1. Vazifalari va ishlatilish o'rni Uzluksiz ishlaydigan gorizontal bug‘latgich A9-bpb apparati
A1-BS2-P BUG‘ BILAN ISHLAYDIGAN QURITGICH
Download 22.45 Kb.
|
YORMABOP EKIN DONLARIGA GIDROTERMIK ISHLOV
A1-BS2-P BUG‘ BILAN ISHLAYDIGAN QURITGICH
Bu apparat donni bug'lagandan so‘ng uning nam ligini pasaytirish uchun ishlatiladi. Bunda qobiq va m ag'izning tuzilish-m exanikaviy xususiyatlari o'zgaradi, donda yorm aning iste’molbop va ma’zalilik sifatlarini yaxshilovchi biokimyoviy jarayonlar bo'lib o'tadi. Quritgichning asosiy konstruktiv elementlari rama (3)ga montaj qilingan. Don qabul qiluvch ikkita qabul qisqa quvurli (10)li po 'lat qutini namoyon qiladi. Qutiga donni quritgichning butun uzunligi bo'ylab tarqatib beruvchi tekis yuzali moslama (9 ) qotirilgan. Quritgichda o 'n ta qizdirish b o 'lim i mavjud. Ular juft qilib cho'yan tayanchlar yordamida bog'langan bo'lib, biri ikkinchisining ustiga o'm atilgan. Har qaysi qizdirish bo'limi bug'lash (5 ) va kondensasion (4 ) kam eralardan tuzilgan kollektor (6) dan tashkil topgan. Bug'lash kamerasining to‘siqlariga ikkala tomoni ochiq diametri 25 mm lik ssilindr quvurlar (3) biriktirilgan bo‘lsa, kondensasion kamera bilan esa qaramaqarslii tomonidan berkitilgan ovalsimon quvurlar (2) birlashtirilgan. Har qaysi qizdirish bo'limida shaxmat tartibida 21 tadan quvurlar joylashtirilgan. Bo'limlarning uzunasi bo'yicha qiya dumalatish tekisligi (7) joylashgan. Ular havoning aylanish kanallarini tashkil qilib ishchi zonadan don tiqilishining oldini oladi. Har qaysi qizdirish bo'limining bir tomoniga havoni surish uchun qovurg'ali eshikchalar (8) o'matilgan bo'lsa, boshqa tomonida esa nam havoni surish uchun mo'ljallangan diffuzorlar (9) joylashtirilgan. Ular havo o'tkazgichlar yordamida ventilyatorning suruvchi teshigi bilan tutashtirilgan. Bo'shatish bo'limi sakkizta bo'nker ( ll)dan tashkil topgan. Kurakchali zanjirli konveyer (14) ikkita zanjirdan iborat bo'lib, ular o'zaro har 250 mm qadamdan o'matilgan kurakchalar yordamida tutashtirilgandir. Bo'nkerlarning ostida ramaga mahkamlangan panjara(16) joylashgan. Kurakchali konveyeming yuqorigi tarmog'i yo'naltirgich bo'yicha harakatlanadi va donni kurakchalar bilan taglik (15) ga tashlaydi. Quyi tarmoqning kurakchalari bilan don tagligining tubi bo'ylab ko'chiriladi va mashinadan chiqariladi. Bo'nkerlaming chiqarish patrubkasi va kurakchalar orasidagi masofani sozlash uchun teleskopsimon patrubkalar (12) o'matilgan. Bu masofa shturval (2) bilan to'g'rilanadi va u 2 mm ni tashkil qiladi. Konveyer ponasimon tasmali o'zgaruvchan uzatma reduktor va zanjirli uzatmalar orqah harakatni elektrodvigatel (13)dan oladi. Quritgichning unumdorligi zanjirli konveyeming tezligiga bog'liq. Tezlik ponasimon tasmali o'zgaruvchan holatJi uzatma yordamida sozlanadi. Quritgichning barcha bo'limlari uning ichini ko'zdan kechirish, tozalash va detallarini ta’mirlash uchun mo'ljallangan eshikchalar bilan ta ’minlangan. Bug'latishdan keyin namlangan don ikkita qabul qisqa quvurlari (10) orqali don qabul qilgichga kehb tushadi va asta-sekin bo'nker, hamda qizdirish bo'limlarini to'ldira boshlaydi, zero quritgich ishining boshlanishida konveyer harakatsiz bo'ladi. Don sathini har doim bir xil ushlab turish maqsadida qabul qilgichga elektron o'lchov o'zgartgichlari o'matilgan. Quritgich don bilan to'lganidan so'ng reduksion klapan (7) ochiladi. 34,3 kPa bosim ostida berilgan bug' kollektorning bug'lash kamerasiga tushadi va quvurlar orqali o'tib, ular va ovalsimon quvurlar (2) orasidagi halqasimon fazoni to'ldiradi. Quvurlar (2) yuzasiga tegib tushayotgan don qiziydi. Bug' kondensati kamera (4) bo'yicha o'tib kondensat qabul qilgichga tushadi. Bug'lash bo'limlarining kollektorlari o'zaro yuqori bo'limdan pastki bo'limga bug' va kondensatni beruvchi qisqa quvurlar (5) vositasida bog'langan. Bug'ning bosimi va harorati reduksion (7) klapan bilan sozlanadi va bevosita quritgich ustiga o'matilgan manometr yordamida nazorat qilinadi. Bug' yuborilishi bilan bir vaqtda konveyer hamda qizdirish kameralarida hosil bo'lgan bug'larni surib tashlash uchun mo'ljallangan ventilyator ham ishga tushiriladi. Quritgichning tuzilish konstruksiyasi har qanday qizdirish bo'limi kollektor qismini quvurlari bilan birgalikda butun quritgichni qismlarga bo'lmasdan almashtirishga, shuningdek tagliklar (15)ni tozalash va ta ’mirlashga imkon beradi. VS-10-49 vertikal bug'li quritgichi yormabop ekin donlarini va yormani quritish uchun mo'ljallangan. Quritgich quvur bug'li isitish tizimiga ega bo'lib uzluksiz ravishda ishlaydi. U to'g'ri burchakli ko'ndalang kesimga ega bo'lgan shaxtali konstruksiyada yasalgan va yuklash qutisi (1), komplektlashtirilgan issiqlik bo'limlari (2, 3, 4, 5), yuritma (7), mahsulotni chiqaruvchi slmek o'matilgan bo'shatish moslamasi (8) va qismlarga ajraluvchi metall korpusdan tashldl topgan. Komplektga 8, 10, 12 yoki 14 ta issiqlik bo'limlari kiradi. Issiqliq bo'limlari ikkita ko'ndalang cho'yan biqinlardan yasalgan bo'lib, ulaiga diametrlari 50 va 25 mm lik to'qqiztadan quvurlar o'matilgan. Biqinlardan bittasi ikkita kanalga ega: bin toza bug‘ni yetkazib berish uchun va ikkinchisi esa ishlatilgan bug‘ni apparatdan chiqarish uchun xizmat qiladi. Quvurlar bin ikkinchisining ichiga-juft qilib, shaxmat tartibida joylashtirilgan. Diametri 25 mm lik quvurlaming bir uchi toza bug‘ni yetkazib beruvchi kanal bilan tutashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi uclii esa ochiq. Diametri 50 mm lik quvurlaming bir uchi ishlatilgan bug‘ni chiqarish uchun mo'ljallangan kanal bilan tutashtirilgan bo'lsa, ikkinchi uchi esa berkitilgan. Tashqi quvirning yuzasiga tegib don quymasligi uchun uning ustiga burchak shaklida egib, egilgan qinasini esa yuqoriga qaratib qo'ygan holda po‘lat tunukadan yasalgan ayvoncha o'matilgan. Yuqorigi bo'limga o'matilgan toza bug' quvuri bug' magistrali bilan, eng pastki bo'limdan chiqarilgan ishlatilgan bug' kanali esa kondensat chiqarish magistrali bilan tutashtirilgandir. Bo'limlar o'zaro juft qilib ramalar bilan bog'langan va biqin tomoni bo'yicha quritgichga havoning bemalol kirishini ta’minlash va donni apparatdan chiqib to'kilib ketishiga yo'l qo'ymaslik uchun moslashtirilgan qoburg'alar o'matilgan. Quritgichning sinchi bir-biriga bo'ylama birlashtiruvchi moslamalar va yig'ma tog'ora yordamida birlashtirilgan ikkita ko'ndalang cho'yan biqinlardan tashkil topgan. Uzunchoq yig'ma tog'oraning ichida mahsulotni chiqarishga mo'ljallangan shnek joylashtirilgan. Shnekning ustidan uzunchoq tamov, dastakli sozlovchi to'sg'ich va panakli valdan tashkil topgan chiqarish moslamasi o'rin olgan. Tashqaridan issiqlik bo'limlari qismlarga ajraluvchi metall to'siqlar bilan berkitilgan. Metall to'siqlar quritgichga havoni yetkazib berishga imkon beruvchi to'sgichli lyuklar bilan ta’minlangan; yuklash qutisida, lyuklarga qarama-qarshi tomondan ventilyator bilan bog'lashga mo'ljallangan tuynuklar mavjud. Quritgichda ish jarayoni quyidagicha kechadi. Mahsulot yuklash qutisi orqali issiqlik bo'limiga tushadi va og'irlik kuchi ta’sirida sekin pastga harakatlanadi. Bunda u issiq yuzalarga tegib qiziydi. Issiqliq bo'limlari bo'yicha harakatlanayotgan mahsulot qatlami ko'ndalang yo'nalishda harakatlanayotgan havo oqimi bilan to'qnashadi va u ajralib chiqayotgan namlikni olib ketadi. Quritilgan mahsulot chiqarish moslamasining tarnoviga tushadi va valik parraklari yordamida shnekka olib tashlanadi, shnek esa uni quritgichdan chiqaradi. Mahsulotning quritgichda bo'lish vaqti to'sgich yordamida sozlanadi. Quritgichni ishga tushirish uchun u mahsulot bilan to'ldirilishi, bug' berilishi, ventilyator qo'shilishi va chiqarish mexanizmi ishga tushirilishi kerak. Bug'ning bosimi va harorati uning bevosita quritgichga kiradigan joyiga o'matilgan reduksion ventil yordamida sozlanadi. Quyidagi jadvalda VS-10-49 quritgichining texnikaviy tavsifi keltirilgan Download 22.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling