10-variant
1. Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshirildi?
A) ommaviy xususiylashtirish amalga oshirildi; B) kichik xususiylashtirish amalga oshirildi;
C) chek vositasida xususiylashtirish amalga oshirildi; D) ko’p ukladli iqtisodiyot real shakllandi.
2. Agrar islohotlarning negizini nima tashkil qiladi?
A) qishloqda boshqaruv tizimini takomillashtirish; B) yerga mulkchilik munosabatlarini tubdan o’zgartirish;
C) ishsizlikni bartaraf etish; D) xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish.
3. Respublikada narxlar qaysi davrdan boshlab erkinlashtirila boshladi?
A) 1991 yildan; B) 1992 yildan; C) 1993 yildan; D) 1994 yildan.
4. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichidagi asosiy iqtisodiy vazifani aniqlang.
A) davlat mulkini xususiylashtirishni oxiriga yetkazish, milliy valyutani mustahkamlash;
B) makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
C) ijtimoiy himoyani kengaytirish;
D) real ish haqini oshirish.
5. Sof iqtisodiy ma’noda “bozor” tushunchasi nimani anglatadi?
A) sotuvchi va xaridorlar to’planib, ayrboshlashni amalga oshiradigan joyni;
B) bozor sub’ektlari iqtisodiy natijalarining amalga oshirishni;
C) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning tovarlarini ayrboshlash xususida harakatini o’zaro kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infratuzilma tizimini;
D) alohida tovarlar taklifi va ularga bo’lgan talablarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni.
6. Bozor qanday ko’rinishda namoyon bo’lmaydi?
A) oziq-ovqat va qishloq xo’jalik mahsulotlari do’koni;
B) sanoat tovarlari magazini va tijoratchilar savdo shahobchalari;
C) fond, xom-ashyo va tovarlar birjalari; D) rejali bozor sifatida.
7. Bozorning quyidagi turlaridan qaysi birida sotuvchi va xaridorlar bevosita ayirboshlash orqali bog’lanmaydi?
A) oziq-ovqat mahsulotlari bozorida; B) sanoat tovarlari magazinida;
C) tovar va xom-ashyo auksionlarida; D) avtomobillarga yog’ quyish shahobchalarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |