1. Vaynerning fikrini norasmiy sharh deb hisoblash mumkinmi? Fikringizni asoslang
Download 8.83 Kb.
|
Kazus Jaloldinov Hayotjon
Kazus Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq vaynerlarning “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklardan hisoblangan keshbekni olish Islom diniga zidligini aytib chiqqan video tarqalgandi. Videoda bir shaxs do‘stining yoniga kelib, dastur orqali keshbeklardan 500 ming so‘m yig‘ganini aytadi. Ikkinchisi esa u ham 300−400 ming so‘m miqdorda mablag‘ to‘plab qo‘yganini, biroq bu foiz, foiz esa sudxo‘rlikka kirishini ta’kidlaydi. Musulmonlar idorasi huzuridagi Fatvo markazi shu kabi holat borasida ma’lumot berib, vaynerlarning xulosasini rad etdi. “Ishlatilgan mablag‘ning ma’lum qismi qaytarib berilsa, buni iqtisod tilida keshbek deyiladi. Bank shu ko‘rinishda o‘zining foydasidan kechsa yoki xizmatlaridan foydalangani uchun xizmat narxidan bir qismini qaytib bersa, undan foydalansa bo‘ladi”, — deyiladi xabarda. Savollar: 1. Vaynerning fikrini norasmiy sharh deb hisoblash mumkinmi? Fikringizni asoslang. Huquq normalarini sharhlash ularning mazmun va mohiyatini aniqlashga va tushuntirishga yo'naltirilgan faoliyatdir. Sharhlash o'z navbatida 2 turga: rasmiy va norasmiy sharhlashlarga bo'linadi.Saydullayev ta'kidlashicha,rasmiy sharhni vakolatli sub'yektlar tomonidan berilsa(va o'z navbatida rasmiy sharhlash ham bir nechta turlarga bo'linadi),norasmiy sharhni bevosita huquq normalarini sharhlash vakolatiga ega bo'lmagan sub'yektlar tomonidan beriladi. Norasmiy sharhlashning: ilmiy,malakali va oddiy kabi turlari mavjud.Ilmiy sharhlash bu huquq sohasida maxsus bilimga ega mutaxassislar tomonidan beriladigan norasmiy sharh turi bo'lsa,malakali(professional) sharhlashni amaliyotchi yuristlar tomonidan beriladi.Oddiy sharhlashda esa hech qanday maxsus huquqiy bilimga ega bo'lmagan sub'yektlar tomonidan huquqni anglash yoki tushunish.Yuqorida vaynerning keshbekka bo'lgan fikrini norasmiy sharh deyishimiz mumkin.Chunki vayner hech qanday iqtisodiy-huquqiy yoki islom huquqi bo'yicha maxsus bilimga ega emas. 2. Fatvo markazining fikrini huquqni muhofaza qilish harakati deb hisoblash mumkinmi? Ushbu savolga javob berishdan oldin huquqni va qonuniylikni muhofaza qilish harakati nima ekanligini tushunishdan bo'shlaymiz.Islomov fikricha, qonuniylikni muhofaza qilish harakati bu huquq-qonun ijodkorligida va qonunni qo'llashdagi huquq va qunun buzilishlarini fosh etish,zudlik bilan ularning yo'lini to'sish va huquq tartibotni tiklash hamda aybdor mansabdor shaxsni javobgarlikka tortish. Huquqni muhofaza qilish esa huquqdagi bo'shliqlarni bartaraf etish orqali amalga oshiriladi,ya'ni,bunda huquq analogiyasi orqali bajariladi.Yuqorida Fatvo markazi ham vaynerning no'to'g'ri sharhini iqtisodiy-huquqiy tamoyillari va ma'nosidan kelib chiqqan holda hal etgan. 3. Bankning naqd pulni qaytarish siyosati qonuniy manfaatmi? Buning qonuniy asoslari bormi? Qonuniy manfaat tushunchasi bu qonun normalarida belgilangan tarzda foyda olish demakdir. Bankning naqd pul qaytarish siyosatida qonuniy manfaatni ko'rish mumkin. "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunning 66-moddasiga muvofiq bank iste'molchilarga bank xizmatlari ko‘rsatishning umumiy shartlari, vositachilik haqi, tariflar va bank xizmatlari ko‘rsatganlik uchun foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborot ochiq axborot bo‘lib, ular bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Mazkur axborot tijorat yoki bank sirining predmeti bo‘lishi mumkin emas. Bunda bank iste'molchilar sonini oshirish uchun vositachikik haqqini olmasligi mumkin. 4. Vaynerning harakatlarida huquqbuzarlik unsurlari bormi? Odilqoriyev ta'kidlashicha,huquqbuzarlik - bu huquq va muomala layoqatiga ega subyekt tomonidan huquq normalari talablariga zid keluvchi shaxsga,mulkka,davlatga va butun jamiyatga zarar yetkazuvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir.Mening fikrimcha,vaynerning xatti-harakatlarida qisman huquqbuzarlik elementlari mavjud.Masalan,u qilgan ishi tufayli insonlarning ongiga ta'sir qilyapti va manfaatlariga qisman zarar yetkazyapti (fuqarolik).Uning harakatlarini nojo'ya ish ko'rinishidagi huquqbuzarlik deyish mumkin. Download 8.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling