1. Umumiy qoidalar Profilaktika chora – tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari Tayanch iboralar


Download 66.39 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi66.39 Kb.
#1402425
  1   2   3
Bog'liq
1-MA\'RUZA


O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘llarida avariya xodisalarining oldini olish profilaktik chora-tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari
REJA:
1. Umumiy qoidalar
2. Profilaktika chora – tadbirlarining asosiy yo‘nalishlari

Tayanch iboralar: Profilaktik chora-tadbirlar, “Tashishlarni tashkil etish” boshqarmasi, avariya xodisasi, inson omili, vagon xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi.
Umumiy qoidalar
Yuk va yo‘lovchi tashishda xalq xo‘jaligi korxonalarining ehtiyojlarini qondirish, jamiyat bo‘linmalarining barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, harakat xavfsizligi, mehnat va texnologik intizomni ta’minlash, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, texnik jihozlarni doimiy ish tartibida saqlash uchun, avvalo, yo‘l, avtomatika, telemexanika, aloqa va elektr ta’minoti xo‘jaliklarida muayyan ishlarni amalga oshirish kerak.
Bundan tashqari, tashish jarayonining bevosita ishtirokchilari bilim darajasini, texnik jihozlarni ta’mirlash va ishlatish texnologiyasini doimiy ravishda yaxshilash, jamiyatning barcha xodimlariga harakat xavfsizligi talablarini o‘rgatish va yangi mehnatni rag‘batlantirish shakllarini izlash bilan bog‘liq rasmiy vazifalarni bajarish nazoratini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
So‘nggi yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (“O‘TY” AJ)da qoida buzarliklarning umumiy soni kamayishi tendensiyasi kuzatilmoqda, ammo asosiy harakat xavfsizligi qoidalarining buzilishi hamon inson omili natijasida kuzatilmoqda (1.1-rasm). Bu esa, hodisalarning oldini olish uchun joylarda profilaktik ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligini bildiradi.
Jamiyatning rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yondashuvlarni o‘zgartirishni, barcha boshqaruv organlari va jamiyatning tarkibiy bo‘linmalarining nuqsonsiz ishlashi va o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi chora-tadbirlar majmuasini joriy etishni talab qiladi.
Harakat xavfsizligi va tashish jarayonining ishonchliligini ta’minlash, xizmat vazifalarini bajarish vaqtida o‘rnatilgan me’yorlar va qoidalarga amal qilish bo‘yicha kadrlar mas’uliyatini oshirish, tashkilot tizimini takomillashtirish, mehnat samaradorligini, jamiyat kadrlar siyosati va salohiyatini oshirish, maqsadida “O‘TY” AJ tarkibiy bo‘linmalarida asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilangan:


Download 66.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling