E guruh – tovarni saqlayotgan joydan yuklab olib borish xaridor zimmasida.
F guruh – tovarni asosiy transportirovka xarajati xaridor zimmasida.
C guruh – tovarni asosiy transportirovka xarajati sotuvchi zimmasida, lekin risk zimmasida emas.
D guruh – tovarni yetkazib berishning barcha xarajatlari va barcha risklar sotuvchining zimmasida.
INCOTERMS-2020 bo’yicha quyidagi yetkazib berish shartlari qo’llaniladi:
EXW (ex works) – franko zavod/ombor – xaridor tovarni bevosita ishlab chiqarish yoki saqlash joyidan olib ketadi. Barcha transport va yuklab-tushurish xarajatlari, shuningdek, toki tovar xaridorning omboriga yetib borishgacha bo’lgan jarayonda yuzaga kelgan har qanday risk va zarar xaridorning o’zi tomonidan qoplanadi.
FCA (free carrier) – franko tashuvchi – sotuvchi tovarni xaridor aytgan jo’natish posti, terminali yoki portigacha olib borib beradi. Asosiy tashish xarajati, eksport bojlari va risk xaridor zimmasida bo’ladi.
CPT (carriage paid to) – sotuvchi xaridor aytgan yetkazib berish terminaligacha tovarni o’z hisobidan olib borib beradi. Eksport bojlarini sotuvchi, sug’urta va import bojlarini xaridor to’laydi.
CIP (carriage and insurance paid to) – sotuvchi xaridor aytgan yetkazib berish terminaligacha tovarni o’z hisobidan olib borib beradi. Eksport bojlari va sug’urta xarajatlarini sotuvchi, import bojlarini xaridor to’laydi.
DPU (delivery at place unloaded) – sotuvchi yetkazib berish terminaligacha bo’lgan transport, sug’urta, terminal va yuklab-tushirish xarajatlari, eksport bojlari riskni to’liq zimmasiga oladi. Import boji va soliqlar xaridor tomonidan qoplanadi. DPU=DAT.
DAP (delivered at place) – tovar xaridor manziligacha yetkazib beriladi. Transport, sug’urta, ekport boji, yuklab-tushirish, terminal xarajatlari sotuvchi tomonidan, import boji va soliqlar xaridor tomonidan to’lanadi.
DDP (delivery duty paid) – boj to’lagan holda yetkazib berish – tovar sotuvchi tomonidan to’lovlar to’langan va risklar zimmasiga olingan holda xaridor manziligacha yetkazib beriladi.Quyidagi 4 ta shart faqat suv transporti bilan yetkazib berilganda qo’llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |