1. Turizmga xorijiy mamlakatlar tomonidan berilgan ta’riflar


Download 54.86 Kb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi54.86 Kb.
#1435131
  1   2   3   4

Xorijiy turizm bozorini rivojlantirish tendensiyalari


Reja:


1. Turizmga xorijiy mamlakatlar tomonidan berilgan ta’riflar.
2. Dunyo mamlakatlarida turizmning rivojlanish holati.
3. Xalqaro turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish tenden-
siyalari.

1. Turizmga xorijiy mamlakatlar tomonidan berilgan ta’riflar
O’zbekiston turizm bozorini shakllantirishda jahon turizm industriyasi faoliyatining ilg’or jihatlarini, mehmonxonalar majmuasi, iste’molchilar xohishining marketing tadqiqotini, turistik mahsulotlarni shakllantirish va ularni taqdim etish borasidagi ilmiyamaliy tadqiqotlar natijalarini batafsil o’rganish lozim bo’lmoqda.
Milliy turizm xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, Ecole Hôtelière de Lausanne (Shveytsariya), Cornell University (AQSH), Les Roches International School of Hotel Management (Ispaniya), Oxford Brookes University (Buyuk Britaniya), Blue Mountains International Hotel Management School (Avstraliya), University of Surrey (Buyuk Britaniya), Moskva davlat universiteti (Rossiya), Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (O’zbekiston Respublikasi) tomonidan olib borilmoqda.
Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan:

  • umumjahon tashkilotlari tomonidan tan olingan tamoyillarga asosan milliy turizm xizmat bozorlarining istiqbolli turlari tasniflangan (Ecole Hôtelière de Lausanne);

  • turistik xizmat samaradorligini oshirish yuzasidan turistik klaster tizimi asoslangan (Harvard Business School);

  • xalqaro institutlar tavsiyalari bo’yicha turizm faoliyati rivojining innovatsion yo’nalishlari ishlab chiqilgan (Oxford

Brookes University);

  • jahon turistik-rekreatsion bozorini rivojlantirish tendensiyalari asoslangan hamda prognozlashni innovatsion omillar asosida amalga oshirish usullari taklif qilingan (University of Surrey);

  • turizm sohasining milliy iqtisodiyotdagi o’rnini aniqlashda BTTning turizmda yordamchi hisoblar metodikasi ishlab chiqilgan (Moskva davlat universiteti).

Dunyoda turizm xizmatlar bozori samaradorligini oshirish bo’yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:

  • turizm bozorining tashkiliy-iqtisodiy omillarini innovatsion rivojlanish asosida yanada aniqlashtirish;

  • turizm xizmatlari eksportini uning yangi istiqbolli turlari (agrar va vino turizmi, ekoturizm, malakaviy – ish turizmi va boshqalar) asosida rivojlantirish; turizm sohasining subyektlari faoliyatini bozor sharoitida boshqarish mexanizmini muvofiqlashtirish;

  • turizm xizmatlar bozorini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish.

Monte-Karlodagi Turizm akademiyasida berilgan ta’rif bo’yicha, «Turizm – odamlarning sog’lig’ini tiklash, bo’sh vaqtida bilishga chorlaydigan, qiziqishlarni qondirish uchun yoki kasbiyamaliy maqsadlarda vaqtinchalik yashash joyida maosh to’lanadigan faoliyat bilan bog’liq bo’lmagan holda doimiy yashash joyini vaqtincha tark etishining har qanday ko’rinishidir». Bu ta’rifda asosiy urg’u tashrif buyuruvchilarning yashash joyidan tashqarida olib boradigan faoliyatiga qaratilgan.
Turizm sohasidagi atamalar muammosi xalqaro tashkilotlar diqqatini ham o’ziga tortadi. Manilada 1981-yilda qabul qilingan jahon turizmi haqidagi deklaratsiyada ko’rsatilishicha, «Turizm davlatlarning ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy va iqtisodiy sohalariga va ularning xalqaro munosabatlariga bevosita ta’sir ko’rsatishi jihatidan xalqlar hayotida muhim rol o’ynaydigan faoliyat sifatida tushuniladi».
Butunjahon turistik tashkiloti tomonidan 1981-yilda Madridda tashkil etilgan xalqaro turizm konferensiyasi materiallariga asosan, turizm – bu turli mintaqalar, yangi mamlakatlar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladigan va bir qator mamlakatlarda sport bilan bog’liq bo’lgan faol sayohat turlaridan biridir, deb hisoblanadi.
Bir guruh mualliflar ushbu tushunchaga ta’rif berishda V. Xunsiker - K. Krapflar talqinidagi turizmning umumiy nazariyasiga tayanadilar: «Insonlarning munosabatlari va ularning yashash joyidan tashqaridagi faoliyati doimiy yashash tarziga aylanmasdan va mehnat haqi olish bilan bog’liq bo’lmagan holda kun kechirishi natijasida kelib chiqadigan munosabatlar majmuasi»1. Turizmni bu talqinda tushunish uning turoperatorlik va turagentlik faoliyatidan ancha keng tushuncha ekanligidan dalolat bermoqda. Shuni alohida aytib o’tish kerakki, turizm umumiy nazariyasiga berilgan bu ta’riflarda odamlarning doimiy yashash joyidagi o’zaro munosabatlari va yashash joyidan tashqarida daromad olishi bilan bog’liq bo’lgan munosabatlari hisobga olinmaydi.
O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida»gi Qonunida turizm tushunchasiga quyidagi tarzda ta’rif berilgan: «Jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzog’i bilan bir yil muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi)» bugungi kunda turizm tushunchasiga berilgan ta’riflarning maqbul varianti hisoblanadi.
Hozirgi paytda turizm tushunchasiga nafaqat turli xil ta’riflar berilmoqda, balki birini ikkinchisi bilan qiyoslab bo’lmaydigan ko’pgina hodisalarni ham qo’shib yuborish holatlari kuzatilmoqda, jumladan, mahalliy tarmoqlar va jahon iqtisodiyoti sohalari ham shu tizimga kiritilmoqda. Bir guruh olimlar turizmni iqtisodiy hodisa sifatida turistik tur tushunchasi, ya’ni turoperator va turagentliklar faoliyati bilan bog’laydilar. Bu nuqtayi nazarga rossiyalik ba’zi mutaxassislar ham qo’shilishadi va «tashkilotlarning ayrim qismigina faqat turistlar uchun mo’ljallangan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan», deb ta’kidlaydilar2. Bunday fikr tarafdorlari turizmni alohida soha sifatida ajratish zaruriyati yo’q, deb hisoblaydilar.
Ammo shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasida bu masala o’z yechimini topgan bo’lib, milliy iqtisodiyotdagi ushbu holatni tartibga solish va ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi ―O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash choratadbirlari to’g’risida‖gi qabul qilgan Farmoni tarixiy ahamiyatga ega bo’lib, iqtisodiyotda birinchi marotaba turizm sohasiga strategik sektor maqomining berilishi bilan ajralib turmoqda. Bunday yondashuv turizmni – barcha hududlarni va o’zaro bog’liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning yetakchi kuchiga aylanishi lozim bo’lgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirdi.
Shunday qilib, ―turizm‖ kategoriyasi ma’lum darajada aniqlik kiritishni va yagona shakldagi tavsifga ehtiyoj borligini ko’rsatadi. Adabiyotlardagi ko’p sonli turizm ta’riflarining mavjudligi, ushbu hodisaning serqirra ekanligidan dalolat beradi.

Download 54.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling