1. Web-dizayn tushunchasi


Download 90.98 Kb.
bet1/10
Sana14.09.2023
Hajmi90.98 Kb.
#1678072
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ish 1

1. Web-dizayn tushunchasi


Dizayn (ingliz tilidan design injener-konstruktor, lotinchadan designare – oʻlchab koʻrmoq, oichab bermoq) – bu ijodiy faoliyat boʻlib, uning asosiy maqsadi sanoat buyumlarining formal sifatini belgilaydi. Bu sifat, shuningdek buyumning tashqi qirralarini oʻz ichiga olish bilan birga, asosan, shu tuzilmaviy va funksional aloqadorlikni xaridor hamda ishlab chiqamvchi koʻzi bilan qaraganda uni yagona holatga keltiradi. Dizayn sanoat ishlab chiqarishi bilan bogʻlangan, insonni oʻrab turgan atrof-muhitning barcha jabhalarini qurshab oladi.
Dizaynning turlari dizaynerlik faoliyati loyihalash predmetining farqlanishi, loyiha ishining maqsadlari va usullari hamda uning yakuniy natijasi bilan farqlanadi. Dizaynning quyidagi turlari mavjud:
—grafik dizayn;
—sanoat dizayn;
—web-dizayn.
Grafik dizaynda - informatsion grafika, reklama va boshqalar bilan ishlanadi. Web-dizayn va grafik dizayn nomining oʻxshashligiga qaramasdan, dizaynning turli yoʻnalishlari boʻlib hisoblanadi. Web-dizayn ma’lumotni saytda tasvirlash uchun ishlatiladi. Ammo grafik dizayn bilan web-dizayn oʻzaro bogʻlangan. Grafik dizaynda tayyorlangan illustratsiyalar saytlarni bezashda keng ishlatiladi. Grafik dizayn aslida foydalanuvchiga uzatiladigan ma’lumotning qabul qilinishini loyihalashi kerak.


Grafik dizaynning yoʻnalishlari:


  1. Firma stili.

  2. Shriftlar.

  3. Plakat.

  4. Grafik reklama.

  5. Kitobiy grafika.

  6. Gazeta grafikasi.

  7. Jurnal grafikasi.

Sanoat dizayni – maishiy buyumlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqishda, mashinasozlik obyektlarida, transport vositalarida va boshqalarda ishlatiladi.
Bulardan tashqari dizaynning bir qancha koʻrinishlari mayjud. Bular: arxitektura dizayni, kiyim va aksessuarlar dizayni, art-dizayn, reklama dizayni.

Download 90.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling