Kafedra mudiri:_____________________________
N.D.K.I. - K.M.F.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan yakuniy nazorat uchun
TEST SAVOLLARI
9-variant
1. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida isloh qilishning muhim yo’nalishini aniqlang?
A) o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy bazasini mustahkamlash;
B) aralash iqtisodiyotni shakllantirish;
C) ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish;
D) iqtisodiyotni sanoatlashtirish.
2. Aqliy mehnat mahsuli hisoblangan intellektual tovarlar bozorida ayirboshlash ob’ekti bo’lib nima chiqadi?
A) ilmiy g’oyalar; B) sanoat mahsulotlari; C) kasanachilik mahsulotlari; D) sut mahsulotlari.
3. Iqtisodiy islohotlar nima?
A) ijtimoiy o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
B) iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
C) siyosiy o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
D) ma’naviy va maishiy o’zgarishlarga qaritilgan tadbirlar.
4. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlaridan qaysi biri bozor iqtisodiyotiga o’tishning shart-sharoitini vujudga keltiradi?
A) mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
B) boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
C) moliya-kredit va narx-navo islohoti;
D) agrar islohotlar.
5. Respublikada agrar islohotlarning negizini nima tashkil qiladi?
A) yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilish;
B) davlat korxonalarini jamoa xo’jaliklariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish;
C) shaxsiy tomorqalarni kengaytirish;
D) ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirish.
6. Respublikada bozor infratuzilmasini vujudga keltirishning qaysi yo’nalishi brokerlik va dilerlik idoralari, vositachi firmalar paydo bo’lishiga olib keladi?
A) tovar birjasi tizimini rivojlantirish; B) fond birjalari tizimini rivojlantirish;
C) xom-ashyo birjasi tizimini rivojlantirish; D) valyuta birjasi tizimini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |