1. Tushunchaning turlari va ular o`rtasidagi munosabatlar. Tushunchalar ustida bo`ladigan mantiqiy amallar


Tushunchalar ustida bo`ladigan mantiqiy amallar


Download 69.41 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi69.41 Kb.
#1636120
1   2   3   4
Bog'liq
Tushuncha hukm va xulosaning fikr teranligining ta\'minlashdagi roli

2. Tushunchalar ustida bo`ladigan mantiqiy amallar.
Tushunchalar o’zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmuni unda fikr qilinayotgan predmet va hodisalarning muhim belgilari yig’indisini tashkil etadi. Masalan: “jinoyat” tushunchasining mazmunini ijtimoiy xavfli, qonunga zid bo’lgan hatti-harakatlar tashkil etadi, hajmiga esa o’g’irlik, jonga qasd qilish, ta'magirlik va hakozalar kiradi. O’z hajmiga ko’ra ikki yoki undan ortiq predmetlardan tashkil topgan tushunchalar mantiqiy sinf deyiladi. Sinflar uni hajmini tashkil etgan kichik sinflardan va yakka predmetlarni ifodalovchi sinf elementlaridan tashkil topadi. Masalan: o’simlik – sinf, daraxt – kichik sinf, archa daraxti – sinf elementi hisoblanadi. Mantiqda tushunchalar hajmiga ko’ra universal sinf (Osiyo mamlakatlari), yakka sinf (O’zbekiston Respublikasi) va bo’sh sinflar (aylana kvadrat)ga ajratiladi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Unga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha.
Tushunchalar mazmuni va hajmiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.



Hajmiga ko’ra tushunchalar yakka va umumiy, chegaralangan va chegaralanmagan, ayiruvchi va to’plovchi turlarga bo’linadi. Masalan: “Zarafshon daryosi” – yakka tushuncha, “shahar” – umumiy tushuncha, “O’zbekiston Respublikasi shaharlari” – chegaralangan, “atom” – chegaralanmagan, O’zbekiston fuqarolari siyosiy huquqlarga ega – ayiruvchi tushuncha, O’zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdori – to’plovchi tushuncha. Tushunchalar mazmuniga ko’ra konkret va abstrakt, nisbatli va nibatsiz, ijobiy va salbiy turlarga bo’linadi. Masalan: “avtomobil” – konkret tushuncha, “do’stlik” – abstrakt tushuncha, “institut” – nisbatsiz tushuncha, “sabab” va “oqibat” – nisbatli tushunchalar, “bilimli” – ijobiy tushuncha, “bilimsiz” – salbiy tushuncha hisoblanadi.
Ob'ektiv olamdagi barcha narsa va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi sababli, inson ongida mana shu narsa va hodisalarni aks ettiruvchi tushunchalar ham ma'lum bir munosabatlarga kirishadi. Tushunchalar avvalombor, munosabatlariga ko’ra taqqoslanadigan va taqqoslanmaydiganga bo’linadi. Taqqoslanadigan tushunchalar mazmuni va hajmi jihatidan ma'lum umumiy o’xshash belgiga hamda o’zaro munosabatga ega bo’ladi. Masalan: “o’qituvchi” va “shifokor” taqqoslanadigan tushunchalar hisoblansa, “daftar” va “teatr” taqqoslanmaydigan tushunchalardir. Mantiq fanida faqat taqqoslanadigan tushunchalar munosabati o’rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarning o’zi hajm jihatidan sig’ishadigan va sig’ishmaydiganga bo’linadi.

Sig’ishadigan tushunchalar munosabati moslik, qisman moslik va bo’ysunish (subordinatsiya) munosabatlariga bo’linadi. Moslik munosabatidagi bitta predmet va predmetlar sinfini aks ettiruvchi tushunchalar bo’lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan: “O’zbekiston poytaxti” va “Toshkent shaxri” tushunchalari o’rtasidagi munosabat xuddi shunday.
A- O’zbekiston poytaxti
V- Toshkent shahri

Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikga ega.
Masalan:
A-O’qituvchi.
V- Professor.

Bo’ysunish munosabatidagi tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to’liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:


A-O’simlik.
V-Daraxt.



Sig’ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikga ega bo’lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi turli xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Bu tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar ham uch xil munosabatga – birga bo’ysunish, qarama-qarshilik va zidlikga bo’linadi.
Birga bo’ysunish munosabati qo’yidagi tushunchalar o’rtasida mavjud:
A-Shahar.
V-Toshkent shahri.
S-Moskva shahri.



Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetlar va predmetlar guruhining qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya'ni biri predmetning biror belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgisini aks ettiradi. qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari bo’ysunadigan tushunchaning hajmini to’la qamrab olmaydi.


Masalan:
A-Bino
V-Baland bino
S-Past bino

Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo’lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o’laroq, bo’ysundiruvchi tushunchaning hajmini to’liq qoplaydi. Masalan:


A-Bino
V-baland bino
S-Baland emas bino




Download 69.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling