1-variant(3-ma’ruza) Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z?


Download 167.74 Kb.
bet17/128
Sana22.06.2023
Hajmi167.74 Kb.
#1645855
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
Bog'liq
3-m

11. Ilk og‘och gulladi. Ilik o‘z o‘rnida aziz, ko‘z o‘z o‘rnida mo‘tabar. Ushbu gaplarda ostiga chizilgan so‘zlar o‘zaro shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) omonimlar B) paronimlar C) sinonimlar D) antonimlar
12. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yoriq - yorug‘ B) yuvindi – yuvundi
C) archish - artish D) o‘tirmoq - o‘ltirmoq
13. Quyidagi sinonim so‘zlarni qaysi so‘z o‘zaro bog‘lab turibdi?
A) tulki B) tullak C) ayyor D) shayton
14. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri bir sinonimik qatorga mansub emas?
A) pushaymon B) afsuslanmoq C) attang D) taassuf
15. Quyidagi omonimlarning qaysi birlari o‘zaro barcha grammatik shakllarda teng bo‘ladi, ya’ni grammatik qo‘shimchalar olganda ham omonimlik xususiyatini saqlaydi? 1) suzmoq (ovqatni suzmoq) – suzmoq (suvda suzmoq) – suzmoq (shoxi bilan suzmoq); 2) soch (sochni taramoq) – soch (urug‘ sochmoq); 3) qovoq (o‘simlik nomi) – qovoq (ko‘zning qovog‘i); 4) tush (tush ko‘rmoq) – tush (tush payti) – tush ( pastga tush ).
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3
16. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro sinonimik qatorni tashkil etmagan?
A) begona, yot, o‘zga B) bezovta, betoqat, halak, besaranjom C) bahs, tortishuv, munozara, mubohasa D) beish, ishsiz, bo‘sh
17. Quyidagi qaysi so‘zlar tilimizda o‘z sinonimlariga ega?
A) bug‘doy, yetim B) qizil, arpa C) non, tanimoq D) qadam, tomchi
18. Omonimlar va ko‘p ma’noli so‘zlar kontekstda odatda nechta ma’noni anglatadi?
A) bitta B) ikkita C) nechta ma’nosi bo‘lsa, o‘shancha.
D) omonimlarning eng faoli anglatgan ma’no va ko‘p ma’noli so‘zning bosh ma’nosi

Download 167.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling