1. Ushbu vaziyatda yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarni tahlil qiling


Download 17.34 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.34 Kb.
#1620187
Bog'liq
Huquq tarixi oraliq 2-semestir


Toshkent Davlat Yuridik Universiteti 1-bosqich B2- guruh talabasi Murodullayev Elnurning Huquq tarixi modulidan 2-semestir oraliq nazorat ishi.

1. Miloddan avvalgi XVIII asrda Qadimgi Bobilda ibodatxona kohini sifatida faoliyat yuritayotgan Jamal ismli shaxs qo'shni Uruq mamlakatidan kelgan Mag'rur ismli savdogardan 4 mina kumush evaziga 2 ta qul sotib oldi. Biroq oradan bir necha kun o'tgach, Uruqdan tashrif buyurgan boshqa bir Kamal ismli savdogar o'sha ikki qul unga tegishli ekanligini va ular qochoqligini yoki o'g'irlab ketilganligini, buni uning qo'shnilari ham tasdiqlashini ko'rsatgan holda da'vo qilib, Jamalga murojaat qildi. Jamal esa ushbu qullarni sotib olganligini va bunga guvohlari ham mavjudligini aytib, uning da'vosini rad qildi. So'ngra Kamal Bobil shahrining hukmdori – patesiga arz qildi.


1. Ushbu vaziyatda yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarni tahlil qiling.
2. O'g'irlik jinoyatining obyekti, obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomonini aniqlang.
3. Vaziyatni Xammurapi qonunlariga asoslanib hal qiling.
4. Bunday holat Qadimgi Rimda sodir bo'lganida qanday hal qilinar edi?

1. Ushbu vaziyatda Jamal ismli shaxs o’zining pullari evaziga Mag’ur ismli savdogardan ikkita qul sotib olgan. Lekin oradan bir necha kun o’tgach Kamal ismli shaxs qullar unga tegishli ekanligini aytib Jamal ismli shaxsga murojat bilan chiqqan. Va bunga guvohlari ham bo’lgan. Ushbu vaziyatda aybdor inson sifatida Mag’rur ismli shaxs qaralyapti. Va bu to’g’ri Qadimgi bobil qonunchiliga ko’ra ushbu vaziyatda1 Mulk egasi o'z mulkini har qanday kishidan talab qilib olish imkoniyatiga ega bo'lgan. Agar mulk egasi o'z mulkini birovdan topib olsa, bunda uni egallab turgan shaxs mulkni boshqa shaxsdan sotib olganligini ko'rsatsa, mulkning haqiqiy egasi sudga mulk haqiqatda uniki ekanligini tasdiqlaydigan guvohlar keltirishi, uni sotgan kishini va ushbu shartnoma tuzilishida ishtirok etgan guvohlarni sudga olib kelishi lozim bo'lgan.2


Guvohlarni so'roq qilish natijasida begona ashyo sotilganligi aniqlansa, mulk egasi o'z ashyosini qaytarib olgan, mulkka egalik qilib turuvchi shaxs (sotib oluvchi) esa uni sotgan kishidan bergan to'lov haqini qaytarib olgan, mulkni sotgan sotuvchi o'g'ri deb topilgan va o'limga mahkum etilgan (9-modda). Agar mulkka egalik qilib turgan shaxs ashyoni sotgan kishini ko'rsata olmasa va guvohlar taqdim eta olmasa, mulkning haqiqiy egasi guvohlar yordamida ashyoga bo'lgan huquqini isbotlasa, mulkka egalik qilib turgan shaxs o'g'ri deb topilgan va o'limga mahkum etilgan (10-modda). Agar, aksincha, da'vogar ushbu mulkka bo'lgan huquqini isbotlay olmasa, tuxmatchi sifatida o'limga mahkum etilgan (11-modda). Agar begona ashyoni sotgan shaxs o'lib ketgan bo'lsa, u holda ushbu ashyoni sotib olgan kishi foydasiga sotuvchining uyidan mulk qiymatining besh baravar hajmida mulk undirilgan (12-modda).
Ushbu qonunlardan ko’rinib turibdiki yuqoridagi vaziyatda Kamal ismli shaxs o’zining aytishi bo’yicha qullar unga tegishli ekanligini isbotlay olsa va guvoh bilan keltirsa qullarini qaytarib oladi. Mag’rur ismli shaxs esa Jamal ismli shaxsga barcha to’lovlarini qaytarib berishi kerak. Mag’rur ismli shaxs esa o’gri deb topilib o’limga mahkum qilinishi kerak. Lekin 10 moddaga ko’ra Kamol qullar uniki ekanini isbotlay olmasa Kamol o’limga mahkum etilgan.

2. Ushbu vaziyatda qilingan o’g’irlikning obyektiv tomoni bu o’g’irlikka qaratilgani yani jinoyat tarkibi o’g’irlikdan iborat bilamizki jinoyatning obyektiv tomoni Jinoyatning nimaga qarshi qaratilgani — jinoyat obyekti, uning oʻzi sodir etilishi — obyektiv tomoni hisoblanadi. Ushbu vaziyat qullarning sotib yuborilishi va uning haqiqiy egasining davosi jinoyatning obyektiv tomoni hisoblanadi.3


Jinoyatning subyektiv tomoni esa shaxsning qanday harakat yoki harakatsizlik bilan sodir etilayotgan jinoiy harakatga psixik munosabati, yaʼni jinoyatning qastdan yoki ehtiyotsizlik bilan qilinishi — subyektiv tomoni, jinoyat kim va qanday shaxs tomonidan qilinganligi — jinoyat subyekti hisoblanadi. Ushbu vaziyatda jinoyatning subyektiv tomoni qullarning noqonuniy guvohlarsiz sotilishi va mag’rur ismli shaxs qullarni sotib yuborishi deb hisoblayman.

3. Agar ushbu vaziyatdagi muammoni Xammurapi qonunlariga asoslanib hal qiladigan bo’lsak Xammurapi qonunlarida 9 moddasida shunday deyilgan. Guvohlarni so'roq qilish natijasida begona ashyo sotilganligi aniqlansa, mulk egasi o'z ashyosini qaytarib olgan, mulkka egalik qilib turuvchi shaxs (sotib oluvchi) esa uni sotgan kishidan bergan to'lov haqini qaytarib olgan, mulkni sotgan sotuvchi o'g'ri deb topilgan va o'limga mahkum etilgan. Ushbu moddaga ko’ra Mag’rur ismli shaxs o’limga hukm qilinishi mumkin. 10 moddada esa Agar mulkka egalik qilib turgan shaxs ashyoni sotgan kishini ko'rsata olmasa va guvohlar taqdim eta olmasa, mulkning haqiqiy egasi guvohlar yordamida ashyoga bo'lgan huquqini isbotlasa, mulkka egalik qilib turgan shaxs o'g'ri deb topilgan va o'limga mahkum etilgan. Bundan ko’rinib turibdiki qullarni sotib olgan shaxs yani jamal ismli shaxs qullarni sotib olganligini isbotlay olmasa uning o’zi o’limga hukm qilinga. Lekin aksincha yani davogar Kamal ismli shaxs 11 moddaga ko’ra da'vogar ushbu mulkka bo'lgan huquqini isbotlay olmasa, tuxmatchi sifatida o'limga mahkum etilgan. Yani Kamal ismli shaxs o’limga hukm etilgan.
4. Rim huquqi bo’yicha ushbu vaziyatda Mulkiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish rim xususiy huquqida markaziy o'rin egallaydi. Ashyo huquqi tushunchasi hali rim yuristlariga ma'lum emas edi. Lekin ular ashyoviy da'volarni (actions in rem) majburiyat munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy da'volardan (actions in personam) aniq ajratganlar.4
Klassik va postklassik davr yuristlari amaliy maqsadlar uchun ashyolarini qator klassifikatsiyasidan foydalanganlar. Ashyolar mantsipatsiyali va mantsipatsiyasiz (bunday bo'linish ilgarigi ahamiyatini yo'qotib borgan), xarakatdagi va ko'chmas, bo'linadigan va bo'linmaydigan, almashtiriladigan va almashtirilmaydigan va boshqalarga bo'lingan. Rim huquq manlariga ko’ra ushbu vaziyatda asosoiy javobgar shaxs Mag’rur ismli savdogar hisoblanadi.


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki yuqoridagi vaziyatda Mag’rur ismli shaxs asosiy aybdor hisoblanadi. Chunki ikkala tomon ham sotib olganlik haqida va qulla Kamolga tegishli ekanligini isbotlovchi guvohlar borligini aytishmoqda. Ular o’rtasida sud bo’lishi lozim va aybdor qonunlarda keltirgan kabi jazo olishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xaydarali Muxammadiyev huquq tarixi o’quv qo’llanma Toshkent 2022
2. Internet manbalari.


1 Xaydarali Muxammadiyev huquq tarixi o’quv qo’llanma Toshkent 2022

2 Xaydarali Muxammadiyev huquq tarixi o’quv qo’llanma Toshkent 2022 (20 21 betlar)

3 https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzME
2. Xaydarali Muxammadiyev huquq tarixi o’quv qo’llanma Toshkent 2022

4 Xaydarali Muxammadiyev huquq tarixi o’quv qo’llanma Toshkent 2022 ( 125 130 betlar)

Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling