1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?
Milliy profilaktika mexanizmining mazmunini tushuntirib bering
Download 178.91 Kb.
|
1. Ushbu shikoyat Qo\'mita tomonidan ko\'rib chiqilishi uchun qand-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunday vaziyatda Inson huquqlari bo‘yicha vakil qanday vakolatlarga ega
Milliy profilaktika mexanizmining mazmunini tushuntirib bering.
So`nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada kuchaytirish, jumladan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash holatlariga mutlaqo yo`l qo`ymaslik maqsadida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda 26 iyun – Qiynoq qurbonlarini qo`llab-quvvatlash xalqaro kuni har yili nishonlanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorini joriy yilning xuddi shu kuni qabul qilgani kelgusida mazkur sananing biz uchun milliy va xalqaro darajadagi tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi. Qarordan ko`zlangan maqsad – BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo`mitalari tavsiyalarini hisobga olgan holda, qiynoqqa solishning oldini olish bo`yicha milliy priventiv mexanizmlarni takomillashtirishdan iborat. Prezidentimiz qarorida nazarda tutilgan yangilanishlar amaliyotga o`z vaqtida va to`liq joriy qilinishi, shubhasiz, mamlakatimizning ushbu yo`nalishdagi islohotlariga xalqaro hamjamiyatning ijobiy fikrlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday vaziyatda Inson huquqlari bo‘yicha vakil qanday vakolatlarga ega? 209-modda. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha faoliyati Vakil qamoqda saqlash joylariga muntazam kirib turish orqali qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi. Vakil qamoqda saqlash joylariga kirganida: qamoqda turgan shaxslarning soni haqida axborot oladi; qamoqda turgan shaxslarni saqlash va ular bilan muomalada bo‘lish sharoitlarini o‘rganadi; qamoqda turgan shaxslar bilan, shuningdek qamoqda saqlash joylari ma’muriyatining xodimlari bilan uchrashuvlar va suhbatlar, shu jumladan xoli uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazadi. Bunda mazkur uchrashuvlar va suhbatlar jarayoni borishining bayonnomasi yuritiladi, zarur bo‘lganda texnika vositalaridan foydalaniladi; shaxsning qamoqda turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishadi va ularning ko‘chirma nusxalarini oladi; qamoqda saqlash joylarining ma’muriyatidan qamoqda turgan shaxsni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni, unga tibbiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatilishini talab qiladi, mazkur tadbirlar o‘tkazilayotganda ushbu shaxsning roziligi bilan hozir bo‘ladi; qamoqda saqlash joylarining ma’muriyati rahbarlaridan qamoqda turgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar oladi; qamoqda saqlash joylari ma’muriyatining g‘ayriqonuniy harakatlariga (harakatsizligiga) chek qo‘yish uchun zudlik bilan choralar ko‘radi; qamoqda turgan shaxslarni saqlash sharoitlari to‘g‘risida xulosa tuzadi va uni tegishli tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuboradi; tegishli davlat organlariga ularning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar kiritadi. Vakil shaxslar turgan, o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarda ham qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan choralarni ko‘radi. Vakilning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha faoliyatiga ko‘maklashish uchun Vakil tomonidan ekspert guruhi tuziladi. Ekspert guruhi to‘g‘risidagi nizom Vakil tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert guruhining tarkibi nodavlat notijorat tashkilotlarining, qoida tariqasida, yurisprudensiya, tibbiyot, psixologiya, pedagogika sohasida, shuningdek boshqa sohalarda kasbiy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lgan vakillari orasidan shakllantiriladi. Vakil ekspert guruhi a’zolarining qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir vazifalarini belgilaydi, shuningdek ularga qamoqda saqlash joylariga va shaxslar turgan, o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarga moneliksiz kirish huquqini beruvchi maxsus yo‘llanmalar beradi. Maxsus yo‘llanma Vakil Kotibiyatining xodimlariga ham beriladi. Download 178.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling