15. Paronimlar qatorini toping.
A) ahil-ahl, asil-asl, katta-kichik B) abadiy, mangu, abadiy-vaqtincha C) achchiq-shirin, amir-amr, adil-adl D) azim-azm, abzal-afzal, asir-asr
16. Grammatik jihatdan sinonim bo‘lgan so‘zlarni toping.
A) toza, yog‘ tushsa yalaguday B) toqat, chidam C) kelyapti, kelayotir D) yuragi yorilayozdi, kayfi uchib ketdi
17. Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan?
A) Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
B) Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar.
C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma. D) Do‘sting ming bo‘lsa ham oz, dushmaning bir bo‘lsa ham ko‘p.
18. Javoblarning qaysi birida “ko‘rmoq” so‘zining uyadoshlari berilgan?
A) sadaqa qilmoq, uzatmoq B) o‘zlashtirmoq, o‘g‘irlamoq
C) kuzatmoq, tekshirmoq D) nazar solmoq, tikilmoq
19. Bir turdagi narsa, belgi, harakatni atab keladigan so‘zlar qanday so‘zlar deyiladi?
A) kiritma B) paronim C) sinonim D) uyadosh
20. Lug‘aviy sinonimlarning ma’nosiga ko‘ra bo‘linishi qaysi qatorda to‘g‘ri ifodalangan?
A) to‘liq, ma’noviy sinonimlar B) to‘liq, noto‘liq sinonimlar
C) lug‘aviy, frazeologik sinonimlar D) ikki yoki uch lug‘aviy birlikdan iborat sinonimlar
21. Ma’noviy sinonimlar berilgan qatorni toping.
A) doston, poema B) respublika, jumhuriyat
C) tilshunoslik, lingvistika D) ho‘l, shalabbo
22. Ot (hayvon), ot (ism), ot (fe’l). Uchala o‘rinda qo‘llangan ot so‘zining mohiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z B) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona so‘z C) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z D) bir so‘zning uch o‘rinda qo‘llanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |