1. Tovar harakati sistemasining mohiyati. Tovar tarqatish kanallari va ularning vazifalari. Ulgurji va chakana savdo


Download 61.5 Kb.
bet4/5
Sana05.04.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1273902
1   2   3   4   5
Bog'liq
SOTISH SIYOSATI

Tovarni bozorga chiqarish. Yangi tovar yaratishning oxirgi bosqichi uni bozorda sinab korishdan iboratdir. Bozorda sinab korishdan asosiy maqsad mahsulotni va bu mahsulotning marketing dasturini (narx, reklama, marka, orab-joylash, servis xizmati va boshqalar) baholashdan iboratdir. Bu erda iste'molchilar va vositachilarning tovarga bolgan munosabati muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalar esa sotiladigan mahsulot va olinadigan foyda hajmini belgilashga asos bolib xizmat qiladi. Xalq iste'mol tovarlarining marketing sinovida bozorni standart testlash, bozorni nazorat testlash va bozorni imitatsion testlash uslublaridan foydalaniladi. Ba'zi firmalar sinab sotishni faqatgina iste'molchilar e'tirofiga ega bolish, boshqalari esa mahsulotda va marketing rejasida amalga oshirish kerak bolgan ozgarishlarni aniqlash uchun, uchinchilari esa mahsulot taqdirini hal qilish uchun qollaydilar.
Tijorat uchun ishlab chiqarish. Bu oxirgi bosqichda mahsulot tanlangan bozorga katta hajmda chiqariladi va sotiladi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishning bu bosqichida ishlab chiqaruvchi bozorga chiqish vaqtini, tartibini va har bir bozordagi faoliyat hajmini, tovar tarqatish va siljitishning eng samarali usullarini togri tanlay bilishi va marketing faoliyatining batafsil bitilgan rejasini ishlab chiqishi kerak.
Amaliyot shuni korsatadiki, har qanday goya ham real tijorat mahsulotga aylana bermaydi. Kopchilik hollarda 10-15 ta goyalardan bittasi real mahsulotga aylanar ekan.
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste'molchining bu mahsulotni qabul qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bogliqdir.
Yangi mahsulotni qabul qilish - mushohada qilish jarayoni bolib, bu jarayon yangi mahsulot togrisida birinchi axborotga ega bolishdan boshlab, to mahsulotning doimiy iste'molchisiga aylangungacha bolgan jarayonni oz ichiga oladi.
Iste'molchilar yangi mahsulotni sinab korishga tayyorlik darajasiga qarab ham bir-biridan keskin farq qiladi. Ba'zilari yangi mahsulotni tezda qabul qilishsa, ba'zilari esa sekinlik bilan qabul qiladi.
Iste'molchilar yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasiga qarab ularni supernovator, novator, oddiy iste'molchilar, konservator, superkonservator deb guruhlarga ajratiladi.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling