1-variant(3-ma’ruza) Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z?


Download 167.74 Kb.
bet15/128
Sana22.06.2023
Hajmi167.74 Kb.
#1645855
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128
Bog'liq
3-m

22. Amr – farmon – buyruq sinonimik qatori qaysi yo‘l bilan hosil bo‘lgan?
A) turli shevalardagi so‘zlarning adabiy tilga o‘tishi natijasida B) eskirgan va yangi so‘zlar hisobiga C) so‘zlarning ijobiy va salbiy bo‘yoq kasb qilishi natijasida D) boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirilishi natijasida
23. Odat - udum – taomil - urf - rasm so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar?
A) sinonim so‘zlar B) omonim so‘zlar C) zid ma’noli so‘zlar
D) shakli o‘xshash so‘zlar
24. Manglaying oq bo‘lsin, yarqiroq bo‘lsin (A.O) misrasi birinchi so‘zining doimiy sinonimini toping.
A) toleing B) iqboling C) yo‘llaring D) peshonang
25. Bahor – ko‘klam sinonimik qatordagi asl turkiy so‘zni toping.
A) ikkalasi ham asl turkiy so‘z B) ikkalasi ham asl turkiy so‘z emas. C) «bahor» asl turkiy so‘z D) «ko‘klam» asl turkiy so‘z
26. Sinonim so‘zlar bor gapni toping.
A) Hunarli er xor bo‘lmas, do‘st-dushmanga zor bo‘lmas.
B) Gul g‘unchaligida xor ilondur (Fuzuliy). C) Hidi kelsa, mast bo‘laylik handalakni(ng) bo‘yiga (xalq qo‘shig‘i) D) Bulbul chamanni sevar, odam – vatanni (maqol)
27. Sinonimlar ichidan asl turkiy so‘zni toping.
A) osmon B) ko‘k C) samo D) falak
28. Omonimi bor so‘zni toping.
A) tuban B) tugal C) tuyuq D) tuman
29. Paronimlar qatorini toping.
A) ahil-ahl, asil-asl, katta-kichik B) abadiy, mangu, abadiy-vaqtincha C) achchiq-shirin, amir-amr, adil-adl D) azim-azm, abzal-afzal, asir-asr
30. Grammatik jihatdan sinonim bo‘lgan so‘zlarni toping.
A) toza, yog‘ tushsa yalaguday B) toqat, chidam C) kelyapti, kelayotir D) yuragi yorilayozdi, kayfi uchib ketdi

Download 167.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling