18. Bobolari Abdulmuttalibning olimidan keyin
payg'ambarimiz S.A.V. necha yoshda edilar?
a) 8
b) 9
c) 6
Javob: 8 yoshlarida
Izoh: Muhammad sav 6 yoshga to’lganlari onalari
Ominadan ajralgan bo’lsalar, shundan keyin ikki yil
davomida bobolari Abdumutallib bag’rida mehr ko’rib
voyaga yetganlar. Muhammad SAV 8 yoshga
to’lganlarida esa ajal u kishining mehribonlarini bo’lgan
bobolari Abdumutallibni ham o’z ixtiyoriga oladi.
Shunday qilib Muhammad SAV uchinchi o’ksizlikni
boshlaridan o’tkazadilar. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul
yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)
19. Bobolarining o'limidan keyin payg'ambarimiz
qaysi amakilarining oilasida tarbiya qilindilar?
a) Abbos
b) Abu Tolib
c) Hamza
Javob: Abu Tolib
Izoh: Muhammad SAV bobolaridan ajralganlaridan
keyin bobolarining vasiyatiga va qur’a tashlash yo’li
bilan tanlangan, shu bilan birga Muhammad SAV o’zlari
ham bag’rilariga otilib tanlagan amakilari Abu Tolibning
tarbiyalarida qoladilar. Abdumutallib faqat ikki o’g’li
orasida qur’a tashlaydi. Bular Abu Tolib va Zubayr.
Buning sababi Abu Tolib, Zubayr va Abdullohning
onalari bir bo’lganligi edi. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul
yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)
20. Payg'ambarimiz SAV 12 yoshga yetgach
amakilari bilan Shom viloyatiga qilingan safar
chog'ida Busro shaxrida payg'ambarimiz SAVni
Olamlar sarvari, Alloh taolo habibi, oxir zamon
payg'ambarliklari haqida xabar bergan rohib kim
edi?
a) Nasturo
b) Yaqub
c) Buhayro
Javob: Buhayro
Izoh: Shom bilan Makka yashovchi, insonlarni
yakkaxudolikka da’vat qilguvchi rohib Buhayro
Muhammad SAVning sifatlarini Injil va Tavrotda o’qib
bilgan edi. Buhayroning ismi Jirjisiy (Georgiy) bo’lib,
Bayrutdagi “Katolik bosmaxonasi” tomonidan 1996
yilda nashr qilingan “Al-Munjid fil a’lom”(atoqli
ismalrning izohli lug’ati) kitobida uqyidagi ma’lumotalr
bor. “Rohib Buhayro milodiy 6-asrda Arab jazirasida
karvonlar yo’li ustida yashar, badaviylarni
yakkaxudolikka da’vat qilar edi. Muhammad sav ni
Quraysh savdogarlari hamrohligida ko’rib, amakisi Abu
Tolibga:”Mana shu jiyaningg Muhammad haqida ulug’
xabar bor”, degan.
Qidirish...
0
Do'stlaringiz bilan baham: |