1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»
Download 1.3 Mb.
|
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik. 2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: BAXMALBOFDA FAQIR BIR OILA Anvar 1271-nchi hijriya miyonalarida Qo‘qonning Baxmalbof mahallasida faqir bir oilada dunyog‘a keldi. Onalar tuqqan bolalarini sizga «tilab-tilab olgan falonim» deb, otalar «xudoy bergan o‘g‘ulcha» deb taqdim etadirlar. Ammo bizning Anvar bo‘lsa onasining «tilab-tilab olg‘ani» emas va otasi ham uni «o‘g‘ulchag‘a» hisoblamag‘an edi. Otasining kasbi bo‘yoqchiliq, hamisha yarim belidan nil suvig‘a cho‘milib yotqan bir kambag‘al va bir qarich, ikki qarich bolalardan beshtasiga dada edi. Shu besh bolaning yonig‘a izzatsiz, hurmatsiz oltinchi «mehmon» bo‘lib, bizning Anvar qo‘shildi. Ya’ni Anvar tilab oling‘an bola emas, dadasi bilan onasining tilaklariga qarshi, faqat ularning baxtsizlik va qashshoqliqlarig‘a xizmat qilg‘uchi bo‘lib tug‘ildi. Bola tilab olinsa, so‘yinch-quvonch, nog‘orachi-surnaychi va shunga o‘xshash cho‘zma-chalpak, is charog‘ marosimlari nuqsonsiz ijro etiladir. Ammo Anvarning dunyog‘a kelishi munday marosim, tantanalar va orzu-havaslar bilan bus-butun aloqasiz edi. Masalan, onasi o‘z yonig‘a doya chaqirib takalluflanmadi, to‘ng‘uch qizi Nodiraning ko‘magida tug‘di; bolalarini qo‘ni-qo‘shnig‘a so‘yinchi uchun chiqarmadi. Chunki qo‘shnilarning «qaysi holingg‘a tug‘ding?» yoki «o‘zi o‘lgur it mijozmi?» deb ta’fta qilishlaridan cho‘chidi. Shu holda yetti-sakkiz kunlab Anvarning dunyog‘a «tashrifi» sir bo‘lib kechdi. Anvar ohorliq yangi yo‘rgak ko‘rmaganidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qquzinchi kun belandi emas, tiqildi. Anvarning «chillasi charog‘ ko‘rmagan» bo‘lsa, hech boki yo‘qdir, biroq yigirma kunlab beshikda ismsiz yotishi qiziqdir, chunki yangi «qadrlik mehmon»ga ot qo‘yish na otasining esiga va na onasining xotirig‘a kelgan edi. Oradan yigirma kun o‘tsa-ku, bolag‘a ism qo‘ymasalar, deb ota-onani ayblash og‘ir. Balki Salim bo‘yoqchining tirikchilikdan qo‘li bo‘sha-mag‘andir. Anorbibining bo‘lsa olti bolaning xarxashasidan qulog‘i tinchimay miyasi suyulgandir, harholda bu «qadrlik» bolaning oti muhtaram mahalla imomi tarafidan qo‘yilmaganidek, ota-ona tomonlaridan ham nasib bo‘lmadi. Ism qo‘yish vazifasini yigirma ikkinchi kunlarda o‘n ikki yoshliq Nodira ado qildi. Nodira o‘z yaqinlaridag‘i maxdumlardan birining bolasini yaxshi kiyimi, ayniqsa, yoqimli eshitilgan «Anvar» ismiga suqlanib, havaslanib yurar edi. O‘ylab-netib turmadi-da, yangi chaqaloq ukasining otini ham «Anvar» deb atadi va beshikda chalqancha yotib, nursiz qora ko‘zlari bilan dadasining faqir hayotig‘a «razm qo‘yg‘an» bu chaqaloqning tevaragidan aylanib, «Anvarjon, Anvarjon!» - deb xitob qila boshladi. Shuni ham aytib qo‘yish kerakki, Anvarning dunyog‘a kelishini birdan bir tabrik etib so‘yingan shu Nodira edi. So‘ngroq yana unga onaliq martabasida qolg‘uchi, hatto, shu kungacha Anvarning eng mehribon kishisi bo‘lib kelguchi yana shu Nodiradir. Shu yo‘sun Salim bo‘yoqchining mavridsiz laylaklari ichida bemahal g‘urrak bo‘lib Anvar ham yashay boshladi. Bolalari ko‘paygani sayin Salim akaning ishi ham keyinga ketkanidek, kundan kun ehtiyojdan ehtiyojg‘a o‘tib borar edi. Anvar uch yoshqa kirganda, besh yillardan beri Salim akaga yopishib olg‘an bobosir kasali uning yoqasidan olib yiqitishg‘a muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni Salim aka qonsirab, darmonsizlanib yotib qoldi. Muolajaga pul kerak, mundan ham ilgari oilaning umumiy kasali bo‘lg‘an oziqqa ham shu narsa kerak. Salim bo‘yoqchi sarmoyasidagi nil, tuz va o‘xshash dastmoyalarni sotib muolaja qildirg‘an bo‘ldi. Dard ancha ulg‘aygan edi. Bu chiqimlar foyda o‘rnig‘a zarar keltirdilar. Do‘kon dastgohini sotib ro‘zg‘or qildi. Bular ham bitkandan keyin bu oilaning og‘ir kunlari boshlandi. Ochliq, yalang‘ochliq, ayniqsa, kasal boqish. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling