12-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Quyidagi variantlarning qaysi biri xato berilgan?
A) viloyat-oblast B) tuman-rayon
C) jumhuriyat-respublika D) samolyot-tayyora
2. To‘g‘ri ishlatilgan leksik dubletlarni toping.
A) aeroport-tayyoragoh B) student-talaba
C) musiqa-muzika D) B,C
3. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
A) taqir – tahir B) battar – badtar C) qism-qisim D) ya’ni-yani
4. Bir so‘z turkumi doirasida omonimik munosabatda bo‘luvchi so‘zlarni toping? 1) suz; 2) ko‘ch; 3) ter; 4) rasm; 5) son.
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,4,5 D) 4,5
5. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri yaqin so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) darrov B) jadal C) tez D) berilgan so‘zlarning hech biri yaqin so‘zi bilan sinonim qator hosil qilmaydi.
6. Esini tanigandan boshlab onasi bilan kechirilgan zamonlar mas’ud, lekin qaytarilmas tush kabi yo‘lchining ko‘z oldidan bir-bir o‘tadi. Ushbu gapda qo‘llangan mas’ud so‘zining sinonimini toping?
A) qiyin B) mas’uliyatli C) saodatli D) sirli
7. Sinonim so‘zlar bor gapni toping.
A) Hunarli er xor bo‘lmas, do‘st-dushmanga zor bo‘lmas. B) Gul g‘unchaligida xor ilondur (Fuzuliy). C) Hidi kelsa, mast bo‘laylik handalakni(ng) bo‘yiga (xalq qo‘shig‘i)
D) Bulbul chamanni sevar, odam – vatanni (maqol)
8. Sinonimlar ichidan asl turkiy so‘zni toping.
A) osmon B) ko‘k C) samo D) falak
Do'stlaringiz bilan baham: |