1-variant. Guruh Ismingiz ­


Download 482.5 Kb.
bet13/25
Sana02.01.2022
Hajmi482.5 Kb.
#191764
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Масала йечишда тест

13-variant.
Guruh__________
Ismingiz _______________­________________
1. Agar massaning atom birligi sifatida uglerod-12 izotopining 1/12 qismi emas , balki kislorod-16 izotopining 1/4 qismi olinsa, nisbiy atom massa qanday o’zgaradi?

A) 4 marta kattalashadi

B) 3 marta kichiklashadi

C) 4 marta ortadi

D) o’zgarmaydi
2. Faraz qilaylik, tarozi pallalarining chap tomoniga 6,02∙1023 dona temir atomlari, o’ng tomoniga shuncha kremniy atomlari qo’yilgan. Tarozi pallalarini muvozanatga keltirish uchun quyidagilardan qaysi birini qilish befoyda?

A) chap tomonidan 3,01∙1023 dona temir atomlarini olish.

B) o’ng tomoniga 3,01∙1023 dona temir atomlarini qo’yish

C) o’ng tomoniga 12,04∙1023 dona kremniy atomlarini qo’yish

D) o’ng tomoniga 6,02∙1023 dona kremniy atomlarini qo’yish
3. 30 litr ammiak platina katalizatori ustidan o’tkazilganda hajmi 40 litr keldi. Hosil bo’lgan aralashma tarkibidagi azotning massa ulushini toping. (hajmlar normal sharoitga keltirib o’lchangan).

A) 0,23 B) 0,34 C) 0,31 D) 0,27


4. Atom radiuslari ortib borishi tartibida berilgan elementlar qatorini aniqlang.

A) Fr, Rb, K B) Cs, K, Li

C) Al, B, N D) B, Be, Li
5. Qaysi moddalarning 1 kg miqdorida 0,3428 g elektron mavjud (elektronning massasi 9,1∙10 -31 kg)?

A) D2O B) NH3 C) H2S D) CH4


6. Arsenit kislota tarkibidagi mishyakka mos elektron konfiguratsiyani aniqlang.

A) … 3d104s24p5 B) … 3p63d10

C) … 3p63d104s2 D) … 3d104s24p3
7. Tarkibida 1,19% uran-238 izotopi bo‘lgan mineralda 1,03 % qo’rg’oshin-206 izotopi borligi aniqlandi. 250 g rudadan necha l (n.sh.) geliy ajralib chiqadi?

A) 1,68 B) 2,24 C) 1,79 D) 1,27


8. Quyidagi moddalardan qaysilarida valentlik va oksidlanish darajasining absolyut qiymatlari har xil bo’lgan elementlar mavjud?

1) is gazi 2) karbonat angidrid

3) nitrat kislota 4) fosfit kislota

5) tetrafosfor 6) kaliy permanganat

A) 1,2,3 B) 1,3,4,5

C) 2,4,5,6 D) 1,3,4

9. Turnbul ko’kida markaziy atomning vatentligi va oksidlanish darajasini ko’rsating.

A) IV; +3 B) VI; +4

C) VI; +3 D) VI; +2
10. Mis(II) sulfat eritmasi quyidagi moddalardan qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?

1) Pb 2) KOH 3) Na2S 4) CaCl2

A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4

11. Kaliy xlorid va kaliy sulfatdan iborat 64,6 g aralashmaga yetarli miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlov berilgandan so’ng olingan tuz suvda eritildi. Eritmadagi sulfat ionini to’la cho’ktirish uchun tarkibida 83,2 g bariy xlorid bo’lgan eritma sarflangan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi tuzlarning mol nisbati qanday bo’lgan?

A) 1:3 B) 1:2 C) 1:1,5 D) 1:1
12. Alyuminiy digidrooksofosfat molekulasida nechtadan

σ- va π – bog’lar bo’ladi?

A) 21; 3 B) 19; 1

C) 22; 2 D) 24; 3


13. Ammoniy temir(III) achchiqtosh (NH4)Fe(SO4)2 ∙12H2O tarkibidagi qaysi elementlar atomi akseptor vazifasini bajaradi?

1) vodorod 2) kislorod 3) azot

4) temir 5) oltingugurt

A) 1,2 B) 2,3 C) 1,4 D) 4,5


14. Temir va aluminiyning 11 g aralashmasiga xlorid kislota ta’sir ettirlganda 8,96 l gaz (n.sh.da) ajralib chiqdi. Aralashmadagi metallarning massa ulushini (%) aniqlang.

A) 45,5 - Fe; 54,5 – Al B) 50,91 - Fe; 49,09 – Al

C) 43,66 - Fe; 46,35 – Al D) 54,5 - Fe; 45,6 – Al
15. 200 g 6,125% li ortofosfat kislotasi eritmasiga 50 ml 3M li ohak eritmasi qo’shilganda qanday tuzlar hosil bo’ladi?

1) kalsiy fosfat 2) kalsiy gidroksofosfat

3) kalsiy gidrofosfat 4) kalsiy digidrofosfat

A) 2,4 B) 1,3 C) 1,2 D) 3,4


16. A ning konsentratsiyasi 3 marta va B ning konsentratsiyasi 2 marta orttirilganda, reaksiya tezligi 324 marta oshsa, qaysi reaksiya tenglamasi shu shartni qanoatlantiradi?

A) A(g) + B(g) → A2B3(g)

B) A(g) + B(g) → A3B2(g)

C) A(g) + B(g) → A2B4(g)

D) A(g) + B(g) → A4B2(g)
17 Hajmi 0,006 m3 idishda NO(g) + SO3(g) = NO2(g) + SO2(g)

muvozanat paytida 1,8 mol NO; 2,4 mol SO3; 1,2 mol NO2 va 3,6 mol SO2 mavjud. NO konsentratsiyasini 0,5 mol/l ga chiqarish uchun sistemaga necha mol NO2 gazi qo’shish kerak?

A) 3,0 B) 4,5 C) 0,75 D) 6,0
18. 100%li sulfat kislotada erigan sulfat angidridning 20% li eritmasini hosil qilish uchun 1000 g 94,6% li sulfat kislotada qanday hajmdagi (l.n.sh.) sulfat angidridni eritish kerak?

A) 86,8 B) 240 C) 154 D) 550


19. Ishqoriy metall gidridi 573,6 g suvda eritilganda 4,48 litr (n.sh.da) gaz ajralib chiqdi. Hosil bo’lgan eritma 5% li bo’lsa, metallni aniqlang.

A) kaliy B) natriy C) rubidiy D) seziy


20. 2,4 molyarli 200 ml kaliy gidrosulfit va 100 ml kaliy sulfit eritmalari aralashtirildi. Ushbu eritmaga 100 ml kaliy gidroksid eritmasi qo’shilganda, eritmadagi kaliy gidrosulfit konsentratsiyasi 1 mol/l gacha kamaydi. Eritmaga qo’shilgan KOH ning konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang.

A) 1,0 B) 0,8 C) 0,7 D) 1,2


21. Tarkibida 26,56 g kaliy yodid saqlagan eritmadagi yodni to’la oksidlash uchun zichligi 1g/l (n.sh.) ozon va vodorod aralashmasidan qanday hajmda (l) kerak?

A) 2 B) 4 C) 8 D) 16


22. Kaliy sulfitning 0,2 N eritmasi bor. 150 ml eritmadagi tuzni oksidlash uchun har litrida 15,8 g KMnO4 tutgan eritmadan qancha hajm (ml) zarur? Reaksiya kislotali muhitda boradi.

A) 60 B) 28 C) 30 D) 10


23. Tarkibida mis(II)sulfat va kadmiy sulfat bo’lgan 200 ml eritmani 579 sekund davomida 10A tok kuchi bilan elektroliz qilinganda, katodda har ikki metalldan hammasi bo’lib 2,4 g ajralib chiqdi. Boshlang’ich eritmadagi sulfat ionining konsentratsiyasini (mol/l) toping.

A) 0,20 B) 0,06 C) 0,15 D) 0,10


24. Quyidagi moddalarni bog’lanish energiyalari kamayib borish qatorida joylashtiring.

1) ftor 2) kislorod 3) azot

4) xlor 5) vodorod

A) 3,2,5,4,1 B) 3,2,4,1,5

C) 1,4,5,2,3 D) 1,2,3,4,5
25. Quyidagi birikmalarning qaysilarilarini amalda olish mumkin?

1) IF7 2) ICl5 3) IBr3

4) ICl7 5) IF5 6) IBr

A) 1,3,5 B) 2,3,5

C) 1,5,6 D) 2,3,4
26.Ishqoriy metal birikmalari eritmalarini boshqa metallar birikmalari eritmalaridan qaysi usulda farqlash mumkin.

A) reagentlar bilan cho’kma hosil qilamaydi

B) vodorod peroksid tasirida metal peroksidlariga aylanadi

C) alangani o’ziga xos rangga bo’yaydi

D) ularnu boshqa moddalar eritmasidan siqib chiqara olmaydi
27. 63 % li nitrat kislota eritmasiga mis sim biroz tushirib qo’yilgan va u chiqarib olingach kislota 52 % li bo’lib qolgan.

Hosil bo’lgan eritmadagi tuzning massa ulushini toping.

A) 8,71 B) 2,96 C) 4.26 D) 11,67
28. NaBr va NaI aralashmasi suvda eritilgan va eritma orqali ortiqcha miqdorda brom o’tkazilagan. Eritma bug’latilib tortib ko’rilgan va yana suvda eritilib eritma orqali xlor gazi o’tkazilgan . Eritma bug’latilib tortib ko’rilganda ikkala jarayonda massa kamayishi bir xil bo’lganligi aniqlandi. Boshlang’ich aralashmadagi NaI ni massa ulushini aniqlang.

A) 3,7 B) 96,3 C) 47,2 D) 52,8

29. Qaynash temperaturasida turgan 100 ml suvni bug’latish uchun necha litr (n.sh.) propan kerak bo’ladi? (C-C = 348; C-H = 415; C=O = 708; O=O = 495; O-H = 464 kJ/mol)

H2O(suy) = H2O(bug’) – 40 kJ/mol

A) 3,39 B) 4,86 C) 11,2 D) 7,2
30. Izobutilbromid, ikkilamchi butilbromid va uchlamchi butil bromid va natriy metalli qo’shib qizdirilganda qanday uglevodorodlar hosil bo’ladi?

1) 2,2,3,3-tetrametilbutan 2) 2,2,4-trimetilpentan

3) 2,2,3-trimetilpentan 4) 2,2,5-trimetilgeksan

5) 3,4-dimetilgeksan 6) 2,3-dimetilgeksan


7) 2,4-dimetilgeksan 8) 2,3,3-trimetilpentan

9) 2,5-dimetilgeksan 10) 3,5-dimetilgeksan

A) 2,4,6,7,8,9 B) 1,3,5,6,8,10

C) 1,2,3,5,8,10 D) 1,2,3,5,7,9




Download 482.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling