3. Iqtisodiy tizim nima?
A) jamiyatning asosiy yo’nalishidir;
B) ishlab chiqarishni tashkil etish shaklidir;
C) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosidir;
D) ijtimoiy ishalb chiqarish shaklidir.
4. Ma’muriy-buyruqbozlikga asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
A) ishlab chiqarishni reja asosida yurgazishga asoslangan;
B) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga asoslangan;
C) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol ustidan to’liq nazorat o’rnatishga asoslangan;
D) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida tashkil etishga qaratilgan.
5. Aralash iqtisodiyot nima?
A) turli mulk shakllariga va ularning teng huquqligiga asoslangan iqtisodiyot;
B) ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot;
C) xususiy va jamoa mulkiga asoslangan iqtisodiyot;
D) rejali va bozor iqtisodiyoti qo’shilishi natijasida vujudga kelgan iqtisodiyot.
6. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’minlanadi?
A) buyruqli (rejaviy) iqtisodiyot; B) sof kapitalizm;
C) aralash iqtisodiyot; D) an’anaviy iqtisodiyot.
7. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
A) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish hukmron bo’lgan jamiyatlarga;
B) faqat bozor iqtisodiyotiga;
C) faqat an’anaviy iqtisodiyotiga;
D) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar har qanday jamiyatga.
8. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining mohiyatini to’laroq t avsiflaydi?
A) mehnat taqsimoti mavjud bo’lgan iqtisodiyot;
B) iqtisodiy sub’ektlar faoliyati erkin amalga oshiriladigan iqtisodiyot;
C) tovar ishlab chiqarishga va uning bozor orqali pul vositasida ayrboshlashiga asoslangan, iqtisodiy sub’ektlarning erkin xatti-xarakati bozor mexanizmi orqali muvofiqlashtiriladigan iqtisodiyot;
D) urf-odat, udumlar va an’analariga asoslangan iqtisodiyot.
Do'stlaringiz bilan baham: |