1-Variant. Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya tushunchalariga ta‘rif bering. Jismoniy tarbiya nazariyasi


Sport atamasi bo’yicha tishunchalaringizni yozing


Download 28.16 Kb.
bet8/9
Sana10.11.2021
Hajmi28.16 Kb.
#173234
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 bilet

4.Sport atamasi bo’yicha tishunchalaringizni yozing.

Bugungi  kunda  “sport”,  “sport  trenirovkasi”,  “sport  musoba- 


qalari”  atamalari  yer  yuzida  yashovchi,  qanday  ijtimoiy  qatlamga 
mansub,  qanday  turmush  tarzini  yuritishi  va  kasb  -koridan  qat’iy 
nazar har bir  katta-yu kichik  inson  ongiga  singib  ketganligi,  ularni 
o‘ziga  rom  qilishi  va  u  bilan  muntazam  shug‘ullanishga  chorlashi 
hech qanday shubha uyg‘otmaydi.
Sport  keng  ma’noda  musobaqa  faoliyati,  unga  maxsus 
tayyorgarlik  ko‘rish,  shu  yo‘nalish  bilan  bog‘liq  bo'lgan  ijtimoiy- 
iqtisodiy,  ma’naviy-axloqiy,  madaniy-maishiy,  jismoniy  va  psixo- 
funksional,  texnik  va  taktik jarayonlami  o‘z  ichiga  oladi.  “Sport” 
tushunchasining mohiyati  insonni jamikiy to‘siq  va  qiyinchiliklami 
yengib,  o‘z  imkoniyatlari  chegarasini  yanada  kengaytirishga  qara- 
tilgan intilishidan iborat.
Sport  -   bu  ruhiyatni  “charxlovchi”,  kayfiyatni  ko‘taruvchi  in­
sonni jismonan, ma’nan va ruhan shakllantiruvchi, uning “ichki” va 
“tashqi”  madaniyatini  (morfologiyasi -   qaddi-qomati va  funksional 
resursini)  takomillashtirib  boruvchi,  insoniyatga  cheksiz  quvonch 
hadya  etuvchi,  zamonga  mos,  o‘ta  ommaviy  ijtimoiy  harakatdir. 
Demak, sport chuqur ma’noli, ko‘p qirrali ijtimoiy omildir.
“Sport”  atamasi  etimologik nuqtai  nazaridan  inglizcha  so‘zdan 
kelib  chiqqan  bo‘lib,  daraxt kurtaklarini  bir -  biridan  “o‘zib”  o‘si- 
shini anglatadi.
Zamonaviy sport -  bu o‘z evolyusion tarixi, mavqei va maqomi 
hamda  o‘ziga  xos  musobaqa  qoidalariga  bo‘lgan  ko‘pdan  -   ko‘p 
turlardan tarkib topgan.
“Sport” va “Sport trenirovkasi” atamalari pirovardida, “musoba­
qaga  tayyorgarlik”,  “musobaqa jarayoni”,  “musobaqa  faoliyati”  tu- 
shunchalarini o‘z tarkibiga biriktiradi.
“Trenirovka”  atamasi  inglizcha  so‘z  bo‘lib,  o‘zbek  tilida 
“mashq  qilish”,  “charhlash”  ma’nosini  bildiradi.  Ushbu  atama  turli 
sohalarda  qo‘llaniladi.  Masalan  “aqliy  (intelektual)  trenirovka”, 
“jismoniy  trenirovka”,  “gipoksik  trenirovka”,  “hayvonlar  treni-

rovkasi” tushunchalari  amaliyotda keng ma’noda o‘z aksini topgan. 


“Hayvonlar  trenirovkasi”,  “hayvonni  dressirovka  qilish”  tushun- 
chasidan  tubdan  farq  qilib,  hayvonlami  biror-bir  tadqiqot  uchun 
tayyorlash  (oq  kalamushnitretbanda  yugurishi)  yoki  hayvonlami 
(masalan  itni)  “harbiy  xizmatga”  tayyorlash  va  hokazo  sohalarda 
amalga oshirilishi mumkin.
Sport  amaliyotida  “sport  trenirovkasi”  atamasi  “sport  tay- 
yorgarligi”  atamasi  bilan mantiqan  yaqin  bo‘lsada,  ular bir-biridan 
tubdan farq qiladi.  “Sport tayyorgarligi”  tushunchasi keng qamrovli 
ma’noga egabo‘lib, sportchini jamiyki faoliyatini (uyqu, trenirovka, 
ovqatlanish,  profilaktika  va  hokazo)  musobaqaga  tayyorlashga 
qaratilgan jarayondir.  “Sport trenirovkasi” esa bir maqsadga yo‘nal- 
tirilgan jarayondir va nisbatan torroq ma’noni anglatadi.
Muntazam sport trenirovkasi natijasida insonning harakat  faoli- 
yati  shakllanib  boradi,  yangi  harakat  shakllari  vujudga  keladi, 
hayotiy  zarur  harakat  malakalari  (yugurish,  sakrash,  yurish  va 
hokazo),  ko‘nikmalari  takomillashadi,  psixik  sifatlar  (xotira,  ong, 
idrok,  iroda,  diqqat va h.)  sayqal topadi.  Muayyan  sport turiga xos 
harakat malakalari mukammallashadi.


Download 28.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling