2-savol. Farzandni otasi Liberiya fuqarosi bo’lsa, qizi o’rta maktabga o’qishga kirishida ahamiyatga ega bo’ladimi?
1986-yilgi Liberiya Konstitutsiyasi 28-moddasiga ko’ra agar shaxs tug’ilgan paytida uning ota-onasidan kamida bittasi Liberiya fuqarosi bo’lgan bo’lsa ana shu shaxs liberiya fuqarosi deb tan olinadi. Lekin xalqaro konvensiyada bu narsaga alohida urg’u berilmagan. Ota-onani fuqarolikka ega ekanligi yoki mavjud emasligi farzandni ta’lim olish huquqiga ta’sir ko’rsatmaydi.
3-savol. Liberiyada agar Zara va qizi islom diniga e’tiqod qilsa, musulmon maktabga borishi shartmi, ya’ni alohida qiz va o’g’il bolalar o’qiydigan maktabgagina berishi kerakmi?
1990-yilda qabul qilingan “Bola huquqlari va farovonligi to’g’risida”gi Afrika Xartiyasi 11-moddasiga ko’ra, har bir bola ta’lim olish huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi va davlatlar ushbu huquqni to’liq amalga oshirishga barcha chora-tadbirlarni ko’rishi kerak bo’ladi. Ta’lim maqsadiga muvofiq ota-onalar o’z farzandlari uchun diniy va axloqiy e’tiqodlarga ko’ra o’zlari xohlagan ta’lim turini tanlash huquqi tan olinadi. Ushbu xartiyani Liberiya 1992-yilda imzolab, 2005 da ratifikatsiya qilgan. 1986-yilgi Liberiya Konstitutsiyasining 11-moddasiga asosan, barcha insonlar teng huquq va imkoniyatlarga ega, etnik kelib chiqishi, irqi, dini e’tiqodidan qat’iy nazar konstitutsiyada berilgan shartlar asosida barcha huquqlardan foydalanadilar, qonun oldida hamma tengdir. Deb yozilgan. Demak, islom diniga e’tiqod qilsa ham agar ota-ona xohlasa islomiy maktabga beradi, agar xohlamasa, hamma bilan o’qiyveradi, dunyoviy maktabda. Uni majburlash konstitustiyaga zid.
Bola huquqlari bo’yicha Qo’mitaga murojaat qila oladimi? Afsuski yo’q sababi, Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning 3-protokoli, ya’ni 19.12.2011dagi BOLA HUQUQLARI TO’G’RISIDAGI KONVENSIYA , XABAR QILISH PROTSEDURAGA TAALLUQLI FAKULTATIV PROTOKOLI ni Liberiya imzolagan ham , ratifikatsiya qilgan ham emas. Ushbu vaziyatda Inson huquqlari bo’yicha kengashga murojaat qilishi mumkin, qachonki, Zara tuman sudidan keyingi barcha sud instansiyalaridan o’tib kelsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |