Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
BU — MEN TUG‘ILGAN TUPROQ
Bu — men tug‘ilgan tuproq.
Ha, men tug‘ilgan tuproq,
Tog‘lar, ko‘m-ko‘k adirlar, daryolar, cheksiz qumloq.
Bo‘ronlar qamchilashar, yomg‘irlar tomchilashar,
Qishda qalin qordan oq, kuzda-chi, paxtadan oq.
Taqvodorday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman,
Onam kabi o‘paman, qalb mehriga to‘yaman.
Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom xoki,
Kim noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman.
Bu — men tug‘ilgan tuproq. Bu — men
yo‘g‘rilgan tuproq,
Ko‘klam gohi serjala, yoz quramsoq va qurg‘oq.
Terak bo‘yi jarlardan suv tortar bobo dehqon,
Bug‘doy ham, juvari ham bo‘liq, ko‘m-ko‘k, serboshoq.
Taqvodorday cho‘k tushib peshonamni qo‘yaman.
Suygulimday quchaman, jamoliga to‘yaman.
Chingiz o‘qiga uchmish olis bobom xoki bu,
Kim ko‘zga ilmay boqsa, kamchilikka yo‘yaman.
Savol va topshiriqlar:
1. She’rni diqqat bilan o‘qib chiqing. Har bir bandda ona tuproq xislatlarining ma’lum bir qirrasi tasvir etilayotganiga e’tibor bering.
2. Birinchi banddagi dastlabki to‘rt misra nimani anglatadi? Shu banddagi: «Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom xoki, Kim noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman» misralarini sharhlab bering.
3. Ikkinchi bandda o‘lka tabiatiga xos xususiyat juda ham aniq berilgan haroratli misralar bor. Shularni toping va izohlang.
4. «Guldor, naqshin qorako‘l yetti ranglik, yarqiroq» misrasini izohlashga urining.
5. She’r bandlarining boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan takrorlarni aniqlang hamda ularning vazifasini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |