Hududiy bo`limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha normativ - huquqiy baza shakllantirishni ta`minlash va
boshqaruv organlari va xo`jalik sub`ektlari tomonidan ularga rioya etilishini nazorat qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yo`lovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart - sharoitlarni ta`minlash;
avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini o`tkazish;
avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni litsenziyalashni tashkil etish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
shahar va shahar atrofida tashuvlarni amalga oshirishda qatnashayotgan kadrlarni o`qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
bo`lim ishini takomillashtirish maqsadida boshqa hududiy bo`limlar bilan tajriba almashish;
Agentlik markaziy apparatiga o`z vaqtida va sifatli hisobot hujjatlarini taqdim etish (Agentlik tomonidan belgilangan muddatlarda va shakllarda);
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishni amalga oshirish, kadrlar zaxirasini tayyorlash;
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik vaziyatida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda ko`maklashish;
xodimlar mehnatini va dam olishini to`g`ri tashkil etish, texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi va ijtimoiy himoyalashni ta`minlash.
Buxoro viloyat hududiy bo’limi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha litsenziyalar beradi va nazoratni belgilangan idoralar bilan hamkorlikda olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |