1 variant Qaysi qatorda hajm – o’lchovni ifodalovchi so’zlar berilgan?


Download 165 Kb.
bet1/3
Sana14.01.2020
Hajmi165 Kb.
  1   2   3

O`zbek tili 5 – sinf ( umumta`lim maktablar uchun)

1 variant
1. Qaysi qatorda hajm – o’lchovni ifodalovchi so’zlar berilgan?

A) Katta, kichik, uzun B) Shirin, achchiq, qisqa

C) yashil, mazali, nordon D) Katta, shirin, mazali

2.Egalik qo’shimchasi qo’shilganda bir –y tovushi qo’shib aytiladigan

va yoziladigan so’zlar qatorini aniqlang.

A) Sinf, xona,uy B) Obro’, avzo, parvo

C) Hikoya, asar, ertak D) Obod,oila,ona

3. Berilgan gapni to’ldiring. “Xamsa” Alisher Navoiyning … asarlaridan

A) Katta B) Eng birinchi C) Uzun D) Keng



4. “Oftob yaxshimi, odob yaxshimi?”she’rini kim yozgan?

A) Hamid Olimjon B) Oybek C) Po’lat Mo’min D)Elbek



5. Shakl- ko’rinishni bildiruvchi sifatlar qaysi qatorda berilgan?

A) Ko’rkam,bino,shahar B)Chiroyli,tekis,imzo

C) Novcha, past, hashamatli D) Ko’cha, baland, keldi

6.Nuqtalar o’rnini to’ldiring. … ko’chani kesib o’tayotganda ehtiyot bo’ling.

A) savlatli B) Novcha C) Katta D) dumaloq



7. Dona sonlar sanoq sonlarga -… qo’shimchasini qo’shish orqali hosil bo’ladi.

A) -tadan B) –da.. C) - ta D) - tacha



8.O’tgan zamon aniq fe’li qaysi qatorda berilgan?

A) O’qidik, yozdim, bordim B) O’qiyapmiz, boryapmiz, yozyapmiz

C) Sakragan, dam olgan edi D) Olib kelmagan, yozmagan

9. Qaysi qatordagi so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’yilgan?

A) Xotirada,maydonda,uzoqda B) Ukamga,bog’da,maktabga

C) Ilgakka,shunga,quloqqa D) O’rikka,qushlarni,kinoga

10. Rang – tusni ifodalovchi sifatlar qatnashgan gapni toping.

A) Kitobni ko’k javonga qo’ydim B) Mebel do’konida mebel sotiladi.

C) Yashillik olamni bezagan. D) Ko’kda qushlar parvoz qilmoqda.

11. Totli, mazali, chuchuk so’zlari narsalarning … ifodalaydi.

A) Rang – tus B) Istak C) Maza – ta’m D) Manzil



12. Qaysi kelishikdagi so’zlar ish harakatning manbayi ,payt vositasi kabi ma’nolarni ifodalaydi?

A) Tushum kelishigi B) Chiqish kelishigi

C) Jo’nalish kelishigi D) O’rin-payt kelishigi

13. Maza – ta’m bildiruvchi so’zlar qaysi qatordagi gapda aks ettirilgan?

B) Stolda qizil olmalar va anorlar bormi?

A) Ikki yuzi qip – qizil Dilbar uyga kirib keldi
C) Dasturxonni shirinliklar bilan bezatdik.

D) Shirin choy ichasizmi yoki achchiq qahvami?



14.Qaysi qatordagi gapda olmoshning I shaxs birlikdagi shakli qo’llangan?

A) Biz O’zbekiston farzandimiz.

B) Siz O’zbekistonning qaysi shaharlarida bo’lgansiz?

C) Men Buxoroda tug’ilganman.

D) Ular ta’tilda Samarqandga borishmoqchi.

15. Qaratqich kelishigi belgisiz qo’llangan qatorni toping.

A) Dononing ukasi B) kitob varag’i

C) gul terdi D) xat yozdim

16.Eshikdan sinfdoshim Aziz kirib keldi. Gapida egalik qo’shimchasi qaysi shaxsga tegishli?

A) I shaxsga B) II shaxsga

C) III shaxsga D) bosh kelishik

17. Ko’rsatish olmoshlariga qanday qo’shimchalar qo’shilganda o’zakda tovush orttiriladi?

A) –lik,-chi,-ni,-ning B) - ning, -ni,-niki

C) -ga, -da,-dan, -day D) –ga, -dan, -tadan, -da

18.”- Senga javob, o’g’lim,ketaver! Borib savdogarga shogird tush! – dedi” berilgan gap qaysi matndan keltirilgan?

A) “Chin do’st” matnidan B) “Mehnatning tagi rohat” matnidan

C) “Yilboboning tuhfasi” matnidan D) “Donishmand ustoz” matnidan
19. “Bir daqiqa vaqtni behuda o’tkazganim, halok bo’lganim” der ekan. Berilgan gap qaysi matndan olingan?

20. “Dugonalar” matnining qahramonlarini yozing?

21. Shahrimiz ko’chalari keng va tekis. Gapda sifatning qaysi ma’no turi ishtirok etgan?

22. Abu Nasr Forobiy nechanchi yil va qayerda tug’ilgan?

23. “Iqlim” so`zining to`g`ri tarjimasini yozing?

24. Olam gul ichra yashnar,

Ming bir tovusga o`xshar. Ushbu parcha qaysi she`rdan olingan va muallifi kim?

25. Teng bog`lovchilar haqida ma’lumot yozing.

O`zbek tili 5-sinf (umumta`lim maktablar uchun)

2-variant
1.”Yaxshilik” hikoyasida qanday odat qoralanadi?

A) yolg’onchilik B) maqtanchoqlik

C) qizg’anchiqlik D) dangasalik

2. Quyidagi parcha qaysi she’rdan olingan?

Sozim — mening ovozim,

Ovozim — mening sozim .

Quyoshday aniq o’zi ,

Gulxanday yoniq o’zi.

A) ”Bolalarning ovozi” B) “A’lochi bo’lay desang”

C) “Mening kuylarim” D) “Odobli bola”

3. Bolalik kunlarimda,

Uyqusiz tunlarimda,

Ko’p ertak eshitardim,

So’ylab berardi buvim deb boshlanuvchi she’r muallifi kim?

A) R.Tolib B) P. Mo’min

C) H. Imonberdiyev D) H.Olimjon

4.E`tiroz bildiruvchi so’zlar qatorini aniqlang.

A) Albatta,Haqiqatan ham,shubhasiz

B) Mutlaqo, Zarracha ham, zinhor

C) To’g’ri,rost, doim,yoq

D) Kechirasiz, marhamat,uzur

5. Kishilik olmoshi berilgan gapni aniqlang.

A) Biz uchun oila muqaddas B) Bu bog’da har xil mevalar pishadi

C) Do’stim shu sinfda o’qiydi D) Hammamiz ko’chat o’tqazamiz

6.Berilgan she`riy parchaning muallifi kim?

Sergak soqchiman juda,



mudom koptokda ko`zim…

A) Shukur Sa`dulla B) Po’lat Mo’min

C) Haydar To’rayev D) Do`stjon Matjon

7. Qaysi so’roq yuklamasi so’zlarga qo’shib yoziladi?

A)-chi B)-mi C)-ya D)-a



8.”Fanlar bahsi” she`rining muallifi kim?

A) Rauf Tolib B) Do’stjon Matjon

C) Po’lat Mo’min D) G’afur G’ulom

9.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?

Bu Vatanda turli millatlar ahil va faravon yashaydilar.Shuning uchun men O’zbekistonimni sevaman.

A) Olimpiada o’yinlari С) Mening Vatanim

B) Vatan tuyg’usi D) Donishmand ustoz



10.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?

“O’zbekiston serquyosh yurt,bu yerda shirin-shakar mevalar yetiladi.”

A) Vatan tuyg’usi B) Oltin kuz

C) Mening Vatanim D) Mening do’stim



11.Qaysi gapda –lar qo’shimchasi ko’plik ma`nosini bildirmaydi?

A) Bolalar kelishdi B) Mevalar pishdi C) kechqurunlari salqin D) Qimmatbaho buyumlar



12. Qaratqich kelishigi belgisiz qo’llansa,qanday ma’no ifodalaydi?

A) Umumiy xoslik,tegishlilik ma’nosi B) Aniq voqealarga oid harakat ma’nosi C) Umumiy , mavhum narsa-hodisalarga doir harakat ma’nosi D) Ish- harakatning manbayi,vositasi ma’nosi



13.”Bir daqiqa vaqtni behuda o’tkazganim,halok bo’lganim”,-deb kim aytgan?

A) Beruniy B) Xorazmiy C) Navoiy D) Bobur



14.Har kim, har nima, har qanday, har bir,ba’zi olmoshlar nima uchun ishlatiladi?

A) Shaxs, narsa va ularning belgisini jamlab, umumlashtirib ko’rsatish uchun В) Shaxs va narsalar, ularning belgisini ajratib,yakkalab ko’rsatish uchun

C) Shaxs va narsalarning kimga tegishliligini ko’rsatish uchun D) Umumiy xoslik, tegishlilik ma’nosini ifodalash uchun

15. -ga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi so’zlarga qo’shilganda o’zakda –n tovushi orttiriladigan so’zlar berilgan qatorni aniqlang

A) U,bu,shu,o’sha B) Men,sen,biz

C) Hamma,barcha D) U,bu, men,shu

16.Hamid Olimjon qaysi faslda tug’ilgan?

A) Kuz faslida B) Bahor faslida C) Qish faslida D) Yoz faslida



17.Belgisiz qo`llanilgan qaratqich kelishigidagi so`zni aniqlang.

A) Inson qalbi B)Olmani yemoq C)Mening Vatanim D)Ertak o’qimoq



18. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Polizda ……….ishlari boshlab yuborildi.

A)Bayram B) ekin- tikin C) Hosil D) qishki



19.Qalbingizning yo`q g`ubori,

Mehribonsiz shunchalar...- ushbu misraning muallifi kim, she’rning nomini yozing?

20. Jo’nalish kelishigi qanday qo’shimcha orqali ifodalanadi?

21. O’tgan zamon hikoya fe`li fe`l o’zagiga qanday qo’shimcha qo’shish orqali yasaladi?

22. ”Donishmand ustoz” matnining qahramoni kim?

23. Narsa-hodisalarni tartibini ifodalaydigan qo`shimchalarini yozing?

24. Alisher Navoiy o’spirinlik davrida qayerda o’qigan?

25. ”Bog’da pishdi uzumlar” she`rining muallifi kim?

O`zbek tili 5-sinf (ixtisoslashtirilgan maktablar uchun)

1-variant
1.Qaysi qatorda rozilik berishga oid muomala odobi berilgan?

A) Yoq, xafa emasman B) Uzr,eshitmadim

C) Albatta, yordam beraman D) Yordam berolmayman

2.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?

Sport turlaridan shaxmat va shashka aqlni charxlaydi.”

A)Dam olish kunim B) Bolalar va sport

C)Yangi fanlar D) Olimpiya o‘yinlari.



3.Piyoda yurish uchun avtobusga chiqmadim.Ushbu gapda ko’makchi qanday ma’noni ifodalaydi?

A) Maqsad B) Sabab C) O’rin D) Holat



4.Quyidagi parcha qaysi matndan olingan?

Tinchliksevar podshoh so’ralgan narsalarning hammasini beribdi.”

A) Mening Vatanim B) Yaxshilik

C) Vatan tuyg’usi D) Chin do’st



5.Berilgan she`riy parchaning muallifi kim?

Buvimning har qissasi Fikrimni tortar edi,



Har bir qilgan hissasi Havasim ortar edi…

A) Abdulla Qodiriy B) Erkin Vohidov

C) Shukur Sa`dulla D) Hamid Olimjon

6. To’g’ri yozilgan birikmani toping.

A) Qiyshiq yo’l B) Ko’rkam bino C) Novcha uylar D) Tekis bog’



7.Qaysi qatorda maqol yozilgan?

A) Yer ostida oltin qoziq B) Yaxshi o’qish—yaxshi ish.

C) Mehmonlarni kutib oling D) Hurmat qilsang,izzat topasan

8.Kishilik olmoshi berilgan gapni aniqlang.

A) Biz uchun oila muqaddas B) Bu bog’da har xil mevalar pishadi

C) Do’stim shu sinfda o’qiydi D) Hammamiz ko’chat o’tqazamiz

9.Qaysi qatorda hajm – o’lchovni ifodalovchi so’zlar berilgan?

A) Katta, kichik, uzun B) Shirin, achchiq, qisqa

C) yashil, mazali, nordon D) Katta, shirin, mazali

10.Berilgan she`riy parchaning muallifi kim?

U qalbda imonimiz, Kerak bo’lsa doimo

Eng muqaddas nonimiz. Fido unga jonimiz.

A) Shukur Sa`dulla B) Po’lat Mo’min

C) Haydar To’rayev D) Robiddin Is’hoqov

11.Qaysi qatorda hajm – o’lchovni ifodalovchi so’zlar berilgan?

A) Katta, kichik, uzun. B) Shirin, achchiq, qisqa.

C) yashil, mazali, nordon. D) Katta, shirin, mazali.

12.Hajm – o’lchovni bildiruvchi so’z qaysi qatorda berilgan?

A) Alisher Navoiy kitob o’qishni yaxshi ko’rardi

B) U 5 yoshida katta – katta g’azallarni yoddan bilardi

C) Alisher yoshligidan juda ko’p she’r yodlagan

D) O’spirinlik davrida Samarqandda o’qidi.
13.Qaysi so’roq yuklamasi so’zlarga qo’shilib yoziladi?

A) -mi B) -chi C)-a D)-ya

14…Olimpiyada o’yinlari dasturiga ko’p mamlakatlarda keng tarqalgan sport turlari kiritildi.O’zbek milliy kurashi Osiyo o’yinlari dasturidan o’rin oldi…Ushbu parcha qaysi matndan olingan?

A)’’Sport va bolalar” B)”Olimpiya o’yinlari”

C)”Yangi fanlar” D) “Vatan tuyg’usi”

15.Belgilash olmoshlari qaysi qo’shimchalar bilan turlanadi?

A) Faqat kelishik qo’shimchalari bilan

B) Egalik va kelishik qo’shimchalari bilan

C) Sifat darajalari qo’shimchalari bilan

D) Shaxs son qo’shimchalari bilan

16.-lar ko’plik qo’shimchasi qanday holatda hurmat ma’nosini ifodalaydi?

A) ko’plik qo’shimchasi so’zlarga egalik qo’shimchasidan keyin qo’shilsa

B) ko’plik qo’shimchasi so’zlarga egalik qo’shimchasidan oldin qo’shilsa

C) ko’plik qo’shimchasi hurmat ma’nosini ifodalamaydi

D) ko’plik qo’shimchasi so’zlarga kelishik qo’shimchalaridan keyin qo’shilsa

17.O’zbek tilida shaxs va narsalarning kimga tegishliligi qaysi qo’shimchalar orqali ifodalanadi?

A) kelishik qo’shimchalari B) shaxs-son qo’shimchalari

C) egalik qo’shimchalari C) ko’plik qo’shimchasi

18.Egalik qo’shimchasi K va Q undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda qanday o’zgarish ro’y beradi?

A) so’z oxiridagi harf o’zgaradi

B) so’z oxirida hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi

C) so’zlarda tovush tushish hodisasi ro’y beradi

D) so’zlarda tovush orttirilish hodisasi ro’y beradi

19. Bolalarning ovozi-

Mening ovozim sozim….ushbu misraning muallifi kim, sherning nomini yozing?

20. So’roq yuklamasini yozing.

21. Qaratqich kelishigidagi so`z qanday so`roqlarga javob bo`ladi?

22. Quyoshday aniq o`zi,

Gulxanday yoniq o`zi… ushbu misraning muallifi kim, she’rning nomini yozing?

23.”Yaxshilik” hikoyasining qaxramonlarini yozing?

24. –lar qo`shimchasi egalik qo`shimchalaridan keyin qo`llanilsa,qanday ma`noni ifodalaydi?

25. Tushum kelishigidagi so’z qaysi turkumdagi so’z bilan bog’lanib keladi?

O`zbek tili 5-sinf (ixtisoslashtirilgan maktablar uchun)

2-variant

1.Qaysi qatorda maqol berilgan?

A)Har doim bolsin onam B)Bilim baxt keltiradi

С)Qat-qat to'nli, garish bo'yli D)Onajonlar bayrami

2.Egalik qo'shimchasi qaysi so'zda berilgan?

A)Do'stlik B)Gullar С)Vatanim D)Maktabda

3.Kishilik olmoshi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.

Men beshinchi sinfda o’qiyman.

A) men B) beshinchi С) sinfda D) o’qiyman



4.Shaxs va narsalarni ko’rsatish uchun qo’llaniladigan olmoshlar…deyiladi.

A) kishilik olmoshlari B) ko’rsatish olmoshlari

C) o’zlik olmoshi D) belgilash olmoshlari

5.Men ,sen kishilik olmoshlariga –ni, -ning,- niki qo’shimchalari qo’shilganda qanday o’zgarish ro’y beradi?

A) bitta –n undoshi tushib qoladi B) bitta –n tovushi orttiriladi

C) hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi D) tovush o’zgarish hodisasi ro’y beradi

6.Qaysi yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi?

A) –chi, -a, -ya B) -mi, -chi C) -mi, -chi,-ya D) -mi, -ku, -ya



7.Shaxs va narsalar,ularning belgisini ajratib ,yakkalab ko’rsatish uchun qo’llaniladigan olmoshlar qatorini aniqlang.

A) men,sen,u,biz B) hamma, barcha, bari

C) har kim, har nima, har qaysi D) biz ,siz,ular

8…..Ha,otam joy olmish yurak-yurakdan,

Yerga tushirdilar meni falakdan.

Ustoz-chi ,ko’nglimni burib iymonga,

Ko’tardilar meni yerdan osmonga! Ushbu parcha qaysi rivoyatdan olingan?

A) ”Sumalak” B) ”Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy”

D) ”Alisher Navoiy” C) ”Ustoz”

9.Ikkinchi bo’ginida a, I, u qisqa unli tovushlari bo’lgan so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda qanday hodisa ro’y beradi?

A) tovushlar tushirib qoldiriladi va yozilmaydi

B) tovushlar orttiriladi va yozilmaydi

C) tovush tushish hodisasi ro’y bermaydi

D) tovush o’zgarish hodisasi ro’y beradi va yoziladi

10.Qaysi kelishik qo’shimchalari belgisiz qo’llaniladi?

A) bosh kelishik,qaratqich kelishigi

B) qaratqich kelishigi,tushum kelishigi

C) qaratqich kelishigi,jo’nalish kelishigi

D) tushum kelishigi, chiqish kelishigi

11…Tinchlik kuzi,oltin kuz,

Bog’imiz husni ko’rkam,

Dam olishga juda soz,

Soya-salqin,xo’p shinam!... She’rining nomi va muallifini toping.

A)”Oltin kuzim”, Shukur Sa’dulla B)”Tabiat”, Po’lat Mo’min

C)”Ustozlar”, Po’lat Mo’min D)”Navroz”, O’roq Saidov

12.Belgisiz qo’llanilgan tushum kelishigini aniqlang.

A) olma yemoq B)daraxt bargi C) uyga kelmoq D) ukamni ko’rmoq



13.Tartib son raqam bilan ifodalanganda,raqamdan keyin …qo’yiladi va ...deb o’qiladi.

A) chiziqcha,-(i)nchi B) chiziqcha,-tacha C) nuqta,-(i)nchi D) tire,-(inchi)



14. -da qo’shimchasi yordamida yasalib,kimda?,nimada?qayerda?soroqlariga javob bo’luvchi kelishik qo’shimchasini aniqlang.

A) bosh kelishik B) qaratqich kelishik

C) o’rin-payt kelishik D) chiqish kelishik

15.O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi u,bu,shu,o’sha olmoshlariga qo’shilganda, so’zlarda qanday o’zgarish ro’y beradi?

A) bitta –n tovushi orttiriladi

B) tovush o’zgarish hodisasi ro’y beradi

C) -n tovushi tushib qoladi

D) hech qanday o’zgarish bo’lmaydi

16.”Uch buyuk tabib “hikoyasidagi uchta zo’r tabibni ayting.

A) so’z, til, odob B) poklik, parhez, badantarbiya

C) badantarbiya, til, odob D) odob, poklik, parhez

17.Egalik qo’shimchasi K va Q undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda qanday o’zgarish ro’y beradi?

A) so’z oxiridagi harf o’zgaradi

B) so’z oxirida hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi

C) so’zlarda tovush tushish hodisasi ro’y beradi

D) so’zlarda tovush orttirilish hodisasi ro’y beradi

18.Aniq o`tgan zamon fe’lining qo’shimchasini aniqlang.

A) -di B) -yap C) -gan D) –moqchi


19.Bo’lishsiz fe’l qaysi qo’shimcha yordamida ifodalanadi?
20.Shahrimizda baland binolar hamda go’zal bog’lar ko’p.Ushbu gapda qanday bog’lovchi qo’llanilgan ?
21.Alisher Navoiy « Xamsa » asarini nechanchi yillarda yozgan ?
22.21-mart kun va tun teng bo’lgan kun. Ushbu gapda sonning qaysi turi qo’llanilgan ?
23. Yosh boladay yetaklashib,

Go’yo atak-chechaklashib

Bir-bir duk-duk bosib hassa

O’tirishar sekin- asta….Ushbu parcha qaysi she’rdan olingan va muallifini toping.
24.Soat uchlarda kelaman. Berilgan gapdagi –lar qo’shimchasi qanday ma’noni ifodalaydi?
25.”Ikki xil yordam” hikoyasining muallifini yozing.

O`zbek tili 6- sinf 1-variant( umumta`lim maktablar uchun)
1. Mavhum otlar asosan qanday shaklda bo’ladi?

A) Birlik B) Ko’plik

C) Bo’lishsiz D) Juft

2.O’zlik olmoshi qaysi olmosh o’rnida qo’llanishi mumkin?

A) Kishilik B)So’roq

C) Gumon D)Birgalik

3.Quyidagi so’zlardan mavhum otni toping.

A) Bino B) Darslik

C) O’lka D) Vijdon

4.Gumon olmoshlari qo’shimchalarini aniqlang.

A) –zor,-loq B) –alla,-dir C)-lik,-chi D)-gich,-dir



5.Ko’ra va seza oladigan narsa-buyumlarni bildiruvchi so’zlar…otlar deyiladi.

A) Aniq otlar B) Mavhum otlar C) Yasovchi otlar D)Tub otlar



6….Xalqda ust-bosh pillamiz,

Bebaho oq tillamiz.

Mevazor bog’-u bo’ston-

Serquyosh ozbekiston. Berilgan parcha qaysi she’rdan olingan va muallifini aniqlang.

A)Men tug’ilgan o’lka, Q. Hikmat B)Vatan, P.Mo’min

C)Vatanni yashnataylik, Q.Ota D)Hamma hunar sevimli, O.Damin

7. Berilgan kasr sonning to’g’ri ifodasini toping: 0.5

A) Bir butun o’ndan besh B) yarim

C) Besh butun o’ndan nol D) Nol butun o’ndan besh

8. O’zbek tilida kasb-hunar ,sohalarni bildiruvchi otlar qanday qo’shimchalar bilan yasaladi?

A)-lik,-chilik B)-loq,-zor C)-iston,-lik D)-chilik,-dan



9.Quyidagi qatorlardan tub narsa-buyum otlarini aniqlang.

A) Qisqich,guldon B)Sinf, gul C)Supurgi,kitob D)Kurak,bilak



10. Bu savolga har kim javob bera olmaydi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo’llanilgan ?

A)o’zlik B)ko’rsatish C)bo’lishsizlik D)belgilash



11.Ato etding to’kin boylik—

Mevali bog’ paxtazorlar Ushbu parcha qaysi she’rdan olingan va muallifini aniqlang.

A) “Kuz” ,Yo’ldosh Sulaymon B) “Oltin kuzim”,Shukur Sa’dulla

C) “O’zbekiston”,Abdulla Oripov D) “Vatan”,Po’lat Mo’min

12. So’zlarga –mtir,-imtir,-ish qo’shimchalari qo’shilganda qanday ma’nolarni ifodalaydi

A) belgining kamligini,kuchsizligini

B) belgining orttirilib,kuchayganligini

C) belgining qarama-qarshiligini

D) belgining farqlanishini


13.Sifatning orttirma darajasi berilgan qatorni aniqlang.

A) nihoyatda keng, g’oyat go’zal, tim qora

B) sal katta,picha shirin,biroz kichik

C) sal yaxshi, picha nordon, och sariq

D) juda katta,sal yaxshi,to’q yashil

14.Orttirma darajadagi sifat yana qanday hosil qilinadi?

A)faqat qo’shimchalar orqali

B)so’zning birinchi bo’g’inida p,m,k,s kabi tovushlarni qo’shib takrorlash yoli orqali

C)so’zlarni juftlash orqali

D) faqat so’zlar orqali

15Qishda bu joylarga qor nihoyatda qalin tushadi.Ayniqsa, qishki ta’til kunlarida chang’i va chanalar uchish uchun minglab yoshlar u yerga boradilar…Berilgan parcha qaysi matndan olingan?

A)Chimyon tog’larida B) Tabiat qo’nida

C)Qishki ta’til D)Chimyonda

16.Shaxs va narsa-buyumlarning taxminiy miqdorini bildirib va sanoq sonlarga –tacha, -larcha,-lab qo’shimchalarini qo’shish orqali …son hosil bo’ladi.Nuqtalar o’rniga to’g’ri so’zni qo’ying.

A) butun B) kasr C) chama D) jamlovchi



17.Ko’kni o’pib turar mag’rur Oynatog’,

Har qadamda qaynab toshar bir buloq. Ushbu she’r nomini va muallifini toping.

A)Bo’stonliq,R.Daminov B)Men tug’ilgan o’lka,S.Barnoyev

C)Vatan,P.Mo’min D)A.Oripov,O’zbekiston

18.Onam salomatlik haqida gapirdilar. Ushbu gapdagi ko’makchini aniqlang.

A)onam B)salomatlik C)haqida D)gapirdilar


19.”Tushki ovqat” hikoyasining muallifini yozing.
20. Astronomiya sohasida ulkan ixtirolar qilgan eng mashhur olim va davlat arbobi kim?
21.Ketma-ket kelib,ma’lum bir vaqtdan ko’rsatilgan muddatgacha bo’lgan vaqt oralig’ima’nosini bildiruvchi sonlar orasiga qanday belgi qo’yiladi?
22.O’rta sharq olimlari orasida birinchi bo’lib yerning dumaloq shaklda ekanligini ,uning Quyosh atrofida aylanishini isbotlagan buyuk alloma nomini yozing.
23.Erta bahorda yerlar chopiladi. Ushbu gapdagi ravish turini aniqlang.
24.Sekin,darhol,astoydil qanday ravish turiga kiradi?
25.Nutqda juft va takror holda qo’llanilgan ravishlar qanday yoziladi?



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling