1. Universitet, akademiya, institut atamalari nimalarni anglatadi?
Download 14.83 Kb.
|
2-мавзу топшириқ ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Oliy maktabda o‘quv mashg‘ulotlarining qanday turlari, shakllari qo‘llaniladi
2-amaliy mashg'ulot 1. Universitet, akademiya, institut atamalari nimalarni anglatadi? O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalarining uchta turi joriy etilgan: universitet, akademiya, institut. Universitet: 1. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha oliy va undan keyingi ta’lim turlari dasturlarini amalga oshiradi; kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish amaliyotini bajaradi; 2. Fanlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlami bajaradi; 3. Bilimlaming tegishli sohalari bo‘yicha ilmiy va uslubiy markaz vazifasini bajaradi. Akademiya: 1. Muayyan bilim sohasi va kadrlar tayyorlash yo‘nalishi bo'yicha oliy va undan keyingi ta’limlarning kasbiy dasturlarini amalga oshiradi; 2. Ma’lum sohalar uchun oliy ma’lumotli kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi; 3. Fan, madaniyat, san'at sohalari bo'yicha fundamental va amaliy tadqiqotlami bajaradi; 4. O‘z faoliyati sohasida yetakchi ilmiy va uslubiy markaz bo‘ladi.
1. Odatda, ta ’limning bir sohasi doirasida oliy va undan keyingi ta’limning kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi; 2. Xalq xo'jaligining ma’lum sohasi uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi; 3. Amaliy va fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 2. Oliy maktabda o‘quv mashg‘ulotlarining qanday turlari, shakllari qo‘llaniladi? Oliy ta ’lim muassasasida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi turlari joriy qilingan: m a’ruza, maslahat, seminar, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ish, amaliyot, kurs ishi (loyihasi), malakaviy bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash. Oliy ta’lim dasturlarini kunduzgi, sirtqi, eksternat va masofaviy ta’lim olish shakllarida o ‘zlashtirish mumkin. To‘lov - kontrakt asosida o‘zga shaklda ikkinchi tur ta’lim olishga ham yo‘l qo‘yiladi. Eksternat – oily ta’limning tanlangan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha kasbiy ta’limga muvofiq fanlami mustaqil o‘zlashtirish va ta’lim muassasasida davriy (joriy va yakuniy) attestatsiyadan o‘tishdir. Masofaviy ta’lim – oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlarini, asosiy faoliyatdan ajralmagan holda, ta’lim muassasasidan uzoqda o‘zlashtirish. U zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalari, texnik vositalaridan foydalanishga asoslanadi. Eksternat va masofaviy ta’lim vakolatli davlat idorasi tasdiqlagan nizomga binoan amalga oshiriladi. Download 14.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling