аудиторларни тайёрлаш ва қайта тайёрлаш бўйича ўқув марказлари ташкил этиш;
аудиторларни касб аҳлоқи кодекси қоидаларига риоя қилишини назорат қилиш;
Ўзбекистон аудиторлар палатаси аъзолигига малакали аудиторларни жалб этиш учун халқаро ташкилотлар ва бошқа давлатимиз органлари билан ҳамкорлик қилиш;
Ўзбекистон Республикаси аудиторларининг бошқа давлатлар жамоат ташкилотлари томонидан тан олинишига эришиш.
2. Auditorlik faoliyatida litsenziya.
Litsenziya berish, rad etish, to’xtatish, bekor qilish, amal qilish muddatini tiklash.
Litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
Litsenziya uning amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi. Litsenziya mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda belgilangan namunadagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Litsenziyani berish mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziyani berish to‘g‘risidagi xabarnomada davlat boji to‘lanadigan bank hisob raqamining rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi.
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya olish uchun arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng auditorlik tashkiloti litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotining yozma xabarini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziya berishi shart.
Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan so‘ng ikki kun muddatda litsenziya rasmiylashtiriladi va beriladi.
Litsenziya berganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Davlat boji O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Litsenziyaning asl nusxasi reyestrga imzo qo‘ydirgan holda auditorlik tashkiloti rahbariga yoxud auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga beriladi. Litsenziya nusxasi litsenziyalovchi organda belgilangan tartibda saqlanadi.
Litsenziyani berish quyidagi sabablarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq bo‘lmaganda.
Boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga o‘n besh kun muddat beriladi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziya olish uchun ariza taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziya olish uchun arizaning qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya olish uchun arizani takroriy ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha uni berishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etish maqsadida berilgan muddat tugagandan so‘ng litsenziya olish uchun taqdim etilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |