Bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish harakati nima deb ataladi?
Missionerlik
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qachondan kuchga kirgan?
2017 yil 4 yanvardan
Diniy konfessiya – ...
Muayyan dinga e’tiqod qiluvchi kishilar jamoasi
Axborot xavfsizligi
axborot resurslar va kanallarning himoyalanganlik darajasi hamda ma’lumotlar manbasiga yo‘l topish holatidir.
Tasavvuf ta’limotining Markaziy Osiyolik namoyandalari?
Ahmad YAssaviy, Najmiddin Kubro, Baxouddin Naqshband;
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi tadbirlarning qanday uslublar asosida tashkil etilishiga bog‘liq?
tadbirlarning mazmunan milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimiz, milliy g‘oya va madaniyatimiz, ma’naviy merosimiz bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar;
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi qarorini aniqlang?
“Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3355-sonli qarori
Buyuk Imom Buxoriy hazratlarining “Al-Jomi’ as-Sahih” asari “Barcha ezgu amallar niyatga bog‘liq, har bir kishiga faqat niyat qilgan narsasi beriladi” degan hadis bilan boshlanishida albatta juda chuqur ma’no bor” -deb Prezedent Sh.Mirziyoev qaysi chiqishida aytgan?
2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 2 fevraldagi PF-3717-sonli farmonining mazmuni.....
“Zulfiya nomidagi davlat mukofoti to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” (ushbu farmonda Zulfiya mukofoti 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan qizlarga berilishi ko‘zda tutilgan);
“Al-adab al-mufrad” asarining muallifi nomini aniqlang
Imom Ismoil Al-Buxoriy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Barchamizga ayonki, islohot – bu yangilanish, o‘zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Inson o‘zgarsa, .....”
jamiyat o‘zgaradi;
Yuksak ma’naviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, maayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma’naviy yetuklik kaba sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha?
ma’naviy tarbiya;
2017 yil 28 iyulda Respublikamizda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3160-sonli qarorida qanday masalalar aks ettirilgan ?
Bunda ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlarni yanada jonlashtirish maqsadida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi birlashtirilib, ularning negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |