1. Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritilsin


Download 17.63 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1116693
Bog'liq
905 11.11.2017




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);

2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xo‘jaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. O‘simliklar karantini. Veterinariya]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq umumiy texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari keng xabardor qilinishini hamda ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasinlar.
5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov hamda “O‘zstandart” agentligining bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-noyabr,
905-son


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/905/0244-son)

Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling