8-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDAN 2-NAZORAT ISHI
1-VARIANT
1. Qaysi buyuk shaharlarning qo‘ldan ketishi Muhammad Xorazmshohni larzaga soldi?
1. Buxoro 2. Urganch 3. Samarqand
4. Termiz 5. O‘tror 6. Xo‘jand
A) 1,2,4 B) 2,4,6
C) 1,3,6 D) 2,3,5
2. Muhammad Xorazmshohdan qaysi shahar hokimlari yuz o‘girdi?
A) Qunduz va Badaxshon B) Hisor va Termiz
C) Sanmarqand va O‘tror D) Qunduz va O‘tror
3. Qachon Muhammad Xorazmshoh Nishopurga keladi?
A) 1220-yilning martida B) 1220-yilning yanvarida
C) 1219-yilning martida D)1220-yilning aprelida
4. Alovuddin Muhammad qaysi dengizdagi Ashura orolida vafot etgan?
A) Orol dengiz. B) Qora dengiz.
C) Kaspiy dengiz. D) Qizil dengiz.
5. Muhammad Xorazmshoh qachon vafot etadi?
A) 1220-yilning martida B) 1220-yilning dekabrda
C) 1219-yilning martida D) 1220-yilning aprelida
6. Nasaviy Jaloliddinga bag‘ishlangan asarini yozishni qachon boshlagan?
A) 1233-yil B) 1234-yil
C) 1245-yil D) 1241-yil
7. “al-Komilt-tarix ” (“Tarix haqida mukammal kitob)” asari muallifini aniqlang?
A) An-Nasaviy B) Ibn al Asir
C) Juvayniy D) Mirxond
8. Qaysi asar Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘lgan davri haqida ma’lumot beruvchi manbadir?
A) “Tarixi arba’ ulus” B) “Jahon fotihi tarixi”
C) “Tarix haqida mukammal kitob” D) “Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”
9. Alouddin Atomalik Juvayniy qaysi asarida Jaloliddin Manguberdi haqida muhim ma’lumotlar beriladi?
A) “Tarixi arba’ ulus” B) “Jahon fotihi tarixi”
C) “Tarix haqida mukammal kitob” D) “Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”
10. Maqsud Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasini qachon yozgan?
A) 1943-yili B) 1944-yili C) 1947-yili D) 1948-yili
11. Mo‘g‘ullar davrida davlat xazinasi uchun olinadigan oziq-ovqat solig‘i nima deb yuritilgan?
A) “Kalon” B) “Qopchur”
C) “Targ‘u” D) “Shulen”.
Do'stlaringiz bilan baham: |