Mavzu: Distribyutorlik faoliyati. Farmasevtik ombor.
Reja
1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlari.
2. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining funksiyalari.
3. Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi.
4. Ulgurji savdo shakllari.
5. Farmatsevtika omborxonasining tuzilishi.
1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishda tadbirkorlik faoliyati maksadida tovarlar yoki (tashkilotlar va aloxida shaxslar) ning o’rni katta.
Ulgurji vositachilarni asosiy vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va chakanas otuvchilar (dorixonalar bilan) o’rtasidagi uzilishni yo’qotib, muntazam aloqalarni va markazlashtirishni ta‘minlashdir.
Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti-ulgurji vositachi (dorixona ombori) aloqalari orqali iste‘molchilarga yetkazish hisoblanadi.
Ulgurji savdo – moddiy rusurslardan o’z o’rnida foydalanish uchun muhim mexanizm bo’lib, tovar aylanmasi jarayonining barcha bosqichlarida farmatsevtika maxsulotlarini ortiqcha zaxiralarini kamaytirishga va mahsulot tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi va farmatsevtika sanoati bozorini shakllantirishda ishtirok etadi.
2. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining funksiyalari.
Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Marketing–bozorni kompleks taxlili,tovar siyosati va narx siyosati va boshkalarni amalga oshirish;
- Axborotli – kerakli axborot bilan ta‘minotchilarni va chakana tashkilotlarni ta‘minlash;
- Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini boshqarish;
- Tovarni tashish;
- O’z xaridorlarini kreditlash-tovarlarni iste‘molchilarga kreditga berish;
- Rejalashtirilmagan harajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash;
- Tovarga egalik huquqini olgan holda ulgurji vositachilar, tovarlarning buzilishi, o’g’irlanishi, unga qo’yilgan narxlarning pasayishi bilan bog’liq bo’lgan ma‘lum xavf-xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |