzu doirasida mashg’ulot ishlanmasi tayyorlang
3-topshiriq
Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2707-sonli qarori qachon chiqgan?
A) 2016 yil 29 dekabr
B) 2017 yil 9 sentyabr
C) 2017 yil 30 sentyabr
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-son qarori qachon chiqgan?
A) 2016 yil 29 dekabr
B) 2017 yil 9 sentyabr
C) 2017 yil 30 sentyabr
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli farmoyishi qachon chiqgan?
A) 2016 yil 29 dekabr
B) 2017 yil 9 sentyabr
C) 2017 yil 30 sentyabr
4. Yapon ayollari uchun onalik nechinhi o‘rinda turadi?
A) Ikkinchi o’rinda
B) Birinchi o’rinda
C) Uchinchi o’rinda
5. Yaponiya bog‘chalariga nechchi yoshdagi bolalar qabul qilinadi?
A) 3-5 yoshdagi bolalar
B) 3-7 yoshdagi bolalar
C) 3-4 yoshdagi bolalar
6. Belgiyada maktabgacha ta'lim (MT) nechchi yoshdan boshlanadi?
2,5 yoshdan
3,5 yoshdan
2 yoshdan
7. Koreya bog‘chalariga nechchi yoshdagi bolalar qabul qilinadi?
A) 3-5 yoshdagi bolalar
B) 3-7 yoshdagi bolalar
C) 3-4 yoshdagi bolalar
8. Germaniya bog‘chalariga nechchi yoshdagi bolalar qabul qilinadi?
A) 3-5 yoshdagi bolalar
B) 3-7 yoshdagi bolalar
C) 3-6 yoshdagi bolalar
9. Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning nechchi % bog‘chalarga qatnaydilar.
A) 85 %
B) 80 %
C) 75 %
10. Belgiyada taxminan nechchi % gacha bo‘lgan bolalar maktabgacha ta’limga qatnashadi?
A) 85 %
B) 80 %
C) 90 %
Do'stlaringiz bilan baham: |