1 Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha


Download 14.9 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi14.9 Kb.
#153191
Bog'liq
1-chala


1)Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha.

Osteologiya - suyaklaming tuzilishini o‘rganadi. Organizmning qattiq asosini hosil qiluvchi suyaklar majmui skeletdir. Skelet (skeleton, grekcha - skeletos) quritilgan degan so‘zdan olingan. U 200 dan ortiq alohida suyakdan iborat.

2)Sathlar haqida tushuncha. Boshlangich terminalogiya.

Anatomiyada a’zolar va ulaming qismlarini bo‘shliqdagi holatini aniqlashda o‘zaro perpendikular joylashgan sagittal, frontal va gorizontal sathlardan foydalaniladi.

Sagittal sath (grekcha sagitta - o‘q yoy) deb gavdani oldindanorqaga qarab teshib o‘tayotgan o‘q yoy yo‘nalishida kesganda hosi bo‘lgan yuzaga aytiladi. U gavdani o‘ng va chap bo‘lakka ajratadi. Frontal sath (grekcha frons - peshona) esa gavdani peshonaga parallel qilib kesganda hosil bo‘ladigan yuza. U gavdani oldingi va orqa qismlarga ajratadi.

3)Suyaklarning tuzilishi.

Tana skeleti suyaklari o‘rta embrional parda – mezodermadan taraqqiy etadi.

Mezoderma uch qismga ajraladi – dermatom (teri osti qavati taraqqiy etadi), miotom, (mushaklar taraqqiy etadi), sklerotom (suyaklar taraqqiy etadi). Mezodermaning ichki-oldingi (medioventral) tarafida joylashgan sklerotom – segmentlardan (bo‘laklardan) tuzilgan bo‘lib, umurtqalarning taraqqiyotini taʼminlaydi. Boshlang‘ich paytidagi qo‘shuvchi to‘qima tog‘aylar bilan almashinib, ularda suyaklanish nuqtalari xosil bo‘ladi

A)Bo`yin umurtqasi ularning bolalardagi hususiyatlari.

Bo‘yin umurtqalari (vertebrae cervicales) 7 dona. Ularga og‘irlik kam tushgani uchun tanasi nisbatan kichik va ellipssimon shaklda bo‘ladi. Bo‘yin umurtqalari tanasi 3-umurtqadan 7-ga qarab kattalashib boradi. Ularning ustki va pastki yuzalari egarsimon bukilgan. Umurtqa teshigi esa katta uchburchak shaklida bo‘ladi. Yangi tugilgan chaqaloqlarda 3-7 ta boyin boladi va shakli jihatdan kattalarnikiga oxshash boladi. Emizikli davrda umurtqa tanasi va ravog‘idagi suyaklanish nuqtalari kattalashadi. Bola hayotining birinchi ikki yilida har bir yarim ravoqlar suyaklanadi va bo‘g‘im o‘siqchalari hosil bo‘ladi.

B)Ko`krak umurtqasi, ularning bolalardagi xususiyatlari.

Ko‘krak umurtqalari (vertebrae thoracicae) 12 ta bolib, ularning tanasi (tepadan pastga tomon) hajm jihatdan kattalashib boradi. Kokrak umurtqalari ham chaqaloqlarda kattalarnikiga oxshash boladi. Ammo ko‘p qismi tog‘aydan iborat. Ulaming ravog‘ida joylashgan suyaklanish nuqtalari o‘zaro tog‘ay qatlamlar vositasida ajrab turadi.

C) Bel umurtqasi, ularning bolalardagi xususiyatlari.

Bel umurtqalari (vertebrae lumbales) 5 ta bo‘lib, ularga og‘irlik ko‘p tushgani uchun tanasi kattalashgan va loviyasimon shaklda bo‘ladi. Bel umurtqalari ham chaqaloqlarda kattalarnikiga oxshash boladi. Ammo ko‘p qismi tog‘aydan iborat. Ulaming ravog‘ida joylashgan suyaklanish nuqtalari o‘zaro tog‘ay qatlamlar vositasida ajrab turadi.

D) Dumgaza umurtqasi, ularning bolalardagi xususiyatlari.

Dumg‘aza umurtqalari (vertebrae sacrales) 5 ta bo‘lib,



o‘smirlik davrida o‘zaro birikib, uchburchak shaklidagi bitta butun dumg‘aza suyagini (os sacrum) hosil qiladi . Dumg‘aza suyagining asosi (basis ossis sacri) yuqoriga, dumg‘aza cho‘qqisi (apex ossis sacri) esa pastga va oldinga yo‘nalgan. Unda oldingi chanoq yuzasi (facies pelvica), orqa yuzasi (facies dorsalis) tafovut qilinadi. Dumg‘aza suyagi 5-bel umurtqasi bilan birikkan joyda burun (promontorium) hosil bo‘ladi.
Download 14.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling