1. Umumiy ma’lumot


Download 131.18 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi131.18 Kb.
#1611627
Bog'liq
Металларни преслаш


METALLARNI PRESSLASH

1. Umumiy ma’lumot


Ma’lumki, havol silindr (konteyner)ga kiritilgan zagotovkani matritsa ko‘zidan siqib chiqarish jarayonga presslash deyiladi. Bunda olinadigan buyumning butun bo‘yi bo‘yicha ko‘ndalang kesim o‘lchami matritsa ko‘zining o‘lchamiga teng bo‘ladi.
Zagotovkaning plastiklik darajasiga ko‘ra presslash sovuqlayin va qizdirilgan holda olib boriladi. Masalan, qo‘rg‘oshin, qalay va ularning qotishmalari sovuqlayin presslansa, aluminiy, mis, nikel, magniy va ularning qotishmalari, po‘latlar qizdirib presslanadi.
Presslash usulining ish unumi yuqori, aniq o‘lchamli, murakkab shaklli turli profillar olishga imkon beruvchi istiqbolli usullardan biridir.
Metallardan turli profilli buyumlar olish uchun zagotovka qalin devorli silindr bo‘shlig‘i (konteyner)ga kiritiladi. Uning bir tomoniga matritsa o‘rnatilgan. Presslashda press-shayba konteyner bo‘ylab asta surilib, metallni matritsa ko‘zidan siqib chiqaradi (61-rasm, a). Puansoni esa o‘z navbatida pressning gidravlik silindrining asosiy porsheni bilan bog‘lanadi.
Ish jarayonida gidravlik silindrga suv 150–200 atm. (14,719,6 MPa) bosimda kiradi.
Press-shaybali puansonni orqaga surish esa ikkita maxsus qaytarish silindri vositasida bajariladi.
Presslashda zagotovkaning markaziy qismi zarralarining matritsa ko‘zidan o‘tish tezligi chetroq qismlaridagidan kattaroq bo‘ladi. Shuning uchun ham konteynerdagi zagotovkaning press-shayba tomoni bo‘sh voronkaga o‘xshaydi.
Presslashda voronkaning uchi matritsaga yaqinlashganda jarayon to‘xtatiladi va konteynerda qolgan metall press qoldiq deb ataladi. Odatda, metallarni to‘g‘ri presslashda press qoldiq miqdori zagotovka og‘irligining 15–18 foizini tashkil etadi.
Presslashning asosiy xususiyati shundaki, metallni har tomonlama notekis siqilishi uning plastik deformatsiyalanish darajasini orttiradi. Bu esa plastikligi pastroq metallarni ham ishlashga imkon beradi. Sanoatda metallarni presslashning ikki usuli bo‘lib, bulardan biri to‘g‘ri presslash, ikkinchisi esa teskari presslashdir. Yuqorida metallarni to‘g‘ri presslash usuli bayon etildi. Quyida teskari presslash usuli bilan tanishamiz.
61-rasm, b dagi sxemadan ko‘rinadiki, puanson havoli qilinib, uning uchiga matritsa mahkamlangan (matritsa bu holda press-shayba rolini ham o‘taydi).
Puanson konteynerda asta-sekin A strelka tomon surilganda matritsa (3) zagotovka 6 ning tores qismini ezib, uni o‘z ko‘zidan o‘tishga majbur etadi, chunki konteyner (2) ning ikkinchi tomoni massiv tirgak shayba (5) bilan zich berkitilgan.
Har ikkala usulni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri presslashda zagotovka konteynerda matritsa tomon surila borsa, teskari presslashda u surilmaydi, binobarin, ishqalanish kuchi kamayib, sarflanadigan kuch qiymati to‘g‘ri presslashga nisbatan 25–30% kamayadi. Chiqindi esa zagotovka og‘irligining atigi 5–6% ni tashkil etadi. Lekin yuqorida qayd etilgan afzalliklarga qaramay, puanson konstruksiyasining murakkabligi va boshqa sabablarga ko‘ra sanoatda cheklangan holda qo‘llaniladi.
61-rasm. Presslash sxemasi:
a – to‘g‘ri presslash; b – teskari presslash; d – trubalar tayyorlash; e – presslash yo‘li bilan hosil qilinadigan buyumlar profili: 1 – puanson; 2 – konteyner; 3 – matritsa; 4 – buyum; 5 – shayba; 6 – zagotovka; 7 – pressshayba.
Trubalar olishda (61-rasm, d) zagotovkani avvalo boshqa bir pressda teshib olinadi yoki shu pressning o‘zida presslash davrida teshiladi. Metallarni presslashda zagotovkani zaruriy haroratgacha qizdirish va uni oksid pardalardan tozalash, konteyner, matritsa yuzalarini moylash masalalariga alohida ahamiyat berish lozim, chunki ish unumi, sarflanadigan quvvat, matritsa ko‘zining tez yeyilishi shularga bog‘liq. 61-rasm, e da presslash yo‘li bilan olinadigan buyumlarga misollar keltirilgan.
Shuni qayd etish zarurki, bu usul prokatlashga nisbatan aniq murakkab profillarni samarali ishlashga imkon beradi, lekin bu afzalligi bilan birga asbobning ko‘p yeyilishi, metall chiqindining ortiqligi kabi kamchiliklari bor.
Download 131.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling