1. Vafoyeva Gulnora Yangihayot tumani fuqarolik ishlari boʼyicha sudiga


Download 316.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi316.8 Kb.
#1560484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OILA KAZUS IMTIHON UCHUN (2)



1. Vafoyeva Gulnora Yangihayot tumani fuqarolik ishlari boʼyicha sudiga 
eri Rasulov Abdi bilan nikohdan ajratish toʼgʼrisida daʼvo ariza bilan murojaat 
qiladi. Daʼvo arizasida u eri bilan 13 yildan beri yashayotganligini, ularning 
nikohidan 12 yashar qizlari bor ekanligini koʼrsatib oʼtadi. Keyingi 2 yil 
mobaynida Rasulov Abdi hech qayerda ishlamaydi, spirtli ichimliklarni har doim 
suisteʼmol qilib, oilaning ehtiyoji uchun pul ham bermay, onda-sonda uyiga tunash 
uchun keladi va har safar mast holda boʼlib, qizining yonida xotini bilan 
janjallashadi. Oila butunlay barbod boʼlayotganligini koʼrsatib, eri Rasulov Abdi 
bilan nikohdan ajratishlarini va qizining taʼminoti uchun aliment undirish haqida 
hal qiluv qarori chiqarib berishlarini soʼraydi. 
Sud majlisida Rasulov oʼziga nisbatan keltirilgan daʼvoni rad etadi va sudda 
ularni nikohdan ajratmasliklarini iltimos qilib, bundan keyin u oʼz xatti-harakatini 
xotini va qiziga nisbatan yaxshi tomonga oʼzgartirishini taʼkidlab oʼtadi. Sud er-
xotinlarning yarashishlari uchun 6 oy muddat beradi. 
6 oylik muddat oʼtganidan soʼng, Vafoyeva yana ularning nikohlarini 
ajratish yoʼli bilan tugatishlarini soʼraydi, chunki ushbu 6 oylik muddat davomida 
Rasulov Abdi oʼz xatti-harakatini yaxshi tarafga oʼzgartirmagan va ularning 
oilasini saqlab qolishning ilojisi yoʼqligini taʼkidlab oʼtgan. Lekin er nikohning 
tugatilishiga qarshi ekanligini va ularning oilasini saqlab qolishni iltimos qiladi. 
Davogarning shikoyati o’rinlimi. Mazkur vaziyatda sud oila huquqining 
qaysi tamoyiliga asoslanib, ishni hal qilishi lozim? Vaziyatga huquqiy baho 
bering 
2. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlgan Olimova Asal Amerika
fuqarosi boʼlgan Jak Winga turmushga chiqadi. Ular nikohni Oʼzbekiston 
Respublikasida qayd etishadi. Oradan 7 yil oʼtgandan soʼng, oilaviy 
kelishmovchiliklar natijasida nikohdan ajralishga qaror qilishdi. Oilaviy turmushi 
davomida orttirilgan mol-mulkni boʼlishda va 2 nafar farzandi uchun aliment 
to’lashda kelishuvga erisha olmadi. Jak bu masalalar Amerika qonunchiligi 
boʼyicha hal qilinishi, chunki er oila boshligʼi hisoblanishini taʼkidlaydi. 
Xamidova esa, mazkur holatda mol-mulk Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi 
asosida er-xotin oʼrtasida teng taqsimlanishini aytadi. 
Umumiy mol mulkni bo’lish masalasi qanday amalga oshiriladi. Chet el 
elementi bilan murakkablashgan huquqiy munosabatlarni tartibga solishning 
xususiyatlarini koʼrsating. Taraflarning harakatlari qonuniymi. Vaziyatga huquqiy 
baho bering. 
27-modda. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish 
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining 
talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin 


ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga 
undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan 
hollarda amalga oshirilishi mumkin. 
Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv 
asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy 
mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi 
mumkin. 
Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, 
shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida 
amalga oshiriladi. 
Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning 
qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan 
oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli 
pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin. 
Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda 
orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin. 
Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar 
(kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar 
kutubxonasi va boshqalar) bo‘linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri 
bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi. 
Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan 
bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-
xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi. 
Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo‘lingan 
taqdirda, er va xotin mol-mulkining bo‘linmay qolgan qismi, shuningdek er va 
xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik 
ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi. 
Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi 
talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi. 
3. Fuqaro Sanoyeva Malika turmush o‘rtog‘i Turanov Odil bilan nikohdan 
ajratish to‘g‘risida va ularning umumiy birgalikdagi mol-mulklarini bo‘lib berish 
haqida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi. Shuningdek u ota-onasi 
tomonidan hadya qilingan buyumlar va boshqalar uning xususiy mulki bo‘lib 
hisoblanishini bildirgan bo’lsada turmush o’rtog’i tuyga sovg’a sifatida ikkalasi 
uchun ham tegishli ekanligini aytdib etiroz bildirdi. 

Download 316.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling