IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
1. Nima uchun yozuvchi «Otning olimi itning bayrami» maqolini epigraf qilib olgan deb o‘ylaysiz?
2. Hikoyada: «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin» jumlasining ishlatilish sababini aniqlang, jumlaning mazmunini izohlang.
3. Qobil boboning holati tasvirlangan o‘rinlarga e’tibor qiling. Nega u «dag‘-dag‘ titraydi?»
4. Ellikboshining o‘zini tutishiga diqqat qiling. Og‘ilni taftish qilishdan uning maqsadi nima edi?
5. Hikoya boshida Qobil boboni sensiragan ellikboshi hikoya yakunida nima sababdan unga «siz»lab gapirdi deb o‘ylaysiz?
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O`quv – tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________
«Adabiyot» 7 sinflar uchun
7«A»____ ___________________ 7«B»____ ___________________________
Mavzu: Mirtemir hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, va ulardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |