3. Arablar hisobi bilan payg'ambarimiz SAV Fil
voqeasining nechani yilida tug'ilganlar?
a) Birinchi yili
b) Fil voqeasidan avval
c) Fil voqeasining 3-yilida
Javob: Birinchi yili.
Izoh: Yaman podshosi Abraha Ka’bani vayron qilish
uchun ko’plab askarlar bilan Makkaga yurish qilganida,
askarlari orasida bahaybat Mahmud ismli Fil bo’lgan.
Makkaga yetib kelishgani va fil o’rgatuvchi filga Ka’ba
tomonga yurishni buyurganida, Alloh taoloning qudrati
bilan bu bahaybat fil Ka’ba tomonga bir qadam ham
yurmagan. Ka’baga bostirib kelgan kofirlarni Alloh taolo
O’zining ojiz maxluqlari bo’lmish qushlar tumshuqlarida
keltirgan mayda toshlar bilan halok qiladi va
ka’batullohni yaqinda tug’ilajak payg’ambari
Muhammad SAV uchun, kelajak yangi din, yangi
ummat uchun saqlab qolgan yilda Rasululloh SAV
dunyoga keladilar. “Ashobi Fil – Fil mingan lashkarlar”
qissasi haqida, mo’minlarga ibrat, kofirlarga esa
achchiq bir saboq bo’lish uchun Qur’oni karimning “Fil”
surasida so’zlangan. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul
yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)
4. Fil voqeasi nima uchun Islomdan avvalgi
xalqlarda ham to shu kungacha mashhur?
a) Yil hisobini shundan boshlaganlari uchun
b) Bu jangda Allohning mo'jizasini ko'rganliklari sabab
c) G'alaba qilganlari sabab
Javob: Bu jangda Allohning mo’jizasini ko’rganlari
uchun.
Izoh: Bu jangda bahaybat filning hamma tomonga
qarab yurib, faqat Ka’ba tomonga qadam
tashlamagnligi va Abobil qushlarining uchib kelib katta
lashkarni yo’q qilib yuborganligi, bu Allohning ulug’
mo’jizasidir. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul yaqiyn” va
“Tarixi Muhammadiy”)
5. Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish,
ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan
ta’minlash, quraysh qabilasining maslahat
Do'stlaringiz bilan baham: |