1. Vodiy shaharlari bo’ylab ekskursiyani tashkil etish. Samarqand viloyati bo’ylab ekskursiyani tashkil etish


yilda Farg’ona vodiysiga tashrif buyurgan turistlar va xorijga chiqish (kishi hisobida


Download 202 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi202 Kb.
#1026915
1   2   3   4
Bog'liq
экскурсияни ташкил

2003 yilda Farg’ona vodiysiga tashrif buyurgan turistlar va xorijga chiqish (kishi hisobida)

Viloyatlar

Xorijlik turistlar

Xorijga chiqish

Jami

Farg’ona

10254

200

10454

Namangan

8911

10141

19052

Andijon

7223

4908

12131

Manba: «O’zbekturizm» MK

Qadimgi Andijon X asrda savdo-hunarmandlik markazi sifatida tanilgan edi. U miloddan avvalgi 1 asrda ham “Buyuk Ipak yo’li”da bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. XYI asrda Bobur ajdodlarining davrida Andijon Farg’ona sharqiy qismining poytaxti bo’lgan, Bobur paytida esa butun Farg’ona vodiysining poytaxti edi.


Zamonaviy Andijon - yirik mashinosozlik markazi, xorijiy firmalar bilan aloqa qiladi. Shaharda o’quv yurtlari ko’p; Tillar instituti, Pedagogika instituti, Tabobat instituti, bir necha texnikumlar, Yu. Axunbobaev nomidagi musiqiy drama teatri bor.
1877 yili Qo’qon xonligi hududida tashkil qilingan general-gubernatorlik ma’muriy markazi sifatida Yangi Marg’ilon nomli Farg’ona shahri paydo bo’ldi. 1907 yili Skobelev, 1919 yilidan boshlab Farg’ona deb atala boshladi.
Qo’qon-“Oltin Farg’ona xalqasi”ning asosiy turistik shahridir.
Qo’qon shahri-“Oltin Farg’ona xalqasi” yo’lidagi Farg’ona viloyatining oxirgi yirik shahri. U Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida Sox daryosini pastki oqimida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Uning aholisi 180 ming kishini tashkil qiladi.
Miloddan avvalgi II-I asrlar bilan belgilangan qadimiy Xitoy yozuvlarida Farg’ona vodiysida joylashgan Davan mamlakati ko’p marotaba esga olingan. O’sha paytda Davanning poytaxti Ershi shahari bo’lgan va ba’zi qadimiy dunyoni tekshiruvchilari uni hozirgi Qo’qon hududida joylashgan deb faraz qilganlar. Ammo bu farazni arxeologig ma’lumotlar tasdiqlamadi. Balki, bu erda qadimda yashash joyi bo’lgandir, lekin Qo’qon shahar sifatida X asr arab jeograflarining yozma manbalarida esga olingan. Arab sayohatchi-jeografi Istaxri Xodjentdan Oshga olib boruvchi asosiy savdo magistralini tasvirlaganda, bu yo’ldagi “Soxdan bitta katta yurish va Sirdaryodan 5 farsaxda joylashgan” Qo’qon shahrini eslaydi. Boshqa arab sayohatchi-jeografi ibn-Xaukal uni tasvirlab, chiroyli shahar “Xokand” yoki “Xovokand” (ya’ni yoqimli) deb ataydi. Yakut Xamavi va Muhammad Taqilar ham o’z jeografik ma’lumotlarida (XIIIasr) “Xovokand”ni eslashgan. Bu ko’rib o’tilgan tarixiy shaharlarning har biri turistik markazlar bo’lib Farg’ona vodiysiga tashrif buyurgan turistlarning diqqatini o’ziga tortadi va vodiy turizmida o’zgacha ahamiyat kasb etadi.
18 avgust 1996 yili O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov shahar bayrog’iga birinchi nomerli Amir Temur ordenini taqib qo’yishdan oldin ajoyib so’zlarni aytdi: “Samarqand-bu shavkatli o’tmishi, baxtli buguni va mangu kelajagi bo’lgan shahar”.
Samarqand shahri Zarafshon vodiysining aholisi ko’p qismida joylashgan. Shimol, sharq va janubdan yashil oazisni sovuq shamol va Qizilqum issig’idan himoyalovchi Pamir-Oloy tog’lari bilan o’ralgan.
Qadimiy Samarqand to’g’risida G’arb va Sharqda bilishgan. Miloddan avvalgi IY asrda u Marakanda nomi bilan Sharqdagi madaniy va savdo markazlaridan biri sifatida ma’lum edi. Marakanda orqali savdo karvonlari Suriyadan Hindiston va Sibirga o’tardi. Behisob boyliklari nafaqat savdogarlarni, balki jangchilarni ham o’ziga tortardi. Ma’lum bo’lgan hamma insoniyat tsivilizatsiyasining negizlari-Vavilon, Memfis, Afinlar, Rum, Aleksandriya-ga o’xshash Marakandga ham o’z boshidan jo’shqin hodisalarni o’tkazishi kerak edi. Miloddan avvalgi 328 yili shahar aholisini Aleksandr Makedonskiy qo’shinlariga qarshi qo’zg’olonidan so’ng-shahar butunlay vayron qilinib, Afrosiob shaharchasining janubi-g’arb tomonida qayta qurilgan edi.
Qayta qurilgan Samarqand shahri miloddan avvalgi IY asr oxiri-III asr boshlarida Selevkidlar davlati va parfyanlar orasidagi, keyinchalik miloddan avvalgi III-II asrlarda-Selevkidlar davlatining qoldiqlaridan paydo bo’lgan Parfiya va Yunon-Baktriya shoxligi o’rtasidagi jang maydoniga aylanadi. Karvon yo’llariga egalik qilish uchun kurash Buyuk ipak yo’lidagi shahar-davlatlar savdosi va iqtisodiyotiga- gina zarar etkazib qolmay, madaniy markazlarini er yuzidan yo’qotib yuborar edi.
Savdo va madaniyat ravnaqi miloddan avvalgi I ming yillikning oxirida va milodiy I ming yillik boshida, qadimiy savdo yo’l ustidagi nazorat kushan shoxlari qo’liga o’tganidan keyin boshlandi.
B.I.Marshak yozishicha, qadimiy Afrosiobning arxeologik qazilmalari “Buyuk ipak yo’lidagi” katta shahar to’g’risidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Olimlar syujeti bo’yicha bir xil tushintira olishmagan, ammo miloddan avvalgi YI-YII asr boshlaridan kech bo’lmagan vaqtga tegishli deb hisoblashgan shox saroyidagi “elchilar zoli”ning unikal naqshlarini qoldiqlari saqlangan.
Sharq mamlakatlarining iqtisodiy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo’lgan savdo karvon yo’llarida joylashib, u yuz yillar oldin qadimiy tsivilizatsiyasining markazi va O’rta Osiyo xalqlarining tarixi-madaniy an’analarini tashuvchisi bo’lib qoldi.
O’tgan zamon shoir va tarixchilari uni “Qadimiy Sharq Edemi”, “Sharqiy musulmon jahonining qimmat baho marvaridi”, “Oy osti mamlakatlarining chiroyi”, “Sharq Rumi” deb bejiz aytishmagan.
Samarqand-“Jahonning sakkizinchi mo’’jizasi”, Rassomlar va shoirlar shahri”, “Sharq Rumi”. Samarqand-O’zbekiston xalqining buyuk tarixi- madaniy an’analarini tashuvchisi. Shahar tarixi murakkab va qarama-qarshi. Samarqand bilan Aleksandr Makedonskiy, arab lashkarboshisi Qutayba ibn Muslim, Chingizxon va Timur, astronom olim Ulug’bek nomlari bog’liq. Olti asr avval Amir Temur Samarqandni jahonning eng go’zal shahri, uning poytaxti qilishni orzu qilgandi. Har qaysi uzoq yurishlardan u bu erga faqat moddiy boylikgina emas, balki yanada qimmatli-intellektual: eng yaxshi me’morlar, muhandislar, sopol ustalarini olib kelgan. Mahalliy ustalar bilan sintezlanib, ular ajoyib arxitektura maktabini yaratishdi: quvvatli, avvalgilarini qaytarmaydigan.
O’z davlatida Temur yaratuvchi edi. U rassom, shoir, olim va mutafakkirlarni rag’batlantirardi. Bu genlar keyin uning nabirasi- besh asr avval yaratgan yulduzlar xaritasi bilan butun dunyoni hozirgacha hayron qoldirgan, Mirzo Ulug’bekka o’tadi.
Ulug’ ajdodimizning yaratuvchilik ruhi bizning vaqtimizda qayta tiklanayapti. Samarqand tarixining qadimiy varaqlari er ostida, ajoyib arxeologik va arxitektura inshootlar vayronalarida ko’milgan. Arxeologik qazilishlar natijasida hozirgi paytda tashlandiq turar joylar va shaharchalarning vayronalari tilga kirdi, qadimgi So’g’diy tili yangradi, turli rang manzaralari va o’tgan avlodlar ustalarining shuhrati tiklandi.
Samarqandning ajoyib arxitektura yodgorliklari faqat me’morlarni shahar qurishi, arxitektura-manzara san’ati, sopol-ustalarining yuqori sifatli ishlarigina bilan emas, balki arxitektura shakllari va proportsiyalarining garmoniyasi, o’qsimon ark va sferik qubbalarning chiroyi bilan ham hayratga soladi. Jahon arxitekturasida pordozida pape-mashedan qilingan relef bezaklar ishlatilgan faqat ikkita yodgorlik ma’lum, ularning ikkovi ham Samarqandda. Bular Bibixonim masjidi va Temuriylarning qilxonasi-Go’ri-Amir.
Shaharda bo’lganlarning hammasini ajoyib arxitektura ijodi bo’lgan Shohi-Zinda ansambli, Bibixonim masjidi, Go’ri-Amir maqbarasi va Ishratxona, Ulug’bek madrasasi, Registon maydonidagi Sherdor va Tilla-Qorini yaratgan qadimiy me’morlarning yuqori mahorati va rassomlik iste’dodi hayratga soladi.
Bu yodgorliklarning yagona badiiy qiyofasini asosiy komponentalaridan biri naqshdir. Quyoshda turli rangdagi glazuri bilan tovlanayotgan mozaika tekislangan pishiq g’ishtning tinch rangi bilan birgalikda yodgorliklarga yana ko’proq chiroy beradi.
Xalqning madaniy merosi-uning tarixiy yodgorliklari. Ular faqat o’tmishgagina tegishli bo’lmasdan, hozir ham yashaydi.
Samarqandning qadimiy eri turli vaqtlarning unikal yodgorliklari bilan boy. Hozirgi paytda ularning soni 3 mingga yaqin. Ulardan 293 tasi arxitektura yodgorliklari, 61 tasi Respublika ahamiyatiga ega, 2 mingdan ortig’i arxeologiya yodgorliklari. Ularning hammasi o’tgan avlodlarning moddiy va ruhiy hayoti, bizning o’lkamizni ko’p asrli tarixi, xalq ommasining erkinlik va mustaqillik uchun kurashi, inqilobiy harakat, Samarqandni paydo bo’lishi va rivojlanishini aks ettiradi.
Zamonaviy Samarqand - O’zbekistonning viloyat markazi, yirik temir yo’l stantsiyasi. Samarqand orqali katta Toshkent-Termez avtomobil trakti o’tadi. 1980 yilda shahar aholisi 523 mingni tashkil qilardi. Shahar maydoni 15 ming ga. U Zarafshon daryosining vodiysida, uning o’rta oqimida, shimoli-g’arbda 660 m dan janubi-sharqda 750 m gacha mutloq balandliklarda joylashgan. Shahar chegarasi sharqda Taylak turar joyi, shimolda-Dagbit, g’arbda-Charxin va janubda-Ulug’bek tumanidan o’tadi.8.2.2-jadval

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling