2 Falsafa atamasining mohiyati va mazmuni
Falsafa dunyoni anglash usuli. Falsafani siyosiylashtirishning oqibatlari. Falsafada shubxaning roli. Falsafaning jamiyatdagi roli yoki amaliy falsafa. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli. Dunyoqarashda sezgi va idrok, tushunishning mutanosibligi. Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq atvorni tarbiyalanshing roli.Ontologiya borlik haqidagi ta’limot. Ontologiya va muxandislik bilimi. Din ontologiyasi. Jamiyat va inson borlig‘i. Jamiyat paydo bo‘lishining ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy omillar.Shaklllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Insoniyat tamaddunining jahon me’morchiligidagi rivoji. Falsafiy kategoriyalar. Metafizika va dialektika. Dialektika qonunlari.
2-variant
1 O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.
O’zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda ro’y bergan tanazzul O’zbekistonda Prezident lavozimini ta‘sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi.Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash kuchaygan va milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga o’tilayotganligini anglatar edi. Prezident o’zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar o’rtasida ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va millatlararo totuvlikni ta‘minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan hollarda oliy vakolatlar sohibi bo’lgan tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta‘sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat hokimiyatining oliy organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-boshqaruvchi organ bo’lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini o’zaro bog’laydigan mustahkam bo’g’in vazifasini bajaradi. 1990 yilda mazkur lavozim ta‘sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham bo’ldi. Biroq, hukumatning vakolatlari amalda o’zgarmay qoldi. Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda xalqimizning davlatchilik sohasidagi ko’p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va mentaliteti, o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg’or davlatlarining tajriba va yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda BMTga a‘zo bo’lgan 193 ta davlatdan 143 tasida, ya‘ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta‘sis etilgan.Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta‘sis etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |