yig‘inlarini ochish payg'ambarimizning qaysi
bobolari qo'lida bo'lgan?
a) Hoshim
b) Qusay
c) Abdumanof
Javob: Qusay.
Izoh: Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish,
ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash,
Quraysh qabilasining maslahat yig’inlarini ochish
Qusayning qo’lida edi. Bunday yig’inlar uning uyida
o’tkazilar, janglarda tug’ ko’tarish huquqi ham uning
ixtiyorida edi. (“Nurul Yaqiyn”)
6. Rasulullohning SAV otalari Abdullohning
onalarini ismi kim bo'lgan?
a) Otika binti Murra
b) Fotima binti Umar
c) Salmo binti Amr
Javob: Fotima binti Umar.
Izoh: Rasululloh SAVning otlari Abdullohning onasi
Qurayshning Fotima Maxzum jamoasiga mansub
bo’lgan nasabi toza obro’-e’tiborli Umarning oilasida
tug’ilgan. (“Nurul yaqiyn”)
7. Rasulullohning SAV otalari Abdulloh
bobolarining nechanchi farzandi edilar?
a) 9-chi
b) 10-chi
c) 11-chi
Javob: 10-chi
Izoh: Bu savolda ko’pchilik farzand so’zini o’g’il deb
tushunishgan. Ya’ni faqat amakilarini hisob qilib,
ammalarini hisoblashmagan.
Rasululloh SAVning o‘n (ba’zi ma’lumotlarda 12) amaki
va olti ammalari bor edi. Bulardan Abu Tolib, Zubayr,
Abdul Ka’ba bu uchovlari Payg‘ambarimizning otalari
Abdulloh bilan tug‘ishgan bo‘lib, boshqalari o‘gay edilar.
Bulardan ikki kishi — Hamza bilan Abbos iymonga
musharraf bo‘ldilar. Rasululloh SAVning oltita ammalari
ichida Zubayr ibn Avvomning onalari Safiya binti
Abdumuttalib Islomga musharraf bo‘ldi. Otika, Arvo
ikkovlarining dinga kirganlari gumonlikdur. Qolganlari
ersa vahiydan ilgari o‘lgandirlar. (”Tarixi
Muhammadiy”)
8. Rasulullohning SAV otalari Abdulloh onalari
Ominaga necha yoshlarida uylanganlar?
a) 20 yosh
b) 18 yosh
c) 22 yosh
Javob: 18 yoshda
Izoh: Rasululloh SAVning otalari Abdulloh
Abdumutallibning eng suyukli o’g’li bo’lgan. Abdulloh 18
yoshga to’lganida Abdulmutallib Vahobning qizi
Ominani olib berdi. Omina Quraysh ayollarining ichida
eng nasli toza pokiza ayollardan edi. (“Nurul yaqin”)
Do'stlaringiz bilan baham: |