1. Uzluksiz ta’lim tizimi haqida Uzluksiz ta’lim turlari
Maktabdan tashqari ta’lim
Download 33.34 Kb.
|
PED.TEX .T.DINORA
Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talabehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar. Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun- mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: ta’lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvсhi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish; milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish; o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya-g‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalqhunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish. Yuksak milliy madaniyat, ma'naviyat hamma vaqt jahоn xalqlarining bir biriga yaqinlashtiruvchi vоsita bo'lib kelgan va hоzir ham shunday bo'lib kelmоqda. Xalqimizning madaniyati, tili, tarixi, urf-оdat va an'analari, bоy memоrchilik san'ati dunyo xalqlarida zo'r qiziqish uyg'оtmоqda. Milliy madaniyat, ma'naviyatimizni mintaqaviy va umuminsоniy qadriyatlar bilan yaqinlashtirish, jahоn xalqlari bilan madaniy alоqalarimizni mustahkamlash va yanada taraqqiy ettirish davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishini tashkil etadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun chet tillarini bilish nafaqat yoshlar, balki respublikamizning har bir fuqarosining burchi ekanligihozirgi kundagi dolzarb masalalardan biridir. O’zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari keng quloch yoyayotgan bir paytda xorijiy tillarni o’rgatish-o’rganish o’ta zaruriy ehtiyojga aylandi. Ushbu masalaning muhimligini alohida uqtirib, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. A. Karimov shunday degan edilar: «Xozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Butun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir» . Shunday tezkor o’zgarish va rivojlanish davrida muhtaram prezidentimizning 2012-yil 10 dekabrda mahsus PQ-1875 sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi . Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning xojati yo’qdir. Darhaqiqat, xorijiy tillarni mukammal bilish shaxsning imkoniyatlarini oshirish bilan birga davlat va jamiyat taraqqiyotida ham muhim o’rin tutadi. Yurtimizda til o’rganishga qiziqish ortib borayotganini hisobga olinib, ta’lim muassasalarida o’quvchi talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqdaki, ulardan samarali foydalanayotgan yoshlarimiz jahon arenalarida xorijlik tengdoshlaridan aslo kam emasligini dadil isbotlab kelayapti. Biroq kun sayin o’zgarib, yangilanib borayotgan tezkor zamon suratlari chet tili ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda. Xorijiy tillarni o’rganish yoshlarga o’z bilimlarini jahondagi ulkan intellektual xazinalarni egallash orqali yanada boyitish imkoniyatini beradi. So’nggi paytlarda ko’plab xorijiy mamlakatlarda ham chet tillarini chuqur o’rganishga dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Xalqaro tajribani inobatga olgan holda yurtimiz ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’rgatishning yanada takomillashtirilgan tizimini yaratish, moddiy –texnika bazasini yangilash, maxsus kompyuter sinflarini tashkil etish, masofali ta’limni rivojlantirish, elektron darsliklar soni va sifatini oshirish davr talabidir. Chet tilini o’rgatish, avvalo pedagoglar bilim salohiyatiga bo’gliq. Bugungi kunda til o’rgatishda yagona tizim mavjud emasligi,o’quvchi va o’qituvchilarni rag’batlantirish mexanizmi yaxshi yo’lga qo’yilmagani bois umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ma’lum bir qismi xorijiy tillarni o’rganishni o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida boshlashga majbur bo’layapti. Xorijiy tillarni o’rganish va o’qituvchilarni rag’batlantirish orqali kelgusida mamlakatimiz rivojini ta’minlaydigan malakali kadrlarni yetishtirishga zamin yaratadi. Chet tillarini o'qitishda treyninglar o’tkazish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilg'or uslublarni joriy etish, chet tillarda erkin so'zlasha oladigan mutahasislarni tayyorlash, dunyo axborot resurslaridan foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqatni rivojlantirish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.Shu kabi treyninglar o'qituvchilarga juda samaralidir. Maktab yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish, ularda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish va kengaytirish, ularni estetik tarbiyalash hamda xalq xo’jaligining turli sohalarida mehnat qilishga tayyorlash lozim. Bularni amalga oshirishda chet tili ham o’z hissasini qo’shadi. Albatta bugungi kunda yoshlarimiz orasida ingliz tilini o’rganishga bo’lgan talab juda ham yuqori. Qaysi sohada bo’lmasin ingliz tiliga bo’lgan ehtiyoj seziladi. Chunki, internetda eng ko’p ma’lumotlar shu tilda berilgan. Yosh avlodni har tomonlama o’qimishli, madaniyatli, zamonaviy fikrlovchi shaxs qilib tayyorlashda chet tili, ayniqsa, ingliz tilining o’rni juda katta. «Til bilgan el biladi» deb xalqimiz bejizga aytmagan . Haqiqatdan ham inson qancha ko’p til bilsa imkoniyatlar eshigi keng ochiladi.Respublikamizda chet tilining ijtimoiy ahamiyati tobora ortib borayotganligi ingliz tilini mukammal biluvchi mutaxassislar zarurligi, talabalarning qaysi mutaxassislik bo’yicha o’qishidan qat’iy nazar chet tilini puxta egallashini taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, chet tilini o’rgatish talabi o’z oldimizga fikrini xorijiy tilida og’zaki va yozma tarzda erkin ifodalab bera oladigan, nutq hamda muloqot madaniyati rivojlangan savodxon yoshlarni kamol toptirish vazifasini qo’yadi. Ingliz tili fani o’qituvchilari har doim izlanishda bo’lishi lozim. Hech qachon bir joyda to’xtab qolishi kerak emas. Chunki, qancha harakat qilinsa tinglovchi va o’rganuvchiga ham ana shu fan qiziqarli bo’ladi. O’qituvchilarga malaka oshirish kurslarida o’qish foydadan xoli bo’lmaydi. Chunki har bir pedagog tez-tez malaka oshirish kuslariga borib, o’z ustida ishlashi lozim. Noodatiy darslarni ko’proq tashkil qilish, interaktiv usullardan (aqliy hujum), kichik yoshdagi bolalar tilida yozilgan matnlarni eshitish va uni takrorlash orqali ham o’quvchilarda ko’nikmalar shakllanadi. Darslarni lingofon xonalarida o’tib, har bir o’quvchining talaffuzini to’g’rilab, undan keyin eshitganlarini dars jarayonida so’rashdan boshlash kerak [4]. Oilada ota-ona farzand uchun ibratli shaxs hisoblanadi. Shu sababli, ular ham ingliz tilini o’rgansalar nur ustiga a’lo nur bo’ladi, deb o’ylaymiz. Bunda eshitganlarini birin-ketinlik bilan sekin so’rashdan boshlash kerak. Asosan to’rt turdagi o’qitish usuli bor. Ular eshitish, o’qish, yozish, so’zlash kabilardir. Har bir pedagog ularni o’z o’rnida qo’llab, ko’proq darsda rasmli ko’rgazmali o’quv qurollaridan foydalanib, dars olib borish, ayniqsa ingliz tilidaertaklar o’rgatish (yosh bolalarga xos bo’lgan ertaklarning so’zlari oddiy va tushunarli bo’lishi) kerak. Hamda bolalarni ingliz tilidagi ertaklar haqida bahs-munozaralarga bemalol kirishishni o’rgatish kerak. Mana shunda ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin butun dunyo xalqlari bilan har tomonlama, erkin va bevosita aloqalarning o’rnatilishi davr talabiga aylandi. Xorijiy davlatlar bilan madaniy munosabatlar rivojlanib borayotgan bir vaqtda qiyosiy masalalarini ilmiy asosda tadqiq qilish, qiyosiy qimmati, saviyasini ta`minlovchi omillarni belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoda buyuk ajdodlarimizning hayoti, ijodi va faoliyatiga bo’lgan qiziqish, e`tibor kuchli. Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan, markazlashgan yirik kuchli davlat barpo etish bilan tarixda yorqin iz qoldirgan Sohibqiron Amur Temur siymosi Temuriylar sulolasi ana shu qiziqish va e’tiborning asosini tashkil etadi [5]. Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishda respublikamiz miqyosida katta ahamiyat berilmoqda. Butun jahon hamjamiyatlari orasidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun xorijlik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini izohlashning hojati yo’qdir. Mustaqil respublikamiz jahon hamjamiyatida alohida o’z o’rniga ega bo’layotgan va xalqaro aloqalar, savdo-sotiq, sayyohlik, mamlakatlar o’rtasida madaniy aloqalar rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga ingliz tilini mukammal o’rgatish va xorijliklar bilan suhbatlashish davomida o’ziga tegishli masalalarni erkin muhokama qilish, umuman og’zaki va yozma shaklda muloqot qilish metodikasining eng muhim vazifalaridandir. Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishi hisoblanadi. Joriy yilning 23-sentabrida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni tasdiqlandi. Qonunda maktabgacha ta’limdan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning uzviyligini, mazmun jihatdan ketma-ketligini ta’minlashga alohida ahamiyat berilgan. Ta’lim dasturlarini mazmunan uzluksiz va uzviylik tamoyili asosida tayyorlashga erishsak, mutaxassis kadrlar tayyorlashda ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladigan pedagogik tizimni joriy eta olamiz. Uzluksiz ta’lim tizimi sifatini ta’minlashda bir qancha muammoli masalalar mavjudligini ko‘rish mumkin. Jumladan: • Nima uchun maktabning birinchi sinfiga borgan bola darslarga moslashish va fan dasturida berilgan mavzularni o‘zlashtirishda qiynaladi? • Nega boshlang‘ich ta’limda yaxshi baholarga o‘qigan bola yuqori sinflarda o‘qishi pasayib ketadi? • Nima uchun o‘quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira olmaydi? • Nega oliy ta’limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta olmaydi? Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikning ta’minlanmaganligini ko‘rsatish mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, ta’lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta’lim bosqichlari mazmuni tahlilida 10–15 foiz mavzularning takror berilayotganligi, 50–60 foiz mavzularda uzviylik ta’minlanmaganligi tahlillarda ko‘rindi. Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari o‘z ta’lim obyektlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga erishgan bo‘lsalar-da, ammo uzluksiz ta’lim tizimida uzviylik yetarlicha ta’minlanmay kelmoqda. Oldimizda ta’lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta’lim tizimining me’yoriy hujjatlari, o‘quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish, ularning har bir fan bo‘yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish bo‘yicha ishlar hamda uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari asosida darsliklar mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Prezidentimiz “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi” hamda “Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilishi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqilishi zururligi hamda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobarga qisqartirish” to‘g‘risida aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriqlar asosida Prezident Administratsiyasi tomonidan har bir ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda 2020-yilda ta’lim sohasida islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha kompleks “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning 3-bandida “Fan dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlash hamda o‘quvchi va talabalarda shakllanishi zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar darajasini aniq belgilash” vazifasi belgilanib, ma’sul ijrochilar sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari belgilangan. Idoralararo ushbu masala bo‘yicha yig‘ilish va seminarlar tashkil etilib, ishchi guruhlar shakllantirildi. O‘rganishlar natijasida uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash borasida quyidagi muammolar borligi aniqlandi: • mavzular takrorlanishi — uzluksiz ta’lim turlariaro bosqichlarida mavzularning aynan yoki mazmunan takrorlanishining mavjudligi; • ayrim mavzularga soat hajmining ko‘pligi — ta’lim bosqichlarida ayrim mavzularga ortiqcha vaqt ajratilganligi. Ayniqsa, nazariy mashg‘ulotlarga ko‘p vaqt ajratilgan; • vaqtning besamar sarflanishi — takrorlanish va ortiqcha vaqt evaziga o‘qituvchi va o‘quvchining vaqti besamar sarflanishi; • uzviylikning yo‘qligi — uzluksiz ta’lim turlariaro fan xususiyatidan kelib chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud va h.k. Muammolarni bartaraf etish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari ekspertlari, umumiy o‘rta ta’limda dars beriladigan 21 ta fan asosida ishchi guruhlarga har bir ta’lim turidan me’yoriy hujjatlarni biladigan yetuk olimlar 19 ta ishchi guruhlarga 300 dan ortiq ekspertlar sifatida biriktirildi. Dastlab ishchi guruhlarga amalga oshiriladgan ishlar mazmuni va ketma-ketligi tushuntirildi. Har bir ishchi guruhdan o‘zlariga biriktirilgan fan kesimida uzluksiz ta’lim tizimida fan rivojlanishi konsepsiyasini yaratish, ta’lim turlariaro mavzular takrorlanishining oldini olish, uzviyligini ta’minlash maqsadida mavzularni vertikal va gorizontal tarzda tahlil qilish, tahlillar natijasida uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari tayyorlash vazifasi yuklatildi. Hozir fan konsepsiya loyihalari tayyorlangan bo‘lib, uzluksiz.tdi.uz portalida pedagoglarning keng doiradagi muhokamalariga qo‘yilgan. Portalning to‘liq nomi “Fanlar uzviyligi muhokama portali” bo‘lib, unda 19 ta fan tizimi kesimida, jumladan: “Ona tili ta’limini rivojlantirish tizimi”, “O‘zbek tili savodxonligini rivojlantirish tizimi”, “Rus tili ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Rus tili (o‘zga tillilar uchun) ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Texnologik ta’limni rivojlantirish tizimi”, “Matematika ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Fizika ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Kimyo ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Biologiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Jismoniy tarbiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Xorijiy til savodxonligini rivojlantirish tizimi”, “Tarix ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Huquq ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Tarbiyalash odobini rivojlantirish tizimi”, “Informatika ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Geografiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Musiqa ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Tasviriy san’at va chizmachilik ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Harbiy ta’limni rivojlantirish tizimi” ko‘rinishida konsepsiyalar muhokamaga qo‘yilgan. Xuddi shunday qiyosiy jadvallar va fan dasturlari ham ushbu portalga muhokamaga qo‘yiladi. Muhokamalar natijasida masalan “Ona tili” ta’limining uzviy konsepsiyasini ishlashda quyidagi nomutanosibliklar borligi aniqlandi. Jumladan, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari hisobga olingan holda murakkab deb hisoblangan mavzular yuqori sinflarga o‘tkazilishi tavsiya qilindi. Jumladan: 5-sinfdan 6-sinfga so‘z turkumlari, fe’l so‘z turkumi, fe’l zamonlari, ot so‘z turkumi, egalik va kelishik qo‘shimchalari, sifat, son so‘z turkumi va ularning imlosi, olmosh so‘z turkumi mavzulari; 6-sinfdan 7-sinfga yordamchi so‘zlar, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, undov va taqlid so‘zlar mavzulari; 7-sinfdan 8-sinfga gap, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, gap bo‘laklari, kesim, ega, hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, undalma va unda tinish belgisining ishlatilishi mavzulari. Shuningdek, “Texnologiya” fani dasturining uzluksiz ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlili natijasida quyidagi nomutasibliklar aniqlandi: • Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limda takrorlangan mavzular — 4 ta; • Umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy ta’limda fan kesimlarida tahlillar natijasida takrorlangan mavzular — 9 ta; • Umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy ta’limda fan kesimlarida tahlillar natijasida mos kelmaydigan mavzular — 55 ta; • Oliy ta’limdagi 4 ta fan bo‘yicha texnologiya faniga mavzular qisman mos keladi. Xuddi shu kabi muammolar uzluksiz ta’lim tizimida barcha fanlardan uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash muhim ekanligini anglatadi. Uzluksiz ta’lim tizimidagi nomutanosibliklar, uzluksizlik va uzviylikning ta’minlanmaganligi, ta’lim turlariaro mazmunni shakllantirishda izchillik va tizimlilikning mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tomonidan quyidagi natijalarga erishish maqsad qilingan: — ta’limning har bir bosqichi yakunida XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘ladigan bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini shakllantirish; — maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha mantiqiy, tanqidiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi va soddalashtirilgan hamda uzviyligi ta’minlangan o‘quv dasturlari, darsliklar, raqamli resurslar yaratish; — o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS kabi) savollarining mazmun-mohiyatini singdirish, o‘quvchi, talabalar, o‘qituvchilar uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va darsliklar, metodikalarni bosqichma-bosqich xalqaro talablarga qarab takomillashtirib borish; — o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari va O‘MMni modernizatsiya qilish. Vazifalarni amalga oshirishda jahon ta’lim tizimida ta’lim turlariaro uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan xorijiy ta’lim tashkilotlarining ham tajribalari o‘rganilmoqda. Jumladan, Carl Wieman Science Education Initiative (CWSEI) loyihasida (Britaniya Kolumbiyasi), ta’lim samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomilashtirish bo‘yicha tadqiqotlar Purdue Universityda (AQSh) va JCM International Management Engineering Instituteda (Xitoy) hamda interaktiv ta’limni amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar BMTning International Institute for Sustainabie Development (IISD) kabi dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida olib borilmoqda. Har bir fandan ishchi guruh a’zolari bugungi kunda amalda foydalanib kelinayotgan va yangilanayotgan o‘quv reja va dasturlarini tahlil qilib, pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tanqidiy tahlil qilish va takliflar tayyorlashni boshlashgan. Ushbu tahlillar hamda muammolarning bartaraf etilishi quyidagi natijalarni beradi: • uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining mazmun mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlashda tayyorlanadigan me’yoriy xujjatlarda uzviylik ta’minlanadi; • konsepsiya — uzluksiz ta’lim tizimida fanlar kesimida konsepsiyalar ishlab chiqiladi. Bunda ta’lim turlariaro fanning mazmunan va mohiyatan uzluksizlik va uzviyligini ta’minlash asoslari yoritiladi; • qiyosiy jadval — fanlar kesimida barcha ta’lim turlarida o‘tiladigan mavzular bo‘yicha qiyosiy tahlil qilinadi. Bunda mavzular takrorlanishi, nazariy mavzularning salmog‘i, nazorat materiallarining xorijiy tadqiqotlarga asoslanganligi, soddadan murakkabga tomon tamoyiliga asoslanganligi o‘rganiladi. Fan dasturlarini shakllantirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi; • fan dasturlari — uzluksiz ta’lim turlarining har bir bosqichida o‘tiladigan mashg‘ulotlarning uzviylashgan fan dasturlari ishlab chiqiladi. Fan dasturlarini ishlab chiqishda uzviylik, uzluksizlik mantiqiy ketma-ketlik, izchillik va tizimlilikka e’tibor beriladi. Amalga oshirilgan ishlar samarasi sifatida quyidagi tashkiliy vazifalar bajariladi: • tashkiliy darajada – fanlar kesimida ta’lim turlariaro ishchi guruhlar shakllantiriladi, barcha fanlardan konsepsiya, qiyosiy jadval, fan dasturlari ishlab chiqiladi hamda ta’lim natijalari muvofiqligini ta’minlash uslubi ishlab chiqiladi va treninglar o‘tkaziladi; • mazmunli darajada – fanlar kesimida mavzular soddadan murakkabga tamoyili asosida shakllantiriladi, xalqaro tadqiqotlar fan dasturlariga kiritiladi, mavzular takrorlanishi bartaraf etiladi, amaliy mashg‘ulotlar hajmi ko‘paytiriladi; • sifat darajada – mantiqiy fikrlash va qiziqish o‘sadi, kompetensiyalar rivojlanadi, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik takomillashtiriladi, ta’lim oluvchi va beruvchilar o‘zaro integratsiyalashgan pedagogik-metodik muhit shakllanadi; • natijaviylik darajada – uzluksiz ta’lim turlariaro me’yoriy hujjatlar tizimlashtiriladi, fanlar mazmuni izchilligiga erishiladi, ta’lim jarayoni innovatsion tarzda muvofiqlashtiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fan konsepsiyalari, qiyosiy jadvallar, uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari muhokama qilish portaliga joylashtiriladi. Muhokamalar natijasida takomillashtirishga qaratilgan takliflar asosida o‘zgartirishlar kiritiladi. Uzviylashtirilgan fan dasturlari asosida darsliklar mazmuni uzviyligi ta’minlanadi. Bugungi kunda O’zbekiston ko’p asrlik juda boy pedagogik tajribaga ega hamda ta'lim-tarbiya jarayonida ma'lum an'analar shakllangan. Ushbu tajriba puxta tahlil va tizimli pedagogik usullarni ishlab chiqishni talab etadi, chunki bozor iqtisodiyoti hozirda maktab bitiruvchilariga nafaqat jamiyatda o'z o’rnini belgilashga, O’zbekistonni global ta'lim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish, yangicha o'quv uslublarini izlash talabini qo’yadi [6]. O’zbekistonda ta'lim "shaxsga yo’naltirilgan ta’lim" ga asoslangan ilg'or yo'nalishlardan biri sifatida tasniflanadi. Ushbu tajriba empirik va nazariy ma'lumotlarga ega bo'lish, ularni o'rganish va puxta tahlil qilish, pirovardida, mamlakatimizda ta'limni rivojlantirish bo'yicha qaror qabul qilishga, ushbu sohadagi ilmiy faoliyatni tartibga solishga imkon beradi . Albatta, boshqa mamlakatlar ta’limiy qadriyatlarini, pedagogik tajribasini O’zbekiston ta'lim tizimiga to'liq tatbiq etish imkoni yo’q. Har bir millatning o'z mentaliteti mavjud bo'lib, u umumiy ta'lim tizimiga bevosita ta'sir qiladi, ta'lim sohasidagi integratsiyaning global tendensiyalari tufayli bunday tadqiqotlar turli millatlarning bir-birini yanada yaxshiroq yordam beradi . Mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalarning aksariyati umumiy, global xarakterga ega va dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yoshlar ongiga bevosita ta'sir qiladi. Zamonaviy pedagogik tushunchalar qanday paydo bo'lganligini tushunish uchun O’zbekistonning pedagogik tajribasiga murojaat qilish kerak. Hatto o'tgan asrda ham o'qituvchilar va olimlarning qarashlarida o'qitishda insonning individual xususiyatlarini hisobga olish kerakligi haqida fikr yuritilgan. Demak, "shaxsga yo’naltirilgan pedagogika" asoschilaridan biri Ugo Gaudig (1860-1923) tarbiyalashda, avvalo, insoniyat madaniyatini o'zlashtirish jarayonida faol bilim va mehnat faoliyati orqali erkin shaxsni shakllantirishga e'tibor berish kerak, degan fikrni ilgari surdi . Ushbu g'oya asosida ma'lum bir didaktik tizim ishlab chiqildi, unga ko'ra bilimlar "erkin usulda", ya'ni o'qituvchining yordamisiz o’zlashtiriladi. Shuni ta'kidlash mumkinki, ma'lum bir tarixiy bosqichda jahonning barcha mamlakatlarida, pedagogik sohada umumiy qonuniyatlar mavjud edi. Ishlab chiqarishning kengayishi bilan insonlarning ijtimoiy harakatchanligini oshirish zarurati yuzaga keldi va ta'lim bunday sharoitga moslashishini talab qildi. Maktab ta’limida bir qator islohotlar amalga oshirildi, ular orqali boshqaruvni markazlashtirish jarayonlari kuchaytirildi. Bepul boshlang'ich ta'lim olish uchun o'qish muddati uzaytirildi. Boshlang'ich va an'anaviy o'rta daraja o'rtasida o'rta maktab paydo bo'lganligi, sababli, keng ommaga o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyati yaratildi. Maktablarda yangi vazifa - pedagogika tomonidan ilgari surilgan o'qitish usullarini faollashtirish g'oyasini amalga oshirish turardi. Shunday qilib, maktablarda o'quv ishlarini tashkil etishning yangi tizimi amaliyotga joriy qilindi va o'qitishning yangi usullari va shakllari taklif qilindi. Shu bilan birga, axloqiy tarbiya sohasi bilan bog'liq bir qator muammolar paydo bo’ldi [9]. Ayni paytda, ommaviy madaniyatning keng quloch yoyishi O’zbekiston ta'lim tizimida milliy o'ziga xoslikni saqlab qolish va rivojlantirish muammosini yuzaga keltirdi. XX asrning 70-yillarida L.Kolberg tomonidan shaxsning axloqiy shakllanishini yorituvchi fundamental asarlar e’lon qilindi. Bolalar ruhiyatini bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi asos qilib olindi . Keyinchalik, olimlar shaxsning axloqiy tarbiyasi, axloqiy ongi va uning aqliy rivojlanishi o'rtasidagi bog'liqlikni asosladilar. O’zbekiston ta'lim tuzilishi bir necha bosqichdan iborat (maktabgacha, boshlang'ich, o'rta, professional va oliy, oliy ta’limdan keyingi ta'lim, maktabdan tashqari ta’lim). Dunyo mamlakatlarida bo'lgani kabi, mashg'ulotlar bir necha bosqichda va umumiy o’rta ta’lim o'rtacha 11 yil davomida amalga oshiriladi , Yevropa mamlakatlarida bu eng uzoq davrlardan biridir. Jumladan, Germaniyada pedagogik tizim bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ulardan biri alohida hududda joylashgan barcha maorif muassasalari (ma'muriy birliklar) o'zlarining o'quv dasturlarini tuzish huquqiga ega. Shu bilan birga, ta'til va o'qish davrlari mustaqil ravishda belgilanadi. Shuningdek, o'zlarining ta’lim qoidalarini qabul qilishlari mumkin . Bizning fikrimizcha, O’zbekiston jamiyatida ham ushbu jihatga e'tibor qaratish lozim. Muayyan markazlashgan boshqaruv tuzilmasi bilan ta'lim muassasalari yanada mustaqil bo'lishi mumkin. Bunday sharoitda yuqori natijaga erishish mumkin bo'ladi. O’zbekistonda maktabgacha va oliy ta`lim ixtiyoriy, boshqa ko'plab mamlakatlar singari erta bolalik va maktab ta'limi majburiydir. Bolalar ham davlat ta'lim muassasalarida, ham xususiy, diniy va boshqa muassasalarda o'qitiladi. Shu bilan birga, chet el fuqarolari uzluksiz ta’lim tizimining xoxlagan biriga qabul qilinadi. Ushbu jihat amaldagi ta’lim siyosati bilan bog'liq. Xususiy ta’lim muassasasiga o’qishga kirish ko'pincha davlat ta’lim muassasasidan ko'ra qiyinroq. O’zbekistonda ellik yildan ortiq tarixga ega bo'lgan va shunga mos ravishda o'zining uzoq yillik pedagogik an'analariga ega bo'lgan maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi mavjud. Maktabgacha ta’lim va tarbiya muassasalarining asosiy maqsadi bolalar shaxsini uyg'un rivojlantirish va ularni maktabga tayyorlashdir . O’zbekistonda 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalarning taxminan yarmi maktabgacha ta'lim muassasalarida tahsil oladi va 6 yoshida qo'shimcha ta'lim olish uchun tayyorgarlik ko'rishadi. Shuningdek, boshlang'ich maktabda ta’lim olish uchun tayyorgarlik darslari tashkil etiladi. Ta'lim qo’shni mamlakatlar tizimiga qisman yaqin. 1-9 va 10-11 sinflar mamlakatimizga xos bo'lgan to'liq bo'lmagan o'rta va umumiy o’rta ta'lim yoki uch bosqichda professional ta’lim olishi kasb-hunar o’rganishi mumkin. Muayyan bosqichda talabalar bir qator imkoniyatlarga ega bo'lib, ular ishlashi yoki o'qishni davom ettirishni tanlaydilar. Ushbu kombinatsiyalangan ta'lim tizimi tufayli o’quvchilar kasbiy tayyorgarlikni olish mumkin. XX asrda ta'lim tizimida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim jarayonining markaziy figurasi - bu bola, ta'lim jarayonida asosiy qadriyat va markaziy shaxs ekanligini tan olindi. Dunyodagi o'zgaruvchan sharoit bilan bog'liq ravishda pedagogik usullar doimiy ravishda takomillashib boradi. Ko'p sonli xalqaro konferensiyalar, dolzarb mavzular ko'tarilgan kongresslar bo'lib o'tmoqda. Umumiy ma'naviy taraqqiyot bilan bog'liq holda, ta'limda hali ham "tabiatdan ajralgan" degan fikr mavjud . O’zbekistondagi pedagogik islohotlarning umumiy mohiyati: bolalarni kuzatish, o'rganish va shu asosda pedagogik usullarni ishlab chiqish hisoblanadi. Uning natijasida o'z-o'zini tarbiyalash jarayoni amalga oshiriladi . Bolalarni o'z taassurotlarini qabul qilish orqali o'qitish jarayonida muhim o'rin beriladi, ya'ni birinchi navbatda ularning yetuklikning ma'lum bir bosqichini qisman mustaqil ravishda yengib o'tish qobiliyatiga e'tibor qaratiladi. Tarbiyachining asosiy vazifalaridan biri bolalarda mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish va saqlash edi [8]. Agar ta'limning boshlang'ich bosqichlari haqida gapiradigan bo'lsak, o'yin bola tabiatiga mos ravishda muammolarni tushunish vositasi sifatida muhim rol o'ynay boshladi. Shunday qilib, maktablarda quyidagilar qo'llanila boshlandi: kuzatish, baholash mezonlarida ta'riflash usuli (nafaqat ilmiy ko'rsatkichlar asos bo'lib xizmat qiladi), kurslar va sinflarda o'qitish, ta'tilga e'tibor va ularni loyihalash, o'quv jarayonida shaxsni shakllantirish, qo'shimcha ijodiy faoliyat tizimi. Shuningdek, islohotchilar maktablarda muvaffaqiyatli qo'llanilishi mumkin bo'lgan bir qator boshqa tashabbuslarni ilgari surdilar. Maktabning ochiqligi, o'quv jarayonini bolalar dunyosiga yo'naltirish, mehnat faoliyatini jalb qilish masalalariga alohida e'tibor berish taklif qilindi. Ta'lim-tarbiyaga (tarbiyaga) qaraganda ko'proq ta'limga, shu jumladan ijtimoiy ta'limga e'tibor beriladi. Mustaqillik alohida o'rin tutadi, mas'uliyat esa ustunlik qiluvchi tamoyillardan biridir. Maktabgacha ta’limda mashg’ulotlar o'yin shakli orqali jonlantiriladi, maktablarda devoriy gazetalar, sinf xonasi, tajriba uchun maxsus sinf maydoni, ijodiy, intellektual, bilim faoliyati bilan tanishtiriladi. So'nggi yilliklarda O’zbekistonda inklyuziv ta'limga e’tibor qaratilib, imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga moslashtirishga alohida o'rin ajratildi. O'qituvchilarning vazifasi ma'lum bir guruh bolalarning ta'lim faoliyatida to'liq va samarali ishtirok etishiga to'sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishdir. Yevropa mamlakatlarida an'anaviy maktablarda bolalar ta'limini tashkil qilishning heterojen tamoyili mavjud . Ta'lim muassasalarida asosiy vazifa - bolalarda amaliy tajribani shakllantirish va ularni hayotiy qiyinchiliklarni yengishda mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmasini shakllantirish, o’zining ichki qadriyati, qadr-qimmati va ijtimoiy ahamiyatiga ishontirishdir. Shunday qilib, O’zbekistonda olib borilgan qator islohotlar natijasida pedagogikaning asosiy konsepsiyalari shaxs va jamiyat rivojlanishi manfaatlarini hisobga olgan holda ta'limni demokratlashtirishga qaratildi. Pedagogika keng ma'lumotli va barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratildi. Shuningdek, ta'limining o'ziga xos xususiyati shundaki, o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha yagona tizim mavjud ammo o'qitish turli ta'lim muassasalarida farq qilishi mumkin. Ta'lim sohasida ko'p madaniyatli ta'lim muammosiga alohida e'tibor qaratilmoqda, chunki bu mamlakatda ko'plab millat va elatlar yashaydi. MDHning boshqa mamlakatlari bilan solishtirganda O’zbekiston ularning soni bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Ta'lim muassasalari o'quv dasturining mazmuni, barcha darajadagi o'quv dasturlari O’zbekistondagi jamiyatni aks ettiradi va har qanday millat bolalari shaxsiga hurmat asosida ko'p madaniyatli vakolatlarni shakllantirishga mo'ljallangan . Imkoniyati cheklangan bolalar maxsus ta'lim muassasalarida rivojlanishida sustkashlik yoki jismoniy nuqsonlari bo'lgan bolalarni qabul qilishga alohida e'tibor qaratilgan. Turli treninglar ularning individualligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shunday qilib, har bir bola o'z tezligida rivojlanadi. Respublika bo'yicha ushbu maktablarda o'quvchilarning ma'naviy tarbiyasi, ota-onalar bilan yaqin aloqada bo'lish, yosh avlod salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunday maktablarda kognitiv funksiyalarni rivojlantirishga ham alohida ahamiyat beriladi. Ushbu o'qitish metodikasi jismoniy rivojlanishida yoki o'zini tutishda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham yaxshi natija beradi. Xulosa. Islohotlar natijasida, bir qator mavjud muammolarga qaramay, O’zbekiston dunyodagi eng yaxshi ta'lim tizimlaridan birini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Hozirgi vaqtda mamlakat ta'lim tizimining sa'y-harakatlari olgan bilimlarini amalda qo'llay oladigan har tomonlama barkamol shaxslarni tayyorlashga qaratilgan. Maktabdan tashqari guruhlarda ishlash keng tarqalgan. Maktabning o'zi shu bilan haqiqiy hayotga yaqinlashadi. Ko'pgina ta'lim muassasalarida ta'lim bag'rikenglik va o'zaro hurmat muhitida bola shaxsiyatining individual xususiyatlarini hisobga olishi bilan ahamiyatlidir. Download 33.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling