1-variant Gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring


Download 25.68 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi25.68 Kb.
#150924
Bog'liq
Ўзбек тилининг амалий услубияти якуний назорат


O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi
1-variant
1. Gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. Ilmiy maqolaga ta’rif bering.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). tepa sochi tikka bo‘lmoq



b). ammamning buzog‘i

c). ko‘zi to‘rt bo‘lmoq

d). ko‘zi qattiq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Yakunlovchi yil natijalarini yakunladilar.

2. 50 sentnerdan xirmon yaratish uchun hozirdan zamin yaratmoqdalar.

3. Hammaning diqqat-e’tiborini yana bir diqqatga sazovor musobaqaga qaratmoqchimiz.



5. “Tushuntirish xati” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


2-variant
1. Badiiy uslubning sintaktik xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. Tezisga ta’rif bering va yozilishini izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarmoq



b). oralaridan qil o‘tmaydi

c). ilonning yog‘ini yalagan

d). yulduzni benarvon urmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Jamoaga besh nafar yigitlar birlashgan.

2. Xorazmda Amudaryo bo‘ylab yangi ko‘prik qurilishi davom etmoqda.

3. Fan-texnika taraqqiyotining davrning afzalliklari bilan uzviy bog‘lanishi taraqqiyotni tezlashtiradi.


5. “Tilxat” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi
3-variant
1. Publitsistik uslubning leksik xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. O‘quv qo‘llanma bilan darslikning farqini izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). og‘zi qulog‘ida

b). og‘zing qani desa, qulog‘ini ko‘rsatmoq

c). labi-labiga tegmay

d). ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q.

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Covid bilan davolanadigan bolalar hamon davolanyapti.

2. Ba’zi bir asarlardan ma’lum bo‘ladiki, ba’zi yozuvchilarimiz hali ham hayotga chuqurroq kirib bormaydilar.

3. Kelgusida ishimizni qay darajada davom ettirishimiz olib borayotgan ishimizning ko‘lami va sifatiga bog‘liq.



5. “Ariza” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


4-variant
1. Ilmiy uslubning grammatik xususiyatini misollar yordamida tushuntiring.

2. BMI strukturasini shakllantiring va yozilish sababini izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). yoqasini ushlamoq

b). o‘pkasini qo‘ltiqlamoq

c). tegirmonga tushsa butun chiqmoq

d). qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Moskvadagi lingvistika universitetidagi tahsil ko‘rilgan yillar o‘tib ketdi.

2. Biz tarixiy qadamjolarni ziyorat qilish maqsadida Samarqandni ziyorat qildik.

3. Yosh xonanda ijrosida bir necha qo‘shiqlar eshiting.



5. “Bildirgi” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi



5-variant
1. Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlarini misollar yordamida izohlang.

2. Referatning yozilish xususiyatini tushuntiring.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). yumshoq supurgi

b). yuragida kiri yo‘q

c). usti yaltiroq, ichi qaltiroq

d). tili boshqa, dili boshqa

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Har birimizning maqsadimizning amalga oshishi o‘zimizga bog‘liq.

2. Ko‘chalar ortiqcha chiqindilardan tozalandi.

3. Xalqimiz bejizga “Nonning uvog‘i ham non” demagan.



5. “Tarjimayi hol” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


6-variant
1. Fonografik uslubiy vositalarning badiiy nutqda qo‘llanishini misollar yordamida tushuntiring.

2. Kurs ishi namunasi izchilligini shakllantiring.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). ichi qora

b). pixini yorgan

c). kuydirgan kalladay tirjaymoq

d). kesakdan olov chiqmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Dasturni kaminangiz Muzaffarbek Mirzabekov olib boraman.

2. Yangi asr axborot asri deb yuritilayotgan bo‘lsa ham, ayrimlarimiz na gazeta o‘qimaymiz, na radio eshitmaymiz, na televizor ko‘rmaymiz.

3. Yosh olimlar ilm-fan borasida o‘zaro bellashdilar.



5. “Tavsifnoma” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


7-variant
1. So‘zlarning matn tarkibidagi denotativ va konnotativ ma’nolarini misollar yordamida izohlang.

2. Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ta’rif bering.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). misi chiqmoq

b). miltiqning o‘qiday

c). katta gapirmoq

d). dimog‘iga qurt tushmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Biz ijodiy va texnik guruhlarning yordami bilan eshittirishimizni boshlayman.

2. Marhamat, jozibadar kuy va dilbar qo‘shiqlar hamda raqslar tinglab dam oling.

3. Oxirgi yillarda ma'naviyat va ma'rifat masalalariga e'tibor yanada jonlanib ketdi.



5. “Taklifnoma” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


8-variant
1. Ironiya va mubolag‘ani misollar yordamida tushuntiring.

2. Monografiyaga ta’rif bering va izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). yuragi shuv etib ketmoq

b). yuragi qon bo‘lmoq

c). hang-mang bo‘lib qolmoq

d). miyasi g‘ovlab ketmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. O‘n kun deganda yer haydash va ariq chopish tugallandi.

2. Turgan joyida uzoq turib qoladi.

3. Marraga yetib kelgan ikki sportchi turnir jadvalidan oldingini egallaydi.



5. “E’lon” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


9-variant
1. Ma'nodosh so‘z va iboralarning badiiy matn tarkibidagi o‘rnini misollar yordamida izohlang.

2. O‘quv qo‘llanmaga ta'rif bering va uni izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim, antonimlarini yozing:

a). ko‘ngli yo‘q

b). gapi bir joydan chiqmoq

c). adi-badi aytishmoq

d). ochiq ko‘ngil

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Respublikamizga kirib kelayotgan bir juft kalish ikki dollarni tashkil qiladi.

2. Miroblar tunda tashna g‘o‘zalarni suvga qondirib sug‘orishyapti.

3. Men bugun sizlar bilan musiqiy dasturimizni olib boramiz.



5. “Tavsiyanoma” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


10-variant
1. Chegaralangan leksikani misollar yordamida izohlang.

2. Lug‘atlarga misol keltiring va ularga ta'rif bering.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). domiga tushmoq

b). xamirdan qil sug‘urganday

c). oyog‘i osmondan kelmoq

d). popugi pasaymoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish rejalarini bajardilar.

2. Mahalla oqsoqoli Komiljon Aliyev turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi.

3. Cho‘ponlar ozg‘in qo‘ylarning parvarishiga alohida e’tibor berayotirlar.



5. “Ishonchnoma” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi
11-variant
1. Otlardagi subyektiv baho shakllarini misollar yordamida izohlang.

2. Dissertatsiya (ilmiy ish) haqida ma’lumot bering va uning yozilish sababini tushuntiring.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). tishining kirini so‘rmoq

b). bozori o‘tmadi

c). itning keyingi oyog‘i

d). buzoqning yugurgani somonxonagacha

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Chanoqlarda lo‘ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi.

2. Hozir bu yerda o‘n mingdan oshiq timsohlar boqilmoqda.

3. Qishloq xo‘jaligini muhim tarmoqlaridan biri chorvachilikning jadal rivojlantirish dolzarb agrar masaladir.



5. “Tavsifnoma” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


12-variant
1. Egalik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida izohlang.

2. Ilmiy uslub turlarini tahlil qiling.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). do‘ppisini osmonga otmoq

b). og‘zining tanobi qochmoq

c). ko‘zi uchmoq

d). oyoq chiqarmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, dori-darmondan to‘g‘ri foydalanish kerak.

2. Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi.

3. Mehnat unumdorligi o‘tgan yildagiga qaraganda ikki foizga rivojlandi.



5. “Ishga kirish” arizasi namunasini yozing.

O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


13-variant
1. Kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. Ocherkka ta’rif bering va uslubini izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). labiga uchiq chiqmoq

b). ko‘rpaga qarab oyoq uzatmoq

c). burgaga achchiq qilib, ko‘rpani kuydirmoq

d). Teng tengi bilan, tezak qopi bilan.

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Bu qishloq aholilari aloqaning antiqa yo‘lini o‘ylab topishdi.

2. Pandemiyaning oqibatlarining oldini olish zarur.

3. Universitetni ikkinchi qavatida faollar zali joylashgan.



5. “Ishdan bo‘shash” arizasi namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


14-variant
1. Belgi bildiruvchi so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. Pamfletga ta’rif bering va uslubini izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). tuyaning dumi yerga tekkanda

b). yeng shimarib ishlamoq

c). oralaridan qora mushuk o‘tmoq

d). tili bir qarich

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Cho‘llar o‘zlashtirisha boshlashdi.

2. Talabalarni biri darsga kech qoldi.

3. Tushlikka guruchlik ovqat tayyorlashdi.



5. Kengaytirilgan tarjimayi hol namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi
15-variant
1. Miqdor bildiruvchi so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. Ilmiy maqolaga ta’rif bering.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). ko‘ngli bo‘sh

b). yon bosmoq

c). Tirnoq ostidan kir qidirmoq

d). Aravani quruq olib qochmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Mavzuga doir lugatlarni turini tanlash.

2. Har bir oquvchini oz xatolari ustida ishlashi zarur.

3. Hammani maqsadini yana bir bor tinglashimiz kerak.



5. “Tushuntirish xati” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


16-variant
1. Olmoshlarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. Tezisga ta’rif bering va yozilishini izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). boshi osmonga yetmoq

b). dimog‘i chog‘ bo‘lmoq

c). yuragini hovuchlamoq

d). yer bilan yakson qilmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Savodxonli lavhalari va taxtalaridan foydalanish.

2. Berilgan so‘zni antonimlarini topish.

3. Kutubxonaga o‘nta Imlo lug’atlari olindi.



5. “Tilxat” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


17-variant
1. Sodda gaplarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. O‘quv qo‘llanma bilan darslikning farqini izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). ichagi uzuldi

b). ko‘ngli ochilmoq

c). xamirdan qil sug‘urganday

d). terisiga sig‘may ketdi

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Adabiyot daftariga eng qiyin so‘zlar imlo lug’atini tuzib borish.

2. Elektron  hisoblash  mashinasidagi  maxsus  dastur  asosidagi  mashqlar bilan tanishish.

3. Matnlar vositasida savodxonlini ko‘tarishimiz zarur.



5. “Ariza” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


18-variant
1. Fe’llarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. BMI strukturasini shakllantiring va yozilish sababini izohlang.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a). Oyog‘ini qo‘liga olmoq

b). Yog tushsa yalagudek

c). Yerga ursang ko‘kka sapchiydi

d). Burni kotarilmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Hozirgi kunda bayon va inshoga reja tuzish malakasini yetarli emasligi holatlari sal tez uchrab turibdi.

2. Reja bandlarining yoritilmasligi, reja asosida mavzuni izchil yorita olmasli holatlari mavjud.

3. Matndagi boglanmagan gaplar boglanishni talab qiladi.



5. “Bildirgi” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva
Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling