30. Bir so‘z turkumi doirasida o‘zaro omonim bo‘lgan so‘zlarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimlik munosabatini saqlab qoladimi?
A) saqlab qoladi B) grammatik shakllar qo‘shilguncha omonim munosabat saqlanadi C) grammatik shakllar omonimlik munosabatini bartaraf etadi D) o‘zaro omonim munosabat bo‘lmaydi
3-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri tanbeh so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) savdo B) sazo C) nido D) un
2. Qaysi gaplarda qo‘llangan oshar so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari hisoblanadi? 1. Qadrlasang qadring oshar 2. Qimirlagan qir oshar 3. Yaxshi bo‘lsang yasharsan, nasibangni osharsan.
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) barcha gaplarda alohida ma’noga ega bo‘lgan omonim so‘zlar
3. Dalil-dadil so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar hisoblanadi?
A) sinonimlar B) antonimlar C) omonimlar D) paronimlar
4. Lojuvard ko‘kda sayrashib uchayotgan qushlar daraxtlarga qo‘nib, saxiy quyoshga madhiya aytayotgandek, basma basga chug‘urlashadilar. Ushbu gapdagi lojuvard ko‘kda birikmasining sinonimi qaysi qatorda berilgan?
A) ko‘k osmonda B) tiniq osmonda C) tiniq ko‘k osmonda D) cheksiz ko‘kda
5. Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiyning ushbu misralarida qo‘llangan ranj va ganj so‘zlarining sinonimlari qaysi javobda berilgan?
A) mehnat va qarz B) mashaqqat va boylik
C) alam va xazina D) ozor va intilish
Do'stlaringiz bilan baham: |