1. Venchur korxona
Tadbirkorlik va mulk shakllari
Download 25.31 Kb.
|
Tadbirkorlik
Tadbirkorlik va mulk shakllari
Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. -Insonga naf keltiruvchi har qandan ne`matlar albatta kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo`lmagan narsaning egasi yo`q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste`mol etishga asoslanar ekan, u albatta mulkchilikni talab qiladi. Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidai o`zlashtirish shaklidir. O`zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo`lishi, mulkdan, foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo`yadi. O`zbekistondagi mulk Respublika Konstitutsiyasi va mulkchilik to`g`risidagi qonunga binoan boshqariladi. Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub`ekti, ya`ni ishtirokchisi bo`ladilar. Ular mulk qilib o`zlashtiradigan narsalar er, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g`oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob`ektidir. Mulkning uch bosqichi bor: a) egalik qilish; b) foydalanish (ishlatish); v) tasarruf etish. Ularning yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo`lib, birinchidan, ular o`z mulkiga tayanib nsh yuritadilar, ya`ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o`ziniki. Ikkinchidan, ular o`zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xujayinlik qila olmaydilar. Baribir, har ikki holda ham yaratplgan tovarlarning egasi tadbirkor bo`lib qolaveradi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Tadbirkor o`z mulkini ishlatib foyda topadi, o`z mulkini qimmatiga sotib, daromad ko`radi, o`z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yul bilan pul topadi va, nihoyat, u o`z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo`lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o`zi hal qiladi, ya`ni buning eng maqbul yo`lini o`zi tanlab oladi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rgani uchun mulkiy mas`uliyatni, ya`ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini znmmasiga oladi. Download 25.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling