1-topshiriq. Statistika to’g’risida umumiy tushuncha
Download 42.17 Kb.
|
1 2
Bog'liqStatistika ON
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rtacha miqdor
- O’rtacha geometrik miqdor
- Kvadratik o’rtacha miqdor
Oraliq nazorat 1-variant 1-topshiriq.Statistika to’g’risida umumiy tushuncha Statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi,umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ tushuniladi.,,Statistika’’ atamasi lotincha ,,status’’so’zidan olingan bo’lib,hodisalarning ahvoli,holati degan ma’noni bildiradi.Statistikaning o’rganish obyekti inson hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir. Statistika nimani o’rganadi degan savolga turli javoblarni keltirish mumkin.Statistika deganda biron bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi. Statistika fanining quyidagi xususiyatlari mavjud: 1.Ommaviy hodislarni o’rganadi 2.Miqdoriy tomonlarni o’rganadi 3.Aniq sharoit va vaqt 4.Hodisalarning rivojlanish qonuniyatlari Statistikafan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan.Jon Graunt va Uilyam Petti statistika asoschilari hisoblanadi.O’zbekistonda 1-statistika kafedrasi 1932-yilda Toshkentda,keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. 2-topshiriq O’rtacha miqdorlar turlari O’rtacha miqdor statistikada eng keng tarqalgan umumlashtiruvchi ko’rsatkich hisoblanadi.O’rtacha miqdor deganda bir turdagi ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o’zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib ifodalovchi miqdor,ko’rsatkich tushuniladi. O’rtacha miqdorlarning quyidagi turlari bor: 1.O’rtacha arifmetik miqdor-O’rtachaning eng sodda va amaliyotda keng qo’llaniladigan shakli.O’rtacha arifmetik oddiy va tortilgan shakllrga ega. Bu yerda: - yig‘indi belgisidir. – o‘rganilayotgan belgining ayrim qiymatlari (qator variantalari) N – ularning soni (qator variantlari soni) Masalan, brigada ishchilari bir kunda (dona) 10, 12, 16, 12, 10, 14, 12, 16, 12, 16 jami 150 dona mahsulot yaratgan bo‘lsa, u holda o‘rtacha bir kunda bir ishchi (10+12+16+....+16)/10=130/10=13 dona. Bu tortilgan arifmetik o‘rtacha formulasidir, bunda fi - o‘rtachaning vazni deb ataladi. 2.O’rtacha garmonik miqdor-Statistikada o’rtacha arifmetik bilan bir qatorda o’rtacha garmonik ham keng qo’llaniladi. Garmonik o‘rtacha deb shunday o‘rtacha miqdorga aytiladiki, u bilan o‘zgaruvchilarni almashtirayotganda ularning teskari qiymatlari yig‘indisi o‘zgarmas miqdor deb qaraladi. 3.O’rtacha geometrik miqdor-Geometrik o‘rtacha deb shunday ilmiy qoidaga asoslangan o‘rtachaga aytiladiki, u bilan o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarni almashtirish natijasida bu miqdorlarning o‘zaro ko‘paytmalari natijasi o‘zgarmasligi va to‘plam birliklari bo‘yicha geometrik progressiya bo‘yicha taqsimlanishi zarur. Geometrik o‘rtacha -qator hadlarining ( ) o‘zaro ko‘paytmasini n darajali ildiz ostidan chiqarish hosilasidir, ya’ni Bu yerda: hadlar ko‘paytmasini bildiradi. 4.Kvadratik o’rtacha miqdor- Kvadratik o‘rtacha deb shunday o‘rtacha yuritiladiki, uni aniqlashda belgi miqdorlarini ularning kvadratik o‘rtachasi bilan almashtirilayotganda ularning kvadratlar yig‘indisi o‘zgarmas holda saqlanishi zarur. Download 42.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling