11. Iljaydi, jilmaydi, tirjaydi, irjaydi, ishshaydi sinonim qatorida qaysi so‘z asosiy?
A) iljaydi B) jilmaydi C) tirjaydi D) irjaydi
12. Qaysi so‘z turkumlarida antonimik munosabat yo‘q?
A) ot, son, sifat B)ravish, fe’l, olmosh C) son, olmosh, modal so‘zlar D) yordamchi so‘zlar, ravish, son
13. Omonim so‘zlarni toping.
A) tort, dangasa, tanho B) yot, yoq, yon C) g‘amsiz, och, tong D) muzlar, noma, pul
14. O‘zaro sinonim so‘zlarni toping.
A) shoshilmoq, oshiqmoq, matonatli B) chidamli, matonatli, toqatli C) chin, haq, aniq D) bedarak, dardlashmoq, benom-nishon
15. Omonim so‘zlarni toping.
A) ko‘r, shoir, biologiya B) talaffuz, muddat, xalq
C) adash, to‘q, dasta D) to‘r, qofiya, hosil
16. Leksik omonimlarni toping.
A) chang, zang B) bezak, ziynat C) qosh, bel D) qaldirg‘och, kombayn
17. Leksik antonim qatorini toping.
A) xursand va dili siyoh B) yupqa va qalin C) oq ko‘ngil va ichi qora D) ishladi va ishlamadi
18. Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan?
A) Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
B) Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar.
C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma. D) Do‘sting ming bo‘lsa ham oz, dushmaning bir bo‘lsa ham ko‘p.
19. Javoblarning qaysi birida “ko‘rmoq” so‘zining uyadoshlari berilgan?
A) sadaqa qilmoq, uzatmoq B) o‘zlashtirmoq, o‘g‘irlamoq
C) kuzatmoq, tekshirmoq D) nazar solmoq, tikilmoq
20. Bir turdagi narsa, belgi, harakatni atab keladigan so‘zlar qanday so‘zlar deyiladi?
A) kiritma B) paronim C) sinonim D) uyadosh
21. Manglaying oq bo‘lsin, yarqiroq bo‘lsin (A.O) misrasi birinchi so‘zining doimiy sinonimini toping.
A) toleing B) iqboling C) yo‘llaring D) peshonang
Do'stlaringiz bilan baham: |