1 tursunov u. A
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekistonda jamg‘armalar va investitsiyalar holatini makroiqtisodiy jihatdan statistik baholash
www.interfinance.uz
4
tahlilda juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Ushbu katta ko`rsatkichkni qisman berilgan ma`lumotlarning vaqtli qator ekanligi bilan izohlasa bo‘ladi. Shunga qaramasdan, bu yerda eng kichik kvadratlar usulida topilgan regression tenglama, bog‘lanishni ancha ishonchli aks ettirgan deb xulosa qilishimiz mumkin. Umuman olganda, yalpi ichki jamg‘arma va yalpi ichki mahsulot o`rtasidagi bog`lanishni aks ettiruvchi rasmdan va regressiya tenglamasidan shuni xulosa qilish mumkinki, yalpi ichki mahsulot va yalpi ichki jamg‘armalar o`rtasida sabab va oqibat bog`lanishi mavjud. Yalpi ichki jamg‘armalar makroiqtisodiy ko`rsatkichi bilan bog‘liq muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bu yalpi investitsiyalardir (keyingi o‘rinlarda investitsiyalar) . Yalpi investitsiyalar xorijiy adabiyotlarda, hisobotlarda “investitsiyalar”, “kapital shakllanishi” (ingliz tilida capital formation), “yalpi kapital shakllanishi” (gross capital formation) shaklida uchraydi. Mamlakat iqtisodiyotida jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasidagi muvozanat muhim hisoblanadi. Bundan tashqari yalpi ichki jamg‘armalar yalpi investitsiyalarning chet el investitsiyalarini mustasno qilganda yagona manbasi hisoblanadi. Investitsiyalar jahon makroiqtisodiy tahlili amaliyotida 3 guruhga bo‘linadi: biznesga yo‘naltirilgan investitsiyalar (business fixed investments), uy xo‘jaliklari investitsiyalari (residential investments), tovar moddiy zahiralariga investitsiyalar (inventory investments). Biznesga yo‘naltirilgan investitsiyalar bu firma va korxonalar tomonidan sotib olingan asosiy vositalardir. Uy xo‘jaliklari investitsiyalari esa uy xo‘jalikarining yangi uy va yer sotib olish uchun qilgan xarajatlaridir. Tovar moddiy zahiralariga investitsiyalar esa firma va korxonalar omborlaridagi tovar moddiy zahiaralari qoldig‘ining o`tgan yilga nisbatan ortishidir. O‘zbekistonda investitsiya siyosati davlat makroiqtisodiy rivojlanish siyosatining muhim ajralmas qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda ham 2017-2021-yillarda O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilashga alohida e`tibor berilishi ta`kidlab o`tilgan [4]. Xo‘sh, O‘zbekistonda jamg‘arma va investitsiyalarning o‘zaro mutanosibligi qanday? Mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan investitsiyalarni amalga oshirish uchun milliy jamg‘armalar yetarlimi? Bu savollarga javob berish uchun, avvaliga, O‘zbekistonda jamg‘arma va investitsiyalarning umumiy hajmi va yillar davomidagi dinamikasiga e`tibor berishimiz kerak.
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4, август, 2017 йил Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling