1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?
Download 178.91 Kb.
|
1. Ushbu shikoyat Qo\'mita tomonidan ko\'rib chiqilishi uchun qand-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demak Sanchez noqonuniy hibsga olinganligi va unga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish uchun sudga da’vo bilan murojaat qilish huquqiga ega. 2007
39-kazus
BMT Inson huquqlari Kengashi 2006-yil 15-martda 60/251 rezolyutsiya asosida tashkil qilingan BMT tizimidagi organ bo’lib, u asosan davlatlardagi shaxslarning individual murojaatlarini ko’rib chiqadi. Qo’mitadan farqi shundaki , kengash insonlarni ular yashayotgan davlati muayyan konvensiyaga yoki uning fakultativ protokoliga qo’shilgan yoki qo’shilmaganidan qat’iy nazar hammasini ko’rib chiqadi. Diyego Sanchez Montevideo shahrida fuqarolik kiyimidagi politsiyachilar tomonidan ushlab ketilgan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 11-moddasiga va 12-moddasiga zid harakat bo’lgan.11-МОДДА 1. Жиноят содир этганликда айбланган ҳар бир инсон ҳимоя учун барча имкониятлар таъминланган ҳолда, очиқ суд мажлиси йўли билан унинг айби қонуний тартибда аниқланмагунча айбсиз деб ҳисобланишга ҳақлидир. 2. Ҳеч ким, содир этилган вақтда миллий қонунлар ёки халқаро ҳуқуқларга кўра жиноят деб топилмаган хатти-ҳаракати ёки фаолиятсизлиги учун жазога ҳукм қилиниши мумкин эмас. Шунингдек, жиноят содир этилган вақтда қўлланиши мумкин бўлган жазога нисбатан оғирроқ жазо берилиши мумкин эмас. 12-МОДДА Ҳеч кимнинг шахсий ва оилавий ҳаётига ўзбошимчалик билан аралашиш, уй- жойи дахлсизлигига, унинг ёзишмаларидаги сирларга ёки унинг номус ва шаънига ўзбошимчалик билан тажовуз қилиниши мумкин эмас. Endi urugvay konstitutsiyasi 15-moddasida ham ushbu harakat ta’qiqlanganini bilamiz. 1966-yilgi Urugvay Konstitutsiyasining 25-modda.Agar ularning mansabdor shaxslari tomonidan o'z xizmat vazifalarini bajarishda yoki bunday bajarish tufayli shikast etkazilgan bo'lsa, ular qo'pol ehtiyotsizlik yoki firibgarlikda aybdor bo'lgan taqdirda, tegishli davlat organi ulardan tovon sifatida to'langan barcha narsalarni talab qilishi mumkin. Demak, Diyego Sanchez qonunga xilof ravishda va Xalqaro konvensiya talablarini davlat xizmatchilari tomonidan qo’pol buzilgan holatda qiynoqqa solingan, lekin oxirida aybi aniqlanmagani uchun qo’yib yuborilgan. 16.12.1966 dagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro paktning 9-moddasi 1-qismiga ko’ra “Har bir inson erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim o‘zboshimchalik bilan hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. Hech kim qonunda belgilanganidan boshqacha asos va tartibda ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas.” 9-moddani 5-qismiga ko’ra, noqonuniy ravishda hibsga olingan yoki qamoqda saqlab turilgan har bir kishi da’vo kuchiga ega bo‘lgan tovon talab qilish huquqiga egadir. Demak Sanchez noqonuniy hibsga olinganligi va unga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish uchun sudga da’vo bilan murojaat qilish huquqiga ega. 2007-yil 18-iyundagi BMT Inson huquqlari Kengashi Institutsional qurilishlar 5/1 Rezolyutsiyaga asosan kengash murojaatlarni qabul qiladi va ko’rib chiqadi. Ushbu 5/1 rezolyutsiyani 85-88moddalariga ko’ra murojaatlarga talablar qo’yilgan. Kazusda bu talablarga javob beradi murojaat. Endi 85-88 moddalarga asosan kengashga kelib tushgan murojaat yozma va anonym bo’lmagan bilan birga milliy qonunchilikdagi huquqni himoya qiluvchi tizimlarning barcha instansiyalaridan o’tishi kerak bo’ladi. Bu degani agarda sudni birinchi instansiyasi qaroridan norozi bo’lsa, yuqori turivchi hamma bosqichdagi suddan o’tishi kerak murojaat. 40. Peru sudining qaroriga binoan Lyuksemburg fuqarosi Doroti ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan Perulik uch yoshli qizni rasman asrab oldi. Uni Lyuksemburg qonunchiligiga ko‘ra rasmiylashtirish, xususan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish, bolaga Lyuksemburg fuqaroligini va Lyuksemburgda doimiy yashash huquqini olish uchun sudga murojaat qildi (o‘zgartirish kiritilgunga qadar, Lyuksemburg amaliyotida xorijiy davlatlarning farzand asrab olish haqidagi qarorlari avtomatik ijro etilgan bo‘lib, FHDY organlari oraqali rasmiylashtirishning o‘zi yetarli bo‘lgan. Yevropa kengashiga a’zo davlatlar hududida ham mazkur amaliyot keng qo‘llaniladi). Peru sudining to‘liq farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarori Lyuksemburg qonunchiligiga zid bo‘lganligi sababli Lyuksemburg sudi uning da’vosini qanoatlantirmadi. Sudning fikriga ko‘ra, ushbu holat Lyuksemburg Fuqarolik kodeksining qonunlar ziddiyati normasiga muvofiq bo‘lib, unga ko‘ra turmushga chiqmagan shaxs tomonidan to‘liq farzandlikka olish taqiqlanadi. Doroti Lyuksemburg davlati sudining qarori Inson huquqlari va asosiy erkinliklari himoyasi to‘g‘risidagi konvensiyaning 8-moddasiga zid deb hisoblab keyingi bosqich sudiga shikoyat beradi. Mazkur shikoyat asossiz deb topildi, chunki Sud Peru sudining qarori Lyuksemburg kollizion qonunchiligiga to‘g‘ri kelmaydi, degan xulosaga keldi, unga ko‘ra farzandlikka olish shartlari farzandlikka oluvchi fuqarosi bo‘lgan davlat qonuni bilan tartibga solinadi. Apellyatsiya va kassatsiya sudlari ham avvalgi sud qarorini o‘zgartirishsiz qoldirdi. Doroti Lyuksemburg sudlarining qarorlari shaxsiy va oilaviy hayotga davlat tomonidan aralashuv hamda inson huquqlarini kamsitishni ta’qiqlashga oid normalarga zid deb hisoblab Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qiladi. 1. Milliy qonunchilik va inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq o'rtasidagi ziddiyatda ulardan qaysi biri ustuvor? Javobingizni asoslang. 2. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konventsiyasining davlatning shaxsiy va oilaviy hayotga aralashuvi to‘g‘risidagi me’yorlariga muvofiq Lyuksemburg sudining qarori asos qilib olingan qoidani tahlil qiling. 3. Qaysi holatlar Doroti Lyuksemburg sudlarining qarorlari kamsitmaslik normalariga zid degan xulosaga keldi? 4. Agar Doroti Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudida muvaffaqiyat qozona olmasa, u qanday xalqaro mexanizmlarga murojaat qiladi? Uning talablari qanday? Javob: Milliy qonunchilik va inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq o'rtasidagi ziddiyatda ulardan qaysi biri ustuvor? Javobingizni asoslang. Birinchidan, agar Lyuksemburg davlati ushbu Inson huquqlari bo’yicha Yevropa konventsiyaning ishtirokchisi bo'lsa va sudning masalalarni ko'rib chiqish vakolatini tan olgan bo’lsa, bu konventsiya ichki qonunchilikdan ustun bo'ladi. Isbot - yuqoridagi konvensiyaning 1-moddasi: Inson huquqlarini hurmat qilish majburiyati Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar o'z yurisdiktsiyasi doirasidagi har bir kishiga ushbu Konventsiyaning I bo'limida belgilangan huquq va erkinliklarni ta'minlaydi. Download 178.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling