1. Umumiy jismoniy tayyorgalik mashqlari Jismoniy mashqlar sport mashg‘ulotlarining asosiy vositasi sifatida


Jismoniy mashqlar sport mashg‘ulotlarining asosiy vositasi sifatida


Download 22.83 Kb.
bet2/3
Sana22.02.2023
Hajmi22.83 Kb.
#1223073
1   2   3
Bog'liq
jismoniy 2

Jismoniy mashqlar sport mashg‘ulotlarining asosiy vositasi sifatida

Sport mashqlari bilan bog‘liq barcha muammolar eng avvalo jismoniy mashqlar yordamida hal etiladi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar sport mashg‘ulotlarining asosiy vositasi hisoblanadi.


Ular shartli ravishda to‘rt guruxga bo‘linadi: musobaqa mashqlari, umumiytayyorgarlik, yaqinlashtiruvchi va rivojlantiruvchi mashq-lariga bo‘linadi.
Musobaqa mashqlari haqiqiy sport bellashuvi sharoitida bajariladi, ular harakatlar rejimi, shakliga ko‘ra ayrim jihatlari bilan farqlanadi.
Sport turi bo‘yicha ixtisoslashuv musobaqa mashqi (sport turining), tanlangan turidan chuqur takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha boradi.
Boshqa musobaqa mashqlaridan (sportning boshqa turlari) tayyorgarlik mashqlari vazifasini bajaruvchi qo‘shimcha turlar sifatida foydalaniladi.
Musobaqa mashqlari sport mashg‘ulotida muhim o‘rin tutadi, chunki mazkur sport turi sportchiga qo‘yadigan talablar majmuini tiklashga yordam beradi, bu esa maxsus tayyorgarlikni rivojlan-tiradi. Shu bilan birga mashg‘ulot paytidagi musobaqa mashqlar-ining hajmi mashq jarayoning umumiy hajmiga qaraganda uncha katta bo‘lmaydi.
Buni ikki xolat bilan tushintirish mumkin:
- musobaqa mashqlari tanada vujudga keltirgan funksional siljishlarning ko‘pligi;
- maxsus tayyorgarliksiz, ya’ni natijalarni sifat va miqdor jihatdan o‘zgartirmay turib ularni tez-tez kaytarish maqsadga muvofiq emasligi.
Musobaqa mashqlari mashg‘ulot paytida, musobaqa sharoitida mavjud bo‘lgan turdan bir oz og‘ish bilan bajariladi.
Bir xil hollarda og‘ish o‘rganilgan musobaqa harakatlarini yaxshilash zarurati munosabati bilan yuzaga kelsa, boshqa holatda oldinda turgan musobaqalarda bo‘ladigan harakatlarning barcha xususiyatlarini to‘la bajarish imkoniyati bo‘lmagan mashg‘ulot sharoitida ro‘y beradi. Bu yakkakurash va sport o‘yinlari turlariga tegishlidir. Bu turlardagi musobaqa mashqlarining mashg‘ulot shakllari yaxshi natija berishi bilan ajralib turadi.



Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling